Onlayn ovoz berish tizimi ko‘plab afzalliklarga ega — britaniyalik kuzatuvchi
24 oktabr 2021, 17:02

Onlayn ovoz berish tizimi ko‘plab afzalliklarga ega — britaniyalik kuzatuvchi

Buyuk britaniyalik xalqaro kuzatuvchi O‘zbekistonda kelgusiisaylovlarda dunyoning istalgan nuqtasidan ovoz berish, tashkiliy xarajatlarni qisqartirish va saylov komissiyasi faoliyatini yanada samarali qilish imkoniyatini taqdim etuvchi onlayn ovoz berish tizimi joriy etilishiga umid bildirdi.

Prokuraturaga qonun buzilishi holatlari bo‘yicha xabar kelgani yo‘q — bosh prokuror
24 oktabr 2021, 16:50

Prokuraturaga qonun buzilishi holatlari bo‘yicha xabar kelgani yo‘q — bosh prokuror

Soat 15:00ga qadar prokuratura organlari prezident saylovlari jarayonida qonun buzilishi holatlari bo‘yicha xabarlar olgani yo‘q, deya xabar berdi bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev. U qonun buzilishlari haqidagi barcha ma’lumotlar ham prokuratura organlariga yetib bormasligi mumkinligini ta’kidlab, jurnalistlarni Bosh prokuraturaga bunday holatlar bo‘yicha ma’lumot berishga chaqirdi.

Saylovda ishtirok etganlar soni 52 foizdan oshdi
24 oktabr 2021, 16:03

Saylovda ishtirok etganlar soni 52 foizdan oshdi

Prezident saylovida 10 mln 462 ming 575 nafar fuqaro, ya’ni ro‘yxatga olingan saylovchilarning 52,7 foizi ovoz berdi.

Saylovlarning o‘tkazilishi xalqaro standartlarga javob beradi — MDH PA
24 oktabr 2021, 15:43

Saylovlarning o‘tkazilishi xalqaro standartlarga javob beradi — MDH PA

O‘zbekistonda prezident saylovlari xalqaro standartlarga mos o‘tkazilmoqda, deya ta’kidladi Rossiya Federal Kengashi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari. Uning fikriga ko‘ra, nomzodlar ilgari surgan dasturlar umuman olganda «o‘zbek xalqining kutilmalariga javob beradi».

YeXHT vakili saylov haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi
24 oktabr 2021, 14:49

YeXHT vakili saylov haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

YeXHTning maxsus koordinatori Reynxold Lopatka O‘zbekistondagi saylov jarayonining yaxshilanganini qayd etdi. «Sizlar to‘g‘ri. yo‘ldasizlar, lekin bu oxirgi qadam emas, navbatdagi qadamlarni ham qo‘yish kerak», — dedi u. Shu bilan birga u ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Saylovlar o‘tgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha saylovchilar ovoz berdi
24 oktabr 2021, 12:43

Saylovlar o‘tgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha saylovchilar ovoz berdi

Soat 11:00 ga qadar O‘zbekiston prezidenti saylovlarida 33,6% saylovchilar ovoz berishdi. «Demak joriy saylovlar o‘tgan deb hisoblanadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.

Soat 9:00 ga qadar saylovchilarning 12,3 foizi ovoz berdi
24 oktabr 2021, 12:03

Soat 9:00 ga qadar saylovchilarning 12,3 foizi ovoz berdi

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, soat 9:00 da O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayogan prezident saylovlarida saylovchilarning 12,3 foizi ovoz bergan. Eng past ko‘rsatkich — Toshkentda (7,2%), eng ko‘p ovoz berganlar — Farg‘ona viloyatida (16,9%).

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida ovoz berdi (foto)
24 oktabr 2021, 11:55 1

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida ovoz berdi (foto)

Amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida ishtirok etib, o‘z ovozini berdi (foto).

Qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumotlar kelmadi — MSK rahbari
24 oktabr 2021, 11:47

Qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumotlar kelmadi — MSK rahbari

Prezident saylovi uchun tashkil etilgan birinchi uchastkalar Toshkent vaqti bilan Seul va Tokioda 4:00da ochildi. Oxirgi bo‘lib Nyu-Yorkdagi saylov uchastkasi 25 oktabr kuni ertalab yopiladi. MSK rahbari Zayniddin Nizomxo‘jayev qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Alisher Qodirov prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
24 oktabr 2021, 11:42

Alisher Qodirov prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

“Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov 116-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Bahrom Abduhalimov saylovda oilasi bilan ovoz berdi
24 oktabr 2021, 11:25

Bahrom Abduhalimov saylovda oilasi bilan ovoz berdi

Adolat partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov Toshkent shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi.

Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
24 oktabr 2021, 10:45

Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida o‘z ovozini berdi.

Narzullo Oblomurodov prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
24 oktabr 2021, 10:04

Narzullo Oblomurodov prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Ekologiya partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov Toshkent shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi.

«O‘zbekneftgaz»: Kompaniya faqat Ai-80 benzini narxini ushlab turibdi
23 oktabr 2021, 23:31

«O‘zbekneftgaz»: Kompaniya faqat Ai-80 benzini narxini ushlab turibdi

Benzin narxi oshishi haqidagi xabarlarga javoban «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi o‘z yoqilg‘i quyish shoxobchalarida faqat Ai-80 benzini narxini ushlab turganini aytdi. Ai-91, 92 va 95 rusumli yoqilg‘i import xomashyosidan ishlab chiqariladi, shuning uchun uning narxi nisbatan yuqori, deya ta’kidladi kompaniya. Avvalroq Energetika vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan edi.

Simob va platinani 530 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
23 oktabr 2021, 17:46

Simob va platinani 530 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

DBQ va DXX xodimlari Xorazmda 530 ming dollarga simob va quyma platina sotishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Metallarning haqiqiy narxi — 103 ming dollar.

Safia va Madina-Muxlisa Star o‘rtasida istirohat bog‘idagi yer uchun bahs: kim haq?
23 oktabr 2021, 13:05

Safia va Madina-Muxlisa Star o‘rtasida istirohat bog‘idagi yer uchun bahs: kim haq?

Safia va Madina-Muxlisa Star kompaniyalari Toshkentning «Bog‘ishamol» istirohat bog‘i hududidagi 1,2 gektarlik yer uchun sudlashmoqda. Avvalroq Safia yaqindagina 40 mlrd so‘m evaziga qurilgan yangi zavod binosini saqlab qolishni so‘rab prezidentga murojaat qilgan edi. Madina-Muxlisa Star esa shahar hokimligi yerni zaxiraga olish va uni qandolatchilik firmasiga ajratish to‘g‘risida noqonuniy qaror qabul qilgan, deb hisoblamoqda. Tuman hokimligi ham izoh berdi. «Gazeta.uz» barcha tomonlarning fikrlarini to‘pladi.

82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi
23 oktabr 2021, 11:57

82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilindi. Mazkur hujjat davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida bildirilgan takliflardan kelib chiqib qabul qilindi.

Nima tayyorlaymiz: somsa
23 oktabr 2021, 10:00

Nima tayyorlaymiz: somsa

Somsa-sho‘rva, dangasa somsa, «Parmuda», kabob, tovuq va pishloqli — Zira.uz barchaga manzur keladigan somsalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 oktabr 2021, 21:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaliklarning aksariyati ishlanmaydigan kunlarda O‘zbekistonga uchmoqchi ekani, Baydenning Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligi, Trampning yangi ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar hujum qilgani, Belarusda niqob rejimi bekor qilingani, Aktyor Alek Bolduinni tasvirga olish paytida tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 oktabr 2021, 21:52

22 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Abdulaziz Kamilovning Rossiya OAVlari uchun o‘tkazgan matbuot anjumani, Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaati, farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzolanishi — “Gazeta.uz"ning 22 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting