Dollarning rasmiy kursi deyarli 24 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 414 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz qimmatladi.
Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.
O‘zbekiston aholisining aksariyati mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamoqda, bu borada hukumat va parlamentda kelishuvga erishildi. YeOIIga qo‘shilish masalasi ochiq bo‘lib qolmoqda, ammo a’zo bo‘lish uchun muhim omillar mavjud. Bu haqda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev AQSHda gapirdi.
Moliya vaziri Timur Ishmetov London fond birjasida O‘zbekiston tomonidan milliy valyutada 2 trln so‘m hajmidagi suveren obligatsiyalar joylashtirilganligini e’lon qildi. Vazirlikning tushuntirishiga ko‘ra, xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishi, hamda kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.
2020 yil yanvardan beri O‘zbekiston Qozog‘istondan 67 mln dollarlik miqdorda 3,1 ming dona avtomobil sotib oldi va eng yirik importchiga aylandi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 1872%ga ko‘proq.
SamAuto kompaniyasi 2021−2022 yillarda elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Xitoylik BYD kompaniyasining elektrobusi — pol qismi past bo‘lgan, zinapoyalar va podiumsiz — 51-yo‘nalish bo‘ylab sinovdan o‘tkazish uchun «Toshshaxartransxizmat»ga topshirildi. SamAuto o‘z modelini ishlab chiqish uchun yo‘lovchilar va haydovchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganadi.
Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlash borasida taklif qilayotgan yangi tartibiga ko‘ra, sub’ektlar kichik, o‘rta va yirik korxonalarga ajratilib, ularning o‘rtacha tushum miqdorlari belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston yanvar-sentyabr oylarida qiymati 50,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,4 million dona shina import qilgan. Eng ko‘p shinalar Xitoy, Chexiya va Koreya Respublikasi mamlakatlaridan import qilingan.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ketma-ket uchinchi oy kamayishda davom etmoqda va umumiy 33,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Uzauto Motors kompaniyasi 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd so‘m yig‘imni to‘lamagan. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yig‘im avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yig‘im xaridorlar hisobidan undiriladi.
O‘zbekiston tashqi bozorda 10 yillik yevroobligatsiyalarni joylashtirish rejalarini e’lon qildi. Obligatsiyalar qiymati hozircha ma’lum qilinmadi.
«Mozori-Sharif — Qobul» temir yo‘li AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi mablag‘lari evaziga qurilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi.
Talabning oshishi sababli UzAuto Motors, Nexia AT, Spark AT va Damas ishlab chiqarishni ko‘paytirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, mijozlar transport vositasini 1−10 kun ichida olishlari mumkin. Shu bilan birga, uchinchi chorakda avtomobil ishlab chiqaruvchining sof foydasi deyarli ikki marta kamaydi.
Yanvardan oktyabrgacha aholi banklarga 3,7 mlrd dollar sotdi va 3,3 mlrd dollar sotib oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 baravar ko‘pdir.
«Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasiga muvofiq, «O‘zavtosanoat», «Olmaliq KMK», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan Airways kabi 24 ta yirik korxona va ularning «nabira» korxonalari xaridlari ochiqlanishi belgilanmoqda. Ular 2019 yilda qariyb 47,6 trln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishgan.
Dollarning rasmiy kursi yana bir bor 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 390 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz qimmatladi, yevro esa arzonladi.
Toshkent hokimligi 500 mln dollarga yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi hokim Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Shu bilan birga, byudjet qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlari va viloyatlariga ichki va tashqi bozorlar orqali kreditlar jalb qilish taqiqlangan. Toshkentga faqat ichki obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquq berilgan.
O‘zbekiston «Nation Brands 2020» reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu natija o‘tgan yilgidan 9 pog‘ona yuqoriroqdir. Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44-o‘rin), MDH davlatlar orasida esa Rossiyada (14-o‘rin).
Navoiy xalqaro aeroporti xodimlari avvalgi direktor v.b. Alisher Klichevni o‘z lavozimiga qaytarishni so‘rashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, garchi uning qo‘l ostida aeroport o‘z mavqeini yaxshilagan va daromad keltirgan bo‘lsa-da, u hech qanday sababsiz ishdan bo‘shatilgan. Uzbekistan Airports bundan oldin Klichev «ishidagi qo‘pol xatoliklari» va «ishchilarni yollashda xalqaro me’yorlarga rioya qilmaganligi» uchun ogohlantirilganini aytgan edi.
Ko‘pgina tijorat banklarida dollarni sotish narxi 10 360 so‘mga va sotib olish narxi esa 10 430 so‘mga belgilanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting