Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. O‘zbekistonda 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8−9 foiz, YAIMning real o‘sishi 5,5−6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shenchjen shahridagi Investitsiya forumida Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi sifatida xomashyoni chuqur qayta ishlash, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalari joriy etish va yerlarni qayta tiklash bo‘yicha loyihalarga mablag‘ jalb etishni sanab o‘tdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligining 435 mln so‘mlik tenderida qonun talablari buzilganini aniqladi. Avvalroq “Gazeta.uz” mazkur tender bir korxona ta’sischilari ishtirokida o‘tkazilgani haqida yozgandi.
Prezident hokimlarga iqtisodiy zonalardagi yerlar to‘liq o‘zlashtirilmagunicha ularning maydonini kengaytirishni man qildi. O‘tgan yili Namangan va Buxoro viloyatlari hokimlari sanoat zonalarida bo‘sh yerlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, kengaytirgan. Auksiondagi savdolarda 59 foizga yaqin yer nominal qiymatda sotilgan.
Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi 1-martdan Seul — Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni to‘xtatadi. Parvozlar 2008-yilda boshlangandi. Kompaniya vakolatxonasining xabar berishicha, bunga yo‘lovchilar oqimining kamligi sabab bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Eksport-import banki raisi o‘rtasidagi uchrashuvda bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish va boshqa rejalari ko‘rib chiqildi. Bu bank O‘zbekistonga qarz bergan eng yirik kreditorlardan biri hisoblanadi.
O‘zbek-qirg‘iz qo‘shma avtomobil zavodini ishga tushirish yana ortga surildi. Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunga ob-havo sharoiti sabab bo‘lmoqda. Ishga tushirishning yangi muddati 2024-yilning birinchi yarmi bo‘lishi mumkin.
Prezident Xitoyning CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish kabi masalalarni muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki rahbari bilan uchrashuvda strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalari va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni moliyalashtirish hajmini oshirish muhimligini qayd etdi.
Qonunchilikka amal qilib ishlayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi 1-martdan emas, 1-fevraldan joriy etilishi belgilandi. Tadbirkorlar reyting doirasida 4 ta toifaga ajratiladi va shunga mos ravishda rag‘batlantiriladi.
Mehnat bozoridagi vaziyat barqarorligicha qolmoqda: ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha pasaygan, joriy yil ko‘rsatkich 7,5−8 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Mehnat migratsiyasida geografik diversifikatsiya kuzatilmoqda, Rossiyadan pul o‘tkazmalari ulushi 87 foizdan 78 foizga kamaydi.
2023-yil oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish ham qisqardi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha ko‘paydi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish ham oshdi.
2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 102,4 foizni tashkil etdi (2022-yilda 107,3 foiz). Mamlakat bo‘yicha jon boshiga umumiy daromadlar 20 mln so‘mni tashkil etdi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda (44,4 mln so‘m), eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda (14,5 mln so‘m) qayd etildi.
O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha oshirildi. Ko‘rsatkich mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Mobil ilovalarda Uzcard orqali to‘lovni amalga oshirib bo‘lmayapti, kartadagi mablag‘ qoldig‘i esa noto‘g‘ri ko‘rsatilmoqda. Kompaniya soat 10:00 ga qadar davom etadigan texnik va profilaktik ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi (dastlab bu ishlarni 3:30 gacha, keyinchalik 9:00 gacha yakunlash rejalashtirilgandi).
Adliya vazirligi maishiy texnikalar va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilangan prezident qarori loyihasi ekspertizadan o‘tkazilganda tovarlar ro‘yxati bo‘lmaganini bildirdi. Cheklovga Raqobat qo‘mitasi va “O‘zeltexsanoat” ham munosabat bildirdi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sib, 1,07 kvadrillion so‘mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 28,98 million so‘mga (2468 dollar) o‘sdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari ijarachilari o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting