Prezident Namangandagi yig‘ilishda viloyatning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish va Nanay qishlog‘idagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Namangan xalqaro aeroportidagi bo‘sh maydonda yuk terminali ishga tushiriladi.
Uzum raqamli ekotizimi 100 mln dollardan ortiq mablag‘ni jalb qildi va O‘zbekiston tarixidagi birinchi texnologik “yakkashox” kompaniya bo‘ldi, uning bahosi 1 mlrd dollardan oshdi. Yig‘ilgan mablag‘ning yarmi kapitalga investitsiyalar, qolgani esa qarz mablag‘laridir.
Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr energiyasi va benzin ishlab chiqarish hajmi pasaydi. Oy davomida gaz qazib olish 284,4 mln kub metrga, benzin ishlab chiqarish 8,1 ming tonnaga, elektr ishlab chiqarish 626,6 mln kVt/soatga kamaydi. Neft ishlab chiqarish hajmi ketma-ket yettinchi oy pasaydi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida quvvati 228 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar kaskadi va har biri 500 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Mazkur stansiyalar yil oxirigacha tarmoqqa ulanadi, shundan so‘ng viloyatdagi ishlab chiqarish hajmi hudud ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.
BYD vakili Ivan Sao O‘zbekistonda avtomobillarning tartibsiz importini cheklash rejalari haqidagi xabarga izoh berdi. U joriy yilda modellar soni 10 ta pozitsiyaga kengaytirilishini aytdi va BYD Xitoyda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham narxlarni o‘zgartiradimi, degan savolga javob berdi.
Prezident Namangandagi zargarlik korxonasiga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinayotgani, biroq uning atigi 6 foizi qayta ishlanayotganini aytdi. Unga ko‘ra, soha uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda. “Bu — boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — deya ishontirdi u.
“O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 2023-yilda 611,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 52,6 foizga qisqardi. Oxirgi uch yilda uning daromadlari besh baravarga — 3,3 trln so‘mdan 611 mlrd so‘mgacha kamaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishi kapital, taqsimlanmagan va yalpi foydada kuzatilgan.
AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi vakili Aleksey Teteryuk raqamli markirovkalash bilan birgalikda ko‘riladigna qo‘shimcha choralar fuqarolarni qanday qilib kontrafakt va qalbaki dori vositalaridan himoya qilishi mumkinligi haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar mos ravishda 1,8 va 9 baravarga oshirildi. ILMA xabarida aytilishicha, ularning faoliyati yetarli darajada rentabel va o‘zgarishlar ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi.
Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, — dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi.
Raqobat qo‘mitasi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita rasmiysi bozor konsentratsiyasiga ta’sir qiluvchi bitimlar oldidan qo‘mita roziligi olinishi kerakligi, lekin qonunchilikda ba’zi istisnolar borligini aytdi.
Davron Xidoyatov “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Aleksandr Saxapov esa sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xidoyatov o‘tgan hafta 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketgandi.
Qo‘qon aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 20-mart kuni aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi, muntazam parvozlar esa 1-apreldan boshlanadi. Aeroport 2001-yildan beri fuqarolik samolyotlari uchun yopilgan va harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan.
Daniyar Kamilovning Petroleum Technology Group kompaniyasiga tegishli 80 ta “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarining narxi kamida 100 million dollarni tashkil qilishi mumkin (yer narxidan tashqari). Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.
O‘zbekiston davlat banklarini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin, dedi Fitch Ratings direktori o‘rinbosari Pavel Kaptel. Ularning sotuvdan oldingi tayyorgarlik ishlari hamon davom etmoqda. Davlat aksiyalarini o‘z vaqtida sotish xalqaro moliya tashkilotlarining banklar kapitaliga kirishiga ham bog‘liq.
Toshkent-Xiva yo‘nalishiga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tezyurar elektropoyezdi qo‘yiladi. U 7 ta vagon va 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi, shuningdek, 250 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Avvalroq O‘zbekiston bu kompaniyadan 6 ta tezyurar poyezd sotib olishni rejalashtirgandi.
Prezident tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida O‘zbekiston mahsulotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina uzum eksportidan 500 mln dollar olish mumkin.
Prezident Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. 2024-yilda mayda uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarish quvvatini 50 mingtaga, keyinchalik esa 500 mingtagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi quyuv-mexanika zavodi ishini ko‘zdan kechirdi. 2023-yilda 267 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan zavodda 10 mln dollarlik 170 ta vagon va ehtiyot qismlar eksport qilingan bo‘lsa, 2024-yilda eksport hajmini 15 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting