Sirdaryoda daladan butunlay yonib ketgan erkak jasadi topildi
30 may 2021, 13:22

Sirdaryoda daladan butunlay yonib ketgan erkak jasadi topildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning 100% kuyib ketgan jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlashning 3-bosqichi boshlandi
30 may 2021, 12:31

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlashning 3-bosqichi boshlandi

O‘zbekistonda 1,9 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 257 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» rahbari etib tayinlandi
30 may 2021, 12:16

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» rahbari etib tayinlandi

Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar etib tayinlandi. Ushbu lavozimda 2020 yilning noyabr oyidan beri Anvarjon Tojiboyev ishlayotgan edi.

Qamashi tumani sobiq hokimi 57 yoshida vafot etdi
30 may 2021, 12:01

Qamashi tumani sobiq hokimi 57 yoshida vafot etdi

Qamashi tumani sobiq hokimi Rashid Muhammadiyev 57 yoshida vafot etdi.

«Chelsi» UEFA Chempionlar ligasi chempioni bo‘ldi
30 may 2021, 02:18

«Chelsi» UEFA Chempionlar ligasi chempioni bo‘ldi

Futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar ligasi finalida «Chelsi» jamoasi «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ushbu musobaqada ikkini marta chempion bo‘ldi.

29 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 may 2021, 22:27

29 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlari kuni belgilanishi, senatorlarning Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qullashi, Xorazmdagi ikkit avariya, IIVning Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani yuzasidan rasmiy ma’lumoti — “Gazeta.uz"ning 29 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi
29 may 2021, 18:26

O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Senatorlar O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladilar. PDXX 2018 yil yanvarida tashkil etilgan, biroq uning faoliyati davlat rahbarining yopiq qarorlari asosida tartibga solinar edi.

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
29 may 2021, 18:13

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi. Shu bilan O‘zbekiston nogironlar uchun infratuzilmalarni takomillashtirish hamda ularning huquqlarini kafolatlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmoqda.

1 iyundan internet tezligi «…gacha» qo‘shimchasisiz ko‘rsatiladi
29 may 2021, 17:41

1 iyundan internet tezligi «…gacha» qo‘shimchasisiz ko‘rsatiladi

«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi operator va provayderlarga 1 iyundan boshlab internet tezligi tariflarini «…gacha» qo‘shimchasisiz ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
29 may 2021, 17:10

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

O‘yinlardan chetlatilib, jarima to‘lagan murabbiy va futbolchilar, Venesuyela bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan futzalchilar, keyingi jang sanasi aniq bo‘lgan Fazliddin G‘oibnazarov va Shohjahon Ergashev, 10 ta medalni qo‘lga kiritgan para-dzyudochilar — «Gazeta.uz» ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Toshkent va Moskva «Sputnik V»ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib oldi
29 may 2021, 17:05

Toshkent va Moskva «Sputnik V»ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib oldi

Toshkent va Moskva O‘zbekiston hududida «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deya ma’lum qildi RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko. O‘zbekiston tomoni ushbu taklifni 2020 yilning dekabridayoq bildirgandi. O‘shanda ishlab chiqarish maydoni sifatida Tashkent Pharma Park hududi taklif etilgan.

O‘zbekiston U-21 jamoasi Ukrainadagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
29 may 2021, 15:38

O‘zbekiston U-21 jamoasi Ukrainadagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-21 jamoasi Ukrainada Valeriy Lobanovskiy xotirasiga xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi.

«Ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma bergan». IIV Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi
29 may 2021, 14:32

«Ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma bergan». IIV Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

IIV Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani holati bo‘yicha tergov harakatlari davomida aniqlangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «ayol ayrim shaxslar majbur qilgani uchun ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma berganini aytgan». Sud tibbiy ekspertizasi esa jabrlanuvchi badanida zo‘rlik alomatlari yo‘qligini aniqlagan. Jinoyat ishining olti nafar gumondorga tegishli qismi tugatiladi.

Xorazmdagi ikkita avariya oqibatida 5 nafar maktab o‘quvchisi vafot etdi
29 may 2021, 14:13

Xorazmdagi ikkita avariya oqibatida 5 nafar maktab o‘quvchisi vafot etdi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida Nexia avtomobili 11 nafar yuqori sinf o‘quvchilarini urib ketdi. Olgan tan jarohatlari oqibatida ulardan uch nafari voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada olamdan ko‘z yumgan. Urganch tumanida sodir bo‘lgan boshqa bir YTHda yuk mashinasi 2-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan, ulardan biri voqea joyida vafot etgan.

«Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak» — prezident
29 may 2021, 13:16

«Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak» — prezident

«Endi tizim bundan ham qattiq bo‘ladi, mana shuni bilinglar. Qonun ustuvor — jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak. Hamma hokim xulosa qilishi kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Prezident korrupsiyaning oldini olish uchun sohalarni raqamlashtirish zarurligini qayd etdi.

Senatorlar Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qulladi
29 may 2021, 12:31

Senatorlar Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qulladi

Senatning 15 yalpi majlisida Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi ma’qullandi. Unga ko‘ra, endilikda saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi, ish joyi ko‘rsatilmasligi, qolaversa, fuqarolar ovoz berishda nafaqat pasport, balki ID-kartalar orqali ham o‘z shaxsini tasdiqlashi mumkin.

O‘zbekistonda 15 aprel madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilanadi
29 may 2021, 11:40

O‘zbekistonda 15 aprel madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilanadi

Senatorlar 15 aprel sanasini O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilashga oid qonunni ma’qulladi. Mazkur sana 1935 yil 15 aprelda Vashingtonda imzolangan «Rerix pakti» xalqaro shartnomasi bilan bog‘liq. Shuningdek, qonun bilan soha fidokorlari ayni shu kuni «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan takdirlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: salqin ichimliklar
29 may 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: salqin ichimliklar

Qulupnayli moxito, bananli kokteyl, mevali limonad va kompot — Zira.uz salqin ichimliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

2000 dan ziyod uy markazlashtirilgan issiqlik tarmoqlariga ulanadi
28 may 2021, 23:11

2000 dan ziyod uy markazlashtirilgan issiqlik tarmoqlariga ulanadi

Shavkat Mirziyoyev 2000 dan ortiq uyni markazlashtirilgan issiqlik tarmoqlariga ulashni topshirdi. Qozonxonalarni modernizatsiya qilish ishlari doirasida issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish yiliga 670 mlrd so‘mni iqtisod qilishga imkon beradi.

Prezident Rossiya sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi
28 may 2021, 21:33

Prezident Rossiya sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, jumladan telemeditsinani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. U pandemiyaga qarshi kurashishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting