Prezident farmoni bilan IT park rezidentlari biznes-jarayonlar autsorsingi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirishi va internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishi belgilandi.
Toshkent shahri hokimi qarori bilan pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish tartibi va transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi. To‘lovlar tarif zonalariga ko‘ra bir soat uchun 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Samarqand va Andijongacha bo‘lgan pulli avtomobil yo‘llari loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, bunday yo‘llarni qatnov darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda qurish zarurligini ta’kidladi. Muqobil bepul yo‘lning ham mavjud bo‘lishi alohida qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekistonda 2024-yil ilk yarmida uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda — uning bozor narxi fundamental (“obyektiv”) narxdan 28% yuqori, deya qayd etadi MB. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda va bu kelajakda narxlarning pasayishi xavfidan dalolat beradi, deb hisoblaydi regulyator.
Sentabr oyida O‘zbekistonda garchi yangi yengil avtomobillar savdosi segmenti 10 foizdan ortiqqa o‘sgan bo‘lsa ham, umumiy avtomobil savdosi 1,1 foizga kamaydi. Elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining besh qavatli binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksiondagi yagona taklif fasad-parda va eshik tizimlarini yetkazib beruvchi kompaniya tomonidan taqdim etildi.
Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi.
Prezident qarori bilan raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga venchur jamg‘arma tomonidan garov ta’minotisiz, asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million so‘mgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablag‘larini ajratish belgilandi.
“O‘zatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, atom stansiyalarini qurish uchun 14 ta potensial maydoncha dastlabki tarzda baholab chiqilgan. “Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan”, — dedi u.
Navoiy viloyatida ichimliklar uchun alyuminiy bankalar ishlab chiqaradigan O‘zbekistondagi birinchi zavod quriladi, bu uchun 100 mln dollar investitsiya jalb qilinadi. Korxona 2025-yilning kuzida ishga tushishi kutilmoqda.
Ancha vaqtdan beri sotilmagan obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash evaziga beriladi. Bunda korxona ishchilarining 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.
Kichik atom elektr stansiyasi O‘zbekiston mulki bo‘ladi, dedi AES qurilishi direksiyasi rahbari Otabek Amanov. Uning aytishicha, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, u ishlatilgandan so‘ng Rossiyaga olib ketiladi. U loyihaning bosqichlari haqida ham ma’lumot berdi.
Andrey Pyataxin Beeline Uzbekistan yangi bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u Beeline Kyrgyzstan`ni boshqargan. Kompaniyaning yangi rahbari raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida 2 mlrd dollar evaziga amalga oshiriladigan 9 ta loyiha, jumladan, maxsus sanoat texnoparki, oziq ovqat va o‘g‘it tayyorlash korxonalari, QES, GESlar, energiya saqlash tizimlarini qurish va ishga tushirish ishlariga start berdi.
O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 3,76 foizga qadrsizlandi.
Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida bo‘ldi va u yerdagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. U mahsulot zarur bo‘lgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga — 11,7 trln so‘mga, oluvchilar soni esa qariyb 20%ga kamaydi. Shuningdek, ajratilayotgan ipotekalarning o‘rtacha miqdori 19,9%ga — 274 mln so‘mga, banklarning foiz stavkalari esa 23,8%dan 25%ga oshdi.
Sentabr oyida ham O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik pasaydi. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Olimlar institutlar qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlari uchun mukofotlandi.
Markaziy bankning sentabr oyidagi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik vakillari yillik inflyatsiyani prognoz qilishda valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi. Shuningdek, ular kommunal xizmatlar, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishini taxmin qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting