Toshkent shahri hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi Yangihayot tumanida jamoat savdo-ko‘ngilochar bulvarini qurish uchun investor qidirmoqda. Uzunligi 1 km bo‘lgan bulvarda gastronomik, sport, savdo va bolalar uchun ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Ularning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan. Vafot etganlar orasida ikki nafar bola ham bor.
Golden House kompaniyasi “Ustozimga rahmat” aksiyasi 31-oktabrgacha uzaytirilishini mamnuniyat bilan e’lon qildi.
Prezident qarori bilan sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Markaziy bank xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.
Shu vaqtgacha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti bosh direktori bo‘lgan Sharafiddin Kadirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.
Prezident farmoni bilan IT park rezidentlari biznes-jarayonlar autsorsingi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirishi va internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishi belgilandi.
Toshkent shahri hokimi qarori bilan pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish tartibi va transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi. To‘lovlar tarif zonalariga ko‘ra bir soat uchun 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilandi.
Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu lavozimda ishlab kelgan Erkin Muhitdinov prezident majlisida ishdan olingandi.
O‘zbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi ayrim uchastkalardan fotoreportaj.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi 56 yoshli erkak Rossiyaga ishlash uchun borib, u yerda moddiy manfaat evaziga Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. U sud qarori bilan uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Samarqand va Andijongacha bo‘lgan pulli avtomobil yo‘llari loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, bunday yo‘llarni qatnov darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda qurish zarurligini ta’kidladi. Muqobil bepul yo‘lning ham mavjud bo‘lishi alohida qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston avtomobil bozorida Abozor`ning paydo bo‘lishi bilan avtomobillarni sotib olish va sotish oson va samarali bo‘lib bormoqda. Platforma avtomobilni tez va shaffof tarzda sotib olish yoki sotish imkonini beradi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Payshanbaga o‘tar kechasi Afg‘onistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Surxondaryo viloyatida sezilib, 2 ballni tashkil etdi.
Sirdaryo viloyatidagi 27-maktabda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘llariga igna sanchdi va hojatxonaga chiqishiga ruxsat bermadi. Qizning otasi bunga qo‘shimcha darslar uchun 50 ming so‘m to‘lashdan bosh tortgani sabab bo‘lganini aytdi. Bolalar ombudsmani vaziyatni o‘rganmoqda.
Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor o‘z “g‘alaba rejasi”ni ommaga taqdim etdi. U besh banddan iborat va NATOga taklifnoma, Ukrainada “noyadroviy to‘xtatishning keng qamrovli paketi”ni joylashtirish va Yevropadagi Amerika kontingentining bir qismini ukrain harbiylari bilan almashishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda 2024-yil ilk yarmida uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda — uning bozor narxi fundamental (“obyektiv”) narxdan 28% yuqori, deya qayd etadi MB. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda va bu kelajakda narxlarning pasayishi xavfidan dalolat beradi, deb hisoblaydi regulyator.
Sentabr oyida O‘zbekistonda garchi yangi yengil avtomobillar savdosi segmenti 10 foizdan ortiqqa o‘sgan bo‘lsa ham, umumiy avtomobil savdosi 1,1 foizga kamaydi. Elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting