Mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotganlarning qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlariga koronavirus tarqalishi sababli cheklovlar qo‘yilgan edi. Epidemik holat barqarorlashayotganini inobatga olib, qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqlar bekor qilindi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets murabiiylik qiladi. U bilan shartnoma 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.
Tanzila Narbayeva ekologiya sohasida amaldagi qonunlar javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Senat raisi ushbu sohada barcha mas’uliyatni kuchaytirib, natijaga ishlashi kerakligini ta’kidladi.
Germaniya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan evakuatsiya jarayonlarini yakunladi. 26 avgustda bundesverning oxirgi samolyotlari Kobuldan Toshkentga uchdi, u yerga mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ham keldi. U «juda keskin vaziyatda» O‘zbekiston yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
Para-dzyudochi Uchqun Quronboyev -66 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqdi.
Senat Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini 26 sentyabrga belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Oldinroq DXX kasbiy bayrami 5 aprel kuni nishonlanar edi.
Dam olish kunlari havo issiq va kam bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston toliblar bilan ikki yil oldin muloqotni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi. «Dohadagi rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergan. Va’dasiga vafodor bo‘lib turgani uchun ham ular bilan muloqot qilishimiz tabiiy», — dedi u. «O‘zbekistonning tinchligiga ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar gaplashaman», — deya ta’kiladi davlat rahbari.
Yaqin 5 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishni 1,5 barobarga oshirishni va YAIMni kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Shu munosabat bilan, elektr ta’minoti uchun 6,5 mlrd dollarlik 19 ta loyiha bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar joriy etiladigan minglab sanoat korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 megaVatt bo‘lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan Kobuldagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ISHID rahbarlari va obyektlariga zarba berishni buyurdi. «Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi u.
Fanlar Akademiyasi qoshidagi genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidorga asoslangan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish ustida ishlashmoqda. Shuningdek, qoramollarni koronavirusga qarshi vaksinalar bilan emlab, uning suti virusga qarshi kurashishga yordam berishi mumkinligi borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari u yerda quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalarining ishga tushirish tadbirlarida ishtirok etib, aholi bilan muloqot qiladi.
Para-yengil atletikachi Asila Mirzayorova Tokioda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiada musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Bayramni tashkil etishga qo‘yilgan talablar ma’lum qilindi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 841 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 361 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Qozog‘istonning Jambil viloyati, Qaynar qishlog‘idagi muhandislik o‘q-dorilari saqlanadigan omborlardan birining yonida yong‘in yuzaga kelib, portlashlar ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 66 kishi jabrlangan. Bir necha kishi aloqaga chiqayotgani yo‘q. Taxminan 1200 kishi evakuatsiya qilindi.
Payshanba kuni Kobulda sodir etilgan portlashlarda 90 nafardan ortiq afg‘on fuqarosi va 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi. 1000 dan ortiq odam jarohatlangan. «ISHID» Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Prezident farmoni bilan taniqli xonanda va aktyor Botir Zokirov vafotidan so‘ng «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkent metropolitenida barcha aloqa kompaniyalaridan foydalanishni joriy qilish va bepul Wi-Fi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting