Qo‘shrabot tumanida gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning o‘g‘li hamda qizi vafot etdi. Portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qarshi shahrida “102”ga telefon qilgan ayol u bilan 3 yildan beri birga yashayotgan erkak uning 7 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani haqida shikoyat qilgan. Ijtimoiy tarmoqda qizaloqning holat haqida kimgadir aytsa, erkak uni o‘ldiraman, deya qo‘rqitganini yig‘lab aytib bergan videosi tarqaldi.
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi — jurnalist Inessa Papernaya va uning do‘sti hamda O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topilgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ular noma’lum etiologiyali zaharlanishdan vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytgandi. Farzandi “Dok-1 Maks”dan zaharlangan fuqaroning aytishicha, vazir jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot bergan.
O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodov 2024-yilda aniqlangan doping tufayli 3 yil musobaqalarda qatnashmaydi. Ayni shu sabab u yozda O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi. Sportchi bungacha 2023-yildagi Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqqandi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yubordi. Oqibatda haydovchi va piyodalar vafot etdi. Video.
2024-yilning 9 oyi davomida bojxona organlari xodimlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolindi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Asadjon Xodjayevga ko‘ra, dastlabki tergov va surishtiruv ishlarini bajarish kabi qator vakolatlarni AOKAga berish taklif etilmoqda.
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi.
Uzbekistan Airways 17-noyabrdan Toshkent−Xanchjou yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln so‘mdan boshlanadi.
Namangan viloyatida tadbirkor quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,22 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Shu kabi holat Sirdaryo viloyatida ham kuzatildi. Hujjatlar tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Senatning 59-yalpi majlisi chorshanba kuni chaqiriladi. Unda telekommunikatsiya, ipakchilik, Qurolli kuchlar, soliq, bojxona sohalariga doir kodeks va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilinadi.
Kuba aholisi yirik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng to‘rtinchi kundirki elektr ta’minotisiz qolmoqda. Hozircha IES faoliyatini tiklashning imkoni bo‘lmadi. Gavanada odamlar norozilik sifatida ko‘chalarga chiqa boshladi.
Humans mobil aloqasi xizmatlariga to‘lov qilish yanada osonlashdi — endi buni Alif orqali bir nechta tugmani bosgan holda amalga oshirish mumkin.
Yaqinda yuz bergan yomg‘irlar Toshkent drenaj tizimining haqiqiy ahvolini ko‘rsatdi, dedi prezident. U suvni suv havzalarida to‘plash va undan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish tizimini yaratishni taklif qildi. Rasmiylar kamida 2015-yildan beri drenaj tizimini ta’mirlash haqida gapirmoqda.
O‘zbekistonga gaz importi yanvar-sentabr oralig‘ida 1,28 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil to‘qqiz oyidagi ko‘rsatkichdan 3,6 barobar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 479,5 mln dollargacha (+16,5 foiz), sentabr uchun esa (bir yil avvalgidan) 2,2 baravar oshdi.
Tamer Fathi Abdussalam Hammad Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, — dedi prezident.
Click keng ko‘lamli Click Marafon aksiyasini boshladi, unda KIA K5 avtomobillari, shuningdek, iPhone 16 Pro, PS5, Dyson va boshqa ko‘plab qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish mumkin.
O‘zbekistonda yashillik darajasi 12 foizga yetdi. 2024-yil bahor mavsumida 138 mln dona ko‘chat ekildi. Prezident unda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. “Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab daraxt ko‘karmagan”, dedi u. Bosh prokuraturaga nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting