May oyidan boshlab Bo‘stonlik tumanida mototsikllar, paraplanlar, supa, so‘ri va boshqa dam olish ob’ektlari soliqqa tortiladi. Dacha va dam olish uylari esa maxsus guvohnoma asosida ijaraga beriladi.
2021- yildan aksionerlik jamiyatlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari va yirik soliq to‘lovchilar majburiy tartibda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kimyo sohasida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Hukumat ipoteka krediti shartlarini yengillashtirdi, shuningdek, alohida toifaga mansub aholi uchun byudjetdan subsidiya ajratmoqda. Joriy yilda 17 mingdan ortiq uy-joy qurilishi boshlanadi, shunda 13 mingdan ortiq oila imtiyozli taklif bilan sharoitini yaxshilab olishi mumkin.
2020−2022-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari ma’lum qilindi. Bu haqda iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichiga bag‘ishlangan konferensiyada fikr bildirgan.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi. Limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 mln dollarlik kredit jalb qilinadi.
O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman, dedi prezident turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.
Loukasterlar, qo‘l yukisiz va qaytarilmaydigan tariflar hisobiga aviachiptalar qariyb 20 foizga arzonlashtiriladi, deya ma’lum qildi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov.
5−6 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli kuzga qoldirildi.
Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishlari qaytadan boshlanadi.
Hindiston O‘zbekistonda milliy yadro infratuzilmalarini rivojlantirish jarayonida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
«Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi yangi qonun uch oydan keyin 1996 yilda qabul qilingan erkin iqtisodiy zonalar haqidagi qonunning o‘rnini egallaydi. Iqtisodiy zonalar turlariga ko‘ra ajratiladi, u yerda amalga oshiriladi investitsiya loyihalariga talab qo‘yiladi.
Transport vaziri Elyor G‘aniyev aviayoqilg‘i narxlari va yig‘imlarni pasaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston aeroportlariga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. U nima uchun «Navoiy» logistika markazi rivojlana olmaganiga ham izoh berib o‘tdi.
1 aprelga qadar sayyor tekshirish doirasida xronometraj tadbirini o‘tkazish tartiblari ishlab chiqiladi, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra, xronometraj tekshiruvini olib borish mumkin emas.
Soliq kodeksining eski tahririda nazarda tutilgan imtiyozlar 1 apreldan boshlab bekor qilinishi belgilandi. Ushbu amaliyot iqtisodiyotda raqobat muhitining shakllanishiga xalal berayotgan soliq imtiyozlarni nazarda tutadi. Shu bilan birga, soliqqa tortishdagi ayrim imtiyozlar saqlanib qoladi.
UzAuto Motors mart oyidan boshlab eksport bozorlariga Chevrolet brendi ostida avtomobillarni sotishni boshlaydi.
2021 yildan boshlab davlatga g‘alla sotish rejasi to‘liq bekor qilinib, mahsulotni bozor narxlarida sotib olish yo‘lga qo‘yiladi. Joriy yilda davlat xaridlari hajmi kamaytirilishi munosabati bilan fermerlar qo‘lida ortiqcha 1 mln tonna g‘alla qoladi.
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida 1,5 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi. Kompaniya qurilish uchun tanlangan maydonchada tuproqni o‘rganishni boshlab yubordi.
O‘zbekistonda kamida beshta rezident aviakompaniya tashkil etish rejalashtirilmoqda. Hozirda to‘rtta, jumladan, Lyuksemburgning Luxaviation aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan «My garden in the Aral Sea» agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting