Jem va tvorogli, yong‘oqli va shokolad pastali, turkcha va quritilgan mevali — Zira.uz xushbo‘y, mayin va shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Rossiya diplomatining Berlindagi elchixona derazalari ostidan o‘lik holda topilgani, Bayden ma’muriyatining Saudiya Arabistoniga 650 million dollarlik qurol sotishni ma’qullagani, Ozarbayjonning Qorabog‘dagi urushda halok bo‘lganlarning 1,7 mingga yaqin jasadini Armanistonga yuborgani, Xitoyning Suriyaga mamlakatni tiklashda yordam berishda davom etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkentda changli tuman haqida O‘zgidromet izohi va SSV maslahatlari, Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga teatr qurilishi, “O‘zbekneftgaz” London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishi — “Gazeta.uz"ning 5 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Farg‘ona viloyatida Nexia-2 qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida “Vaz-2105” to‘qnashdi. YTH natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Qashqadaryoda YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi.
9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.
2020 yil yakuniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,86 so‘mga ko‘tarilib, 10 705,26 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-g‘ubor xodisalari yuzasidan «O‘zgidromet» hududlar kesimidagi tafsilotlarni e’lon qildi. Markaz 150 yil davomida bunday holat ilgari kuzatilmagani qayd etdi. Payshanba oqshomida havodagi changning ruxsat etilgan miqdoridan oshib ketishi 30 baravarga yetdi, keyin esa 10 baravarga tushdi.
Payshanba kuni Moskvaga parvoz kechikishi sababli Urganch aeroportida 300 ga yaqin odam yig‘ildi. Uzbekistan Airports sayyohlik kompaniyasi kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlamagani haqida xabar berdi. iFly Airlines samolyoti kechki payt yetib keldi.
Toshkent shahrida davlat ehtiyoji uchun 13 yil oldin buzilgan uylar o‘rniga uy-joy yoki kompensatsiya pullari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan. Deputat Rasul Kusherbayevning ta’kidlashicha, «bu harakat davlatning o‘z fuqarosi oldida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash majburiyatini bajarmayotganini ko‘rsatmoqda».
Chang bo‘ronlar O‘zbekiston va mintaqada tez-tez uchrab turadigan holat. Ammo hozirda respublika bo‘ylab kuzatilayotgan changli tuman g‘ayrioddiy ekanligi qayd etildi. U sekin tarqalmoqda va ertagacha davom etishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet» «Gazeta.uz»ga. Markaz mamlakatdagi keng ko‘lamli qurilish ishlari ushbu hodisaning paydo bo‘lish sabablaridan biri ekanligini tasdiqladi.
Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga Milliy akademik drama teatrining yangi binosi qurilmoqda. Bunga qadar ko‘ldagi orolchada tomosha minorasi bo‘lgan Light House restoran majmuasini barpo etish mo‘ljallanayotgan edi. «Gazeta.uz» qurilish joyiga borib, vaziyatni o‘rgandi.
Samarqandda DXX terroristik tashkilot tarafdorlari sifatida gumon qilingan 10 nafar shaxsning Suriya davlatiga chiqib ketishining oldini oldi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda «jihod»ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgani aytilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» noyabr oyida London fond birjasiga 700 mln dollarlik qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi. Undan tushgan mablag‘lar esa jamiyat ehtiyojlariga sarflanadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Havo harorati kechasi -2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kuni +9…+14 daraja iliqgacha isiydi.
«Qodiriya» bosh suv inshootidagi nosozlik tufayli poytaxtning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Jumladan, avariya oqibatida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ikkita qozonxonaga sovuq suv kelishi to‘xtagan va tuman aholisi ta’minotsiz qolgan.
DXX va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Jizzax, Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida jami 17 kg 165 gr “opiy” va 18 kg 279 gr “gashish” giyohvand moddalarining muomalasiga chek qo‘yildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi «Tez yordam» xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3 noyabrdagi 3433 tadan 4 noyabrda 4082 taga yetgani, 678 kishi nafas qisishidan shikoyat qilganini bildirdi. Vazirlik aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.
O‘zLiDeP partiyasidan O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 6 noyabr kuni Senatning yangi binosida bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentdagi changli tuman tufayli nafas olish muammosi bilan kamida uch kishi Respublika allergiya markazi va 1-shahar kasalxonasiga murojaat qildi. Allergiya va nafas olish muammolari bo‘lgan odamlarga uyda qolish, derazalarni yopish va xonalarni namlantirish tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting