AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining COVID-19 ga chalinish xavfi ko‘rsatkichlari ro‘yxatida O‘zbekiston “hozirgi vaziyat noma’lum bo‘lgan mamlakatlar” guruhida qolmoqda.
Poytaxtda yozuvchi Nazir Safarovning barelefini o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
AKT vazirligi bir qator ijtimoiy tarmoqlarga vaqtinchalik kirish imkoni bo‘lmaganiga «O‘zbektelekom» AK uskunalaridagi nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Xabar keyinroq o‘chirildi.
Yangi qabul qilingan hukumat qarorlari, “O‘zkomnazorat” Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklashi, mazkur holatdan prezidentning xabar topishi — “Gazeta.uz"ning 3 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«O‘zkomnazorat» boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev «noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun» egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilishi aytildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «„O‘zkomnazorat“ tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida prezident xabar topgani» haqida xabar berdi.
O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga TikTok, Twitter, VKontakte va Skype`dan tashqari Telegram, Facebook, Odnoklassniki, YouTube va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlarning faoliyati cheklangan.
Qashqadaryoda Termiz tuman sudida sudya bilan janjallashib qolgan voqeadan so‘ng qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Effect.uz internet-nashrining uch jurnalistiga hukm chiqarildi. Ulardan biri uch yilga ozodlikdan mahrum etildi, ikki nafariga turli muddatlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Toshkent aeroportida 200 ga yaqin kishi Istanbulga ucha olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyohlik kompaniyasi kelishmagan holda reys uchun chiptalar sotgan. Transport vazirligi zaxiradan samolyot ajratdi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.
O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilmoqda.
Markaziy bank kelgusi uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobil ssenariylarini taqdim etdi. Ularni aniqlashda MB ilk bor iqlim o‘zgarishlarini hisobga oldi. Regulyator kelgusi yillarda inflyatsiyaning uzoq muddatli omillarini bartaraf etish zarurligini qayd etdi.
Xo‘ja Porso jome masjidining tarixiy binosi buzilganligi holati yuzasidan Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentlik fuqaro o‘z uyida quyosh foto elektr stansiyasini o‘rnatib, unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma imzoladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,94 so‘mga pasayib, 10 695,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yuk tashuvchi mototsikl, yengil va yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi og‘ir tan jarohati oldi.
OAV vakillari Basalt Wool MCHJ iqtisodiy samaradorligi, zamonaviy ishlab chiqarish quvvati bilan yaqindan tanishdi.
Hukumat qaroriga muvofiq, Rossiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasalariga murojaat qilishi mumkin.
Prezident qarori bilan 1000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritgan mahalliy va xorijiy investorlarga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi berilishi mumkin. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar va soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar bundan mustasno.
Rossiyalik biznesmen va metsenat Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, shu jumladan, Toshkentda modernizm me’morchiligini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘tgan asrning 60−80 yillarida poytaxtda qurilgan binolarga tashqi jozibadorlik taqdim etib, funksional jihatdan takomillashtiriladi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati mamlakatda hisob-kitoblar uchun xorijiy valyutadan foydalanishga taqiq joriy qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting