28 avgust kuni O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus aniqlandi
29 avgust 2021, 11:02

28 avgust kuni O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 322 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

«Osten» liftlari EOII sertifikatini oldi
28 avgust 2021, 17:00

«Osten» liftlari EOII sertifikatini oldi

Sertifikat yo‘lovchi va yuk-yo‘lovchi liftlarining xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan Yevropa standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi
28 avgust 2021, 16:23

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi

18 yalpi majlisda senatorlar jami 8 ta qonunni, shu jumladan, sug‘urta faoliyati, qishloq xo‘jaligi kooperativi, soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash, harbiy xizmat, Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi hujjatlar ma’qulladi.

Xitoy-o‘zbek vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi
28 avgust 2021, 14:43

Xitoy-o‘zbek vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi

Juma kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalarining dastlabki statistik tahlili e’lon qilindi. Unga ko‘ra, vaksina barcha shtammlar uchun umumiy 81,7% samaradorlikni namoyish etgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonotiga ko‘ra, «klinik tadqiqotlar natijasi vaksina aholiga koronavirus yuqishining oldini olishda samarali ekanini tasdiqlagan».

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonliklar bitta oltin va ikkita kumushni qo‘lga kiritdi
28 avgust 2021, 13:48

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonliklar bitta oltin va ikkita kumushni qo‘lga kiritdi

Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 3 ta medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Para-dzyudochi Feruz Saidov oltin, para-pauerliftingda Ro‘za Qo‘ziyeva va para-dzyudochi Parvina Samandarovalar kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalaniladi
28 avgust 2021, 13:14

Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalaniladi

Hukumat qarori bilan 2022 yildan oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etishda qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi
28 avgust 2021, 11:45

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilib, u protsessual tartibda ushlandi. U avvalroq, surunkali ravishda intizomni buzgani uchun ichki ishlar organlaridan haydalgani aytilmoqda.

27 avgust kuni 829 kishi koronavirusga chalindi, 8 nafar bemor vafot etdi
28 avgust 2021, 11:11

27 avgust kuni 829 kishi koronavirusga chalindi, 8 nafar bemor vafot etdi

Juma kuni O‘zbekistonda 829 kishi COVID-19 bilan kasallandi, 857 nafar bemor esa tuzaldi. Davolanayotgan bemorlarning 8 nafari olamdan o‘tdi. Qolaversa, shu kuni 334 kishida pnevmoniya aniqlangan, bemorlarning 4 nafari vafot etgan.

Nima tayyorlaymiz: maffinlar
28 avgust 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: maffinlar

Rezavor mevali, quyultirilgan sut va tvorogli, shokoladli — Zira.uz mazali maffinlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi
28 avgust 2021, 09:58

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 o‘yinlarida o‘zbekistonlik paralimpiadachilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Nayza uloqtirishda Nozimaxon Qayumova, disk uloqtirishda esa Mohigul Hamdamova chempion bo‘lgan bo‘lsa, yadro uloqtirish bahslarida Elbek Sultonov bronza medali sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Kobuldagi teraktni qoraladi
28 avgust 2021, 01:25

O‘zbekiston Kobuldagi teraktni qoraladi

O‘zbekiston ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Afg‘oniston poytaxtidagi teraktni qoralaydi, deyiladi TIV bayonotida. Kobul aeroportida sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 170 nafarga yetdi.

Prezident 215 nafar mahkumni afv etdi
28 avgust 2021, 01:00

Prezident 215 nafar mahkumni afv etdi

Shavkat Mirziyoyev mustaqillik arafasida 215 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ular orasida 69 nafar xorij fuqarosi, shuningdek, 15 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar bor.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 avgust 2021, 21:53

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda respublikachilarning Jo Bayden iste’fosini talab qilishayotgani, Efiopiyada separatistlarning 210 nafar tinch aholini o‘ldirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rasman: Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” jamoasiga o‘tdi
27 avgust 2021, 21:52

Rasman: Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” jamoasiga o‘tdi

Portugaliya terma jamoasi sardori va “Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” futbolchiga aylandi. Futbolchi angliya klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, kuch ishlatdi
27 avgust 2021, 20:04

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, kuch ishlatdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida erkak tug‘uruqxona hamshirasining sochidan tortib, kuch ishlatdi. Mazkur holatga erkakning nevarasining o‘limi sabab bo‘lgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

COVID-19 “Delta” shtammi O‘zbekistonda eng keng tarqalgan deb tan olindi
27 avgust 2021, 19:03

COVID-19 “Delta” shtammi O‘zbekistonda eng keng tarqalgan deb tan olindi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining ma’lum qilishicha, koronavirus holatlari ulushining 82% ini “delta” shtammi tashkil etadi. Bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Forish poligonida o‘tkazilayotgan ArMI-2021 musobaqalarida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda
27 avgust 2021, 18:11

Forish poligonida o‘tkazilayotgan ArMI-2021 musobaqalarida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda

Markaziy harbiy okrugning Forish poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Harbiy tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» musobaqalari davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi
27 avgust 2021, 17:58

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11,15 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 651,89 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Toshkent viloyati va poytaxt chegaralari o‘zgartirildi
27 avgust 2021, 17:51

Toshkent viloyati va poytaxt chegaralari o‘zgartirildi

Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining 7853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, poytaxtning 171,3 gektar yeri Toshkent viloyatiga o‘tkazilmoqda.

20% arzonroq: Uzbekistan Airways yangi aviatashuvlar modeli Uzbekistan Express`ni yo‘lga qo‘ymoqda
27 avgust 2021, 17:13

20% arzonroq: Uzbekistan Airways yangi aviatashuvlar modeli Uzbekistan Express`ni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Uzbekistan Express gibrid modelga asoslangan avitashuvlarga o‘tmoqda. Ushbu modeldagi aviaqatnovlar Airbus A320 samolyotlarida «to‘liq ekonom» sharoitida bo‘ladi. Tariflar 20%ga arzonlashadi. Ushbu model asosidagi aviaqatnovlar Rossiya va Qozog‘iston shaharlariga uchadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting