Janubiy Koreya razvedkasi KXDR Rossiyaga 3000 harbiyni yuborgani haqida xabar berdi
23 oktabr 2024, 20:01

Janubiy Koreya razvedkasi KXDR Rossiyaga 3000 harbiyni yuborgani haqida xabar berdi

Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga 3000 nafar harbiyni yubordi, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Pentagon KXDR askarlari Rossiyaga jo‘natilganini tasdiqladi, ammo ular u yerda nima bilan mashg‘ul ekani hozircha noma’lumligini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi
23 oktabr 2024, 19:53

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi

BRIKS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga borgan O‘zbekiston prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot o‘tkazdi. Ular texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika kabi sohalarda hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.

Anqarada aerokosmik kompaniya binosi yaqinida terakt sodir bo‘ldi
23 oktabr 2024, 19:44

Anqarada aerokosmik kompaniya binosi yaqinida terakt sodir bo‘ldi

Turkiyaning Turkish Aerospace aviakompaniyasi bosh qarorgohi yaqinida terakt sodir bo‘ldi, besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi.

Mahalliylashtirish — import o‘rnini bosish emas. Prezident mahalliylashtirish va investitsiya masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
23 oktabr 2024, 19:40

Mahalliylashtirish — import o‘rnini bosish emas. Prezident mahalliylashtirish va investitsiya masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Mahalliylashtirish import o‘rnini bosish emas, balki narx bo‘yicha ham, sifat bo‘yicha ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, eksportni ham ko‘paytirishdir, deya ta’kidlandi prezident bilan uchrashuvda. “O‘zavtosanoat” 2 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi
23 oktabr 2024, 17:59

Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

Yangilandi: Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28−29-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi reja qilingandi. Biroq uning tashrifi keyinga qoldirildi.

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish jinoyatlarini faqat prokuratura tergov qiladi
23 oktabr 2024, 17:35

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish jinoyatlarini faqat prokuratura tergov qiladi

Senatorlar O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olishga qarshi kurashishda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.

Senat reytingi yuqori tadbirkorlarni tekshirmaslik bo‘yicha qonunni maqulladi
23 oktabr 2024, 15:51

Senat reytingi yuqori tadbirkorlarni tekshirmaslik bo‘yicha qonunni maqulladi

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno bo‘ladi.

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasini tashkil etish taklif qilinmoqda
23 oktabr 2024, 15:42

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasini tashkil etish taklif qilinmoqda

Mang‘istau viloyati hokimi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etishni taklif qildi. Buning natijasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar oshishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 mln nafardan oshdi
23 oktabr 2024, 15:05

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 mln nafardan oshdi

2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4 milliondan oshdi. Ko‘rsatkich bir yilda 86 foizga o‘sgan.

Belarusda prezidentlik saylovi 2025-yil 26-yanvarga belgilandi
23 oktabr 2024, 14:15

Belarusda prezidentlik saylovi 2025-yil 26-yanvarga belgilandi

Belarus prezidenti saylovi 2025-yil 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 2020-yildagi saylovlar Lukashenko rejimiga qarshi norozilik namoyishlari fonida kechgandi.

IIV voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini ma’lum qildi
23 oktabr 2024, 13:07

IIV voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini ma’lum qildi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan kvadroberlik harakatlari mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.

Senat telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
23 oktabr 2024, 12:51

Senat telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar telekommunikatsiya bozorini tartibga soluvchi regulyator va ushbu bozorni rivojlantirish siyosatini olib boruvchi davlat organlarining vazifalarini belgilovchi qonunni ma’qulladi.

SAXAL “Hizbulloh” yetakchisining vorisi o‘ldirilganini tasdiqladi
23 oktabr 2024, 12:49

SAXAL “Hizbulloh” yetakchisining vorisi o‘ldirilganini tasdiqladi

Isroil mudofaa armiyasi “Hizbulloh” guruhi ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiddin o‘ldirilganini tasdiqladi. U guruhning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohga voris sifatida ko‘rilardi.

Ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi berilmoqda
23 oktabr 2024, 12:17

Ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi berilmoqda

Senat ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Endi ombudsman prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu lavozimga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda

19 yoshli kurashchi Alisher G‘aniyev yoshlar o‘rtasidagi JCHda oltin medal olib, O‘zbekiston tarixiga kirdi
23 oktabr 2024, 12:03

19 yoshli kurashchi Alisher G‘aniyev yoshlar o‘rtasidagi JCHda oltin medal olib, O‘zbekiston tarixiga kirdi

Alisher G‘aniyev yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. U 23 yoshgacha bo‘lganlar orasida kurashning har ikki turi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylanib, O‘zbekiston tarixiga kirdi (foto, video).

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
23 oktabr 2024, 11:02

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Endilikda bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifalarga qarab belgilanadi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni 2026-yilda o‘tkazish rejalashtirilmoqda
23 oktabr 2024, 10:22

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni 2026-yilda o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Statistika agentligi 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Oliy Majlisga toponimik obyektlarga nom berish va nomlarni o‘zgartirishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.

Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi
23 oktabr 2024, 10:06

Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi

Para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.

MG Motor TIAS ko‘rgazmasida Britaniya avtomobil nafosati dunyosiga sho‘ng‘ishga taklif qiladi
23 oktabr 2024, 09:00

MG Motor TIAS ko‘rgazmasida Britaniya avtomobil nafosati dunyosiga sho‘ng‘ishga taklif qiladi

Central Asian Expo ko‘rgazmalar markazida Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda MG o‘zining so‘nggi avtomobil modellarini taqdim etadi.

O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 23 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi
23 oktabr 2024, 03:27

O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 23 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi

Prezidentga taqdimotda aytilishicha, O‘zbekistonga so‘nggi yetti yilda jami 78 mlrd, jumladan, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 23,7 mlrd dollarlik xorij investitsiyasi kirib kelgan. Bu orqali 1800 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarila boshlagan, 120 ta yirik quvvat ishga tushgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting