O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.
Multimedia va dizayn xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, kibersport, venchur moliyalashtirish va multiplikatsiya sohasidagi kompaniyalar ham endi O‘zbekistondagi IT-Park rezidenti bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bilan shug‘ullangan IT-Med davlat muassasasi tugatilmoqda, uning Raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish bo‘yicha majburiyatlari UZINFOCOM yagona integratoriga o‘tkazilmoqda. Sohaga oid asosiy axborot tizimlarini ishga tushirish 2024−2025-yillarga mo‘ljallanmoqda.
O‘zbekistonda 1-apreldan Ai-80 benziniga nisbatan aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga, Ai-91 va undan yuqori benzin uchun o‘zgarishsiz qoladi. Qaror zararli gazlarning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish bilan izohlandi, biroq aksiz solig‘i ekologik toza yonilg‘i turlariga nisbatan ham oshiriladi.
Toshkent hokimiyati Fitch xalqaro reyting agentligining shahar reytingini aniqlash jarayonidagi ishtirokini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq Fitch shahar reytingini qaytarib olgandi.
2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda 8,77 foizli inflyatsiya qayd etildi, bu 2016-yildan beri eng past ko‘rsatkich sanaladi. Yil davomida guruch 38,7%, go‘sht 9,3%, sut 13,3%, tuxum 11,7%, shakar 11% ga qimmatladi. Benzin narxi 19,1%, propan narxi esa 29,4% ga oshdi.
31-dekabrda Ai-80 benziniga joriy etilgan aksiz solig‘ini “nol” stavka qo‘llash yakuniga yetdi. Endi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu markadagi benzin narxi 6800 so‘mdan sotilmoqda (bungacha 6050 edi), xususiy shoxobchalarda esa qimmatroq.
Toshkent shahri budjetining 2024-yilgi xarajatlari 8,07 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi. Issiqlik energiyasi uchun subsidiyalar qariyb 2 trln so‘mgacha (barcha xarajatlarning to‘rtdan bir qismi) oshadi, tashqi qarz, O‘TTJ oldidagi kreditni qaytarish va chet el kreditlarini qoplash kabi xarajatlar paydo bo‘ladi.
Toshkent shahri kengashi 2024-yilgi budjetni tasdiqladi. Bu yil ham jamoatchilik muhokamasi va jonli efir bo‘lmadi. YAHM o‘sishi tezlashishi kutilmoqda. Aholidan olinadigan daromad solig‘i, davlat tashkilotlari foydasidan olinadigan daromadlar keskin oshishi hisobiga budjet 8 trln so‘mni tashkil etadi.
Prezident imzolagan qonun bilan endi har qaysi yoshdagi farzandining kontrakt pullarini to‘lagan ota-onalar daromad solig‘i to‘lamaydi. Ilgari bu faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun taalluqli edi. Soliq huquqbuzarligi sodir etilganda aybdor 3 yil ichida jazolanishi kerak.
O‘zbekistonda avtomobillar va elektromobillarni olib kirish qoidalarini qat’iylashtirish rejalashtirilmoqda. 2024-yildan boshlab jismoniy shaxslarga tijorat maqsadlarida avtomobil importi taqiqlanishi mumkin. Yangi xorijiy avtomobillarni faqat rasmiy dilerlar orqali sotish tartibiga qaytish taklif qilinmoqda.
Xitoyning CRRC kompaniyasidan Samarqand shahri jamoat transporti uchun 10 ta avtobus keltirildi. Yana 20 ta shunday avtobus olib kelinishi reja qilinmoqda.
O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari besh nafargacha doimiy ishchi yollashi mumkin bo‘ldi. Ilgari bu raqam uchtani tashkil etardi.
O‘zbekistonda 2024-yildan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalariga yo‘ldan foydalanganlik uchun yig‘im joriy etiladi. Mablag‘lar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
28-dekabr kuni Uzbekistan Airways yil boshidan beri 5 millioninchi yo‘lovchisini ro‘yxatga oldi. Bu tashuvchi uchun yillik rekord ko‘rsatkichdir. 2022-yilda bu raqamlar 4,2 mln ni tashkil etgan.
Prezident farmoni bilan bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Qarordan ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash maqsad qilingan.
O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi oshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi stavkalar Toshkent shahrida deyarli 50 foizga oshayotganiga izoh berdi.
UzAuto Motors 2023-yilning 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddati bayram kunlari munosabati bilan 2024-yilning 10-yanvar kuniga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi.
Yangi Toshkent direksiyasi rahbari Davronjon Adilov Gold Step Invest kompaniyasi bilan poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasida transport kesishmasini tashkil etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzdi. Kompaniyaning hammuassisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Loyiha qiymati 350 mlrd so‘mga baholanmoqda.
UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib borayotgani va ularning maxsus ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ma’lum qildi. Kompaniya xaridorlardan uchinchi shaxslardan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmasliklikni” so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting