Iqtisodiyot

MDH mamlakatlarida pul o‘tkazmalari inqirozi kutilmoqda — Jahon banki
16 may 2022, 12:21

MDH mamlakatlarida pul o‘tkazmalari inqirozi kutilmoqda — Jahon banki

Jahon banki prognoziga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Ukrainadagi inqiroz MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarining qisqarishiga olib keladi. Shuningdek, 2022 yilda Rossiya YAIM tushishi va rublning dollarga nisbatan qadrsizlanishi migrantlarning bandligi va daromadlarini kamaytirishi mumkin, bu esa MDHda qashshoqlik muammosini yanada kuchaytiradi.

«O‘zbekneftgaz» tomonidan Ustyurtdagi gaz zaxiralari hajmi 395,6 mlrd kub metrga yetkazildi
16 may 2022, 11:01

«O‘zbekneftgaz» tomonidan Ustyurtdagi gaz zaxiralari hajmi 395,6 mlrd kub metrga yetkazildi

«O‘zbeknetgaz» tomonidan Ustyurt hududida 5 ta yangi gazkondensat koni ochilib, ular soni 25 taga yetkazildi. Mazkur hududdagi umumiy zaxiralar hajmi 395,6 mlrd kub metr tabiiy gaz, 96 mln tonna neft va 14,6 mln tonna gaz kondensatini tashkil qilmoqda.

Moskva birjasi so‘mda valyuta savdosini yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqadi
15 may 2022, 18:19

Moskva birjasi so‘mda valyuta savdosini yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqadi

Moskva birjasi yaqin vaqtda savdo qilinadigan valyutalar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Xususan, o‘zbek so‘mi bilan savdolarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda, deb xabar beradi RBK. Bunday qarorning ko‘rib chiqilishi g‘arb sanksiyalari, dollar savdosi hajmining kamayishi va Rossiyadagi valyuta nazorati bilan bog‘liq. Ushbu mexanizm parallel import uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarni mukofotlash tartibi belgilandi
14 may 2022, 11:46

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarni mukofotlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga jarimaning 20 foizi miqdorida pul mukofotini to‘lash tartibi belgilandi. Fuqarolar terminal mavjud emasligi, naqd va karta orqali to‘lovda tafovut, tovarlarni qalbaki markirovkalash va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish kabi holatlarni aniqlasa Soliq mobil ilovasi orqali xabar berishi mumkin.

«Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish». Huquqshunos «tonirovka» haqida
13 may 2022, 17:26

«Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish». Huquqshunos «tonirovka» haqida

Huquqshunos Kamoliddin Bahavadinov «tonirovka»ga qo‘yilgan talab mantiqsizlikdan boshqa narsa emasligi va unga qo‘yilgan narx «kosmik» darajada qimmatligini tanqid qildi. «Odam yozda o‘zini biroz qulay his qilishi uchun 6 oylik oyligini yemay, ichmay berishi shaxsan men uchun mantiqsizlik. Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish», — dedi u. Qolaversa, mashina orqa yon oynasiga parda taqishga ruxsat borligi va «tonirovka» mumkin emasligini hech kim tushuntirib bera olmasligini aytdi.

Bug‘doy ishlab chiqarishdagi islohotlar un va non narxiga qanday ta’sir qiladi?
12 may 2022, 23:04

Bug‘doy ishlab chiqarishdagi islohotlar un va non narxiga qanday ta’sir qiladi?

Moliya vazirligi bug‘doy ishlab chiqarishdagi islohotlar, ya’ni bug‘doy narxini erkinlashtirish ortidan un va non narxlarining sezilarli o‘zgarishini kutmayapti. Moliya vazirligi departament direktori To‘lqin Mirzayevning ta’kidlashicha, bugungi kunda bug‘doy va un bozorining 70−80 foizi bozor narxlarida shakllanmoqda. Qolaversa, davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda.

Air Marakanda ish va xizmatlari narxlari xorijiy valyutaga bog‘lanishiga ruxsat berildi
12 may 2022, 11:51

Air Marakanda ish va xizmatlari narxlari xorijiy valyutaga bog‘lanishiga ruxsat berildi

Prezident farmoni bilan Samarqand aeroportini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasiga ish va xizmatlar narxlari chet el valyutalariga bog‘lanishiga ruxsat berildi.

Kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi
12 may 2022, 10:46

Kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

Hukumat kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida O‘zbekistonda sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqladi. Mamlakat bo‘yicha limit 28,2 mlrd kub metr suvni tashkil etadi, bu o‘tgan yili olingan suvning taxminan 94,5 foiziga teng.

«O‘zbekneftgaz» raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12 may 2022, 09:24

«O‘zbekneftgaz» raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasida raisning transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, qurilish va transport hamda iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimga tayinlandi.

«Biz ishtahamizni yo‘qotmadik». OTP Bank vakili — O‘zbekiston bozoriga kirish haqida
11 may 2022, 18:30

«Biz ishtahamizni yo‘qotmadik». OTP Bank vakili — O‘zbekiston bozoriga kirish haqida

OTP Bank «Ipoteka-bank» ning davlat ulushini sotib olishni Rossiya va Ukrainadagi vaziyatga oydinlik kiritilgungacha kechiktirdi, deb xabar berdi bankning moliyaviy direktori Laslo Benchik. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriyaning OTP banki kelishuvga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda, biroq O‘zbekiston tomoni ularni kutishga majbur emas.

1 iyundan g‘allani sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tiladi
11 may 2022, 17:10

1 iyundan g‘allani sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tiladi

1 iyundan davlat g‘allani bozor narxlarida sotib oladi va sotadi. Shavkat Mirziyoyev eski tizim don yetishtiruvchiga ham, qayta ishlovchi korxonalarga ham manfaat bermayotganini ta’kidladi. 1 tonna bug‘doy narxi o‘tgan yildagi 1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mga oshiriladi.

Germaniya elchisi — UzAuto Motors monopoliyasini bekor qilish haqida
11 may 2022, 15:45

Germaniya elchisi — UzAuto Motors monopoliyasini bekor qilish haqida

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish ma’muriy ko‘rsatmalar himoyasida edi va germaniyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangi sarmoyalar kiritish imkoniyatlari ancha past bo‘lgan, deya ta’kidladi Germaniya elchisi Tilo Klinner. Bu vaziyat o‘zgarishi kerak, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilgacha UzAuto Motors monopoliyasiga barham berish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda rossiyaliklarga tegishli kompaniyalar soni ko‘paya boshladi
11 may 2022, 15:14

O‘zbekistonda rossiyaliklarga tegishli kompaniyalar soni ko‘paya boshladi

2022 yil boshidan beri O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paya boshladi. Xususan yanvar oyida 23 ta yangi kompaniya tashkil etilgan bo‘lsa, aprelning o‘zida ularning soni 103 taga oshgan, shundan 45 tasi AKT yo‘nalishidagi kompaniya hisoblanadi.

Mart oyida xorijiy valyutadagi omonatlarga qiziqish keskin oshdi. Sabablar
11 may 2022, 11:03

Mart oyida xorijiy valyutadagi omonatlarga qiziqish keskin oshdi. Sabablar

Birinchi chorakda o‘zbekistonliklar xorijiy valyutadagi omonatlarga 2,2 trln so‘m ekvivalentidagi mablag‘larni yo‘naltirdi. Ularning aksariyati mart oyiga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank xorijiy valyutadagi omonatlarga talab ortishi sabablarini tushuntirdi.

Global beqarorlik sharoitida QQS bo‘yicha imtiyozlar narxlar o‘sishining oldini olishga yordam beradimi?
10 may 2022, 10:15

Global beqarorlik sharoitida QQS bo‘yicha imtiyozlar narxlar o‘sishining oldini olishga yordam beradimi?

Global beqarorlik sharoitida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish va sotishda QQSning nol stavkasi muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi. Imtiyozli davrning uzaytirilishi go‘sht va kartoshka bozorida kutilgan natijani berishi kutilmoqda, biroq o‘simlik yog‘i narxlari barqarorlashuvi uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev Ukrainadagi urush ortidan jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan tanglik sharoitida QQS imtiyozlarining ichki bozordagi narxlarga qanday ta’siri qilishi haqida so‘z yuritadi.

O‘zbekistonda valyuta kursi inflyatsiyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
8 may 2022, 14:40

O‘zbekistonda valyuta kursi inflyatsiyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Markaziy bank valyuta kursi narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qildi. Valyuta kursining o‘zgarishi inflyatsiyaga bevosita — import qilinadigan tayyor mahsulotlar narxlarining o‘zgarishi hisobiga hamda bilvosita — import qilinadigan xom ashyo narxlarining o‘zgarishi hisobiga ta’sir qilishi mumkin. Almashuv kursining 1 foiz bandga qadrsizlanishi uzoq muddatda inflyatsiyaning 0,28 foiz bandga tezlashishiga sabab bo‘ladi.

Korxonaning oxirgi benefitsiarini oshkor qilishni qonun hujjatlariga kiritish taklif etilmoqda
7 may 2022, 17:16

Korxonaning oxirgi benefitsiarini oshkor qilishni qonun hujjatlariga kiritish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi qabul qilinsa, ayrim korxonalar o‘zlarining oxirgi benefitsiar egalarini oshkor qilishlari talab etiladi. Shuningdek, vazirlik ushbu qonun korrupsiya va pul yuvishga qarshi kurashda qanday yordam berishini tushuntirdi.

Shuxrat Rasulov “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi rahbari etib tayinlandi
7 may 2022, 09:50

Shuxrat Rasulov “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi rahbari etib tayinlandi

“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi kuzatuv kengashi qarori bilan Shuxrat Rasulov tashkilot boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasini 2019 yildan buyon Sarvar Otamurodov boshqarib kelayotgan edi.

«Aeroflot» Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda
6 may 2022, 20:24

«Aeroflot» Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi 20 maydan boshlab Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Parvozlar Airbus A330 laynerlarida ular lizingiga YeI sanksiyalari yumshatilgani ortidan amalga oshiriladi.

Toshkentdagi muzeylarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihachi va pudratchi tendersiz tanlandi
6 may 2022, 15:52

Toshkentdagi muzeylarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihachi va pudratchi tendersiz tanlandi

Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi Toshkentdagi uchta davlat muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida tendersiz loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdi.Kompaniya «Istiqlol» majmuasi, «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘i va universiteti, Toshkentning Eski shahar hududidagi sayyohlik markazi va boshqalarni loyihalash va qurishda ishtirok etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting