Rossiyaning eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri «Farmasintez» O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 30 mln dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. Kompaniya 2023 yilda saratonga qarshi dori vositalarini ishlab chiqarishni boshlaydi.
O‘zbekistonda shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarga majburiy markalashni joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bu sohalarda soxtalashtirish va kontrafakt darajasi yuqori.
O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan «karvonsaroy» barpo etiladi. Shuningdek, hududlarda turizm klasterlari tashkil etiladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 25,03 so‘mga pasayib, 11 221,87 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Davlat bojxona qo‘mitasida Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma tashkil etildi. Shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi.
UzAuto Motors birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 619 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 foizga ko‘pdir.
Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvay qurish loyihasida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Belarus tomoni infratuzilma, loyihalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq yechimlarni taklif qilmoqda. «Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», — dedi Golovchenko.
USM xoldingi tarkibiga kiruvchi «Metalloinvest» kompaniyasining Toshkent metallurgiya zavodi aksiyadoriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘ragan. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov hukumat ushbu masalani o‘rganishini bildirdi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning bir qator hududlarida 500 MVt gacha quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tuzilmasini shakllantirishda maslahat beradi.
Davlat geologiya va mineral resurslari davlat qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi. Uning boshlang‘ich bahosi 75,6 mlrd so‘m etib belgilangan edi.
Hafta davomida so‘mga nisbatan mustahkamlangan rubl, arzonlagan dollar hamda qadrsizlangan yevro — haftalik valyuta kurslari dayjestida.
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’ati Ukrainadagi urush tufayli sezilarli darajada sekinlashadi, biroq yanada samaraliroq budjet xarajatlari va yashil moliyalashtirish kelgusida o‘sishning tezlashishiga xizmat qilishi mumkin. Osiyo taraqqiyot banki o‘z prognozlariga tayangan holda, beqarorlik va risklar davrida hukumatlarga budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq tavsiyalar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev yangi Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda insonlar farovonligi va ertangi kunga ishonch o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirdi. Hokimlarga murojaat qilib: «Qo‘lingdan hech narsa kelmasa, odamlarga hech bo‘lmaganda 100 ta tovuq ber… Olti oy ichida u bilan gaplash. Ularning dunyoqarashi o‘zgaradi». Shuningdek, u hamma ham hokim bo‘la olmasligini, ularni tarbiyalash kerakligini, bu oson emasligini ta’kidladi.
Mart oyi o‘rtalarida Markaziy bankning asosiy stavkani 17 foizga oshirganidan so‘ng kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining oshishi kutilgan edi. Ammo o‘tgan oyda tadbirkorlik subyektlari uchun ajratiladigan kreditlar 1,1 foizga arzonlashdi. Markaziy bank nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 41,80 so‘mga arzonlab, 11 260,28 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Markaziy bank mamlakatda dollar va yevro tanqisligi, shuningdek katta miqdordagi rublning kirib kelishi kuzatilmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, xorijiy valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar ko‘rib chiqilmayotgani qayd etildi. Regulyator jurnalist va blogerlar savollariga bergan javoblarning muhim qismlari «Gazeta.uz» materialida.
O‘zbekistonda banklar qat’iy sanksiyaga tushgan banklardan olingan kreditlarni ikkilamchi sanksiyalar xavfini yaratmasdan qaytarish bo‘yicha xalqaro yuridik konsalting kompaniyalarini jalb qilmoqda, deya xabar qildi MB.
«Shakar zavodlarimiz ishlashi uchun xomashyoni Braziliyadan keltirar edik. Afsuski, hozirgi ayrim siyosiy vaziyatlar tufayli yo‘llar yopilib qolib, ishlar to‘xtadi», — deya ma’lum qildi prezident. U neft mahsulotlari 50 foiz, o‘simlik yog‘i esa 70 foizga qimmatlashganini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev narx oshishi va inflyatsiyaning odamlar hayotiga salbiy ta’sirining oldini olish uchun yanada ko‘proq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.
2022-yilning birinchi choragida O‘zbekiston eksporti 2,4 baravar oshib, 5,7 mlrd dollarga yetdi. Eksport tarkibining yarmidan ko‘prog‘i oltin savdosidan iborat bo‘ldi. Oltinni hisobga olmaganda, eksport o‘sishi 15,8 foizga teng bo‘ldi. Import esa 44,6 foizga o‘sib, 7,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Markaziy bank asosiy stavkani 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Asosiy savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy vaziyat shu jumladan, valyuta kurslarining ma’lum darajada muvozanatlashuvi kuzatilayotganiga qaramasdan, barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rta muddatli istiqbolda noaniqlik va xatarlar darajasi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda, deya qayd etdi regulyator. MB inflyatsiya, pul o‘tkazmalari va YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozlarini yomonlashtirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting