Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
26 iyul 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 22,99 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 657,35 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi ma’lum qilindi
26 iyul 2021, 16:01

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi ma’lum qilindi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini litsenziya bilan amalga oshirishga ruxsat berilgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lum qilishicha, bugunga qadar mamlakat hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun hech kimga litsenziya berilmagan. Agentlik ushbu faoliyatlar hali ham qonuniy emasligini eslatdi.

«Gimnastikada qo‘limdan kelgan barchasini qildim» — Oksana Chusovitina
26 iyul 2021, 15:18

«Gimnastikada qo‘limdan kelgan barchasini qildim» — Oksana Chusovitina

Katta sportdan ketishini e’lon qilgan Oksana Chusovitina Tokiodagi Olimpiadadagi ishtiroki va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi. «Finalga chiqa olmadim, lekin bu qo‘rqinchli narsa emas. Men gimnastikada qo‘limdan kelgan barchasini qildim», — dedi gimnastikachi va O‘zbekistonda o‘z klubini ochish hamda bolalar sportini rivojlantirishga hissasini qo‘shishni orzu qilishini aytib o‘tdi.

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK
26 iyul 2021, 14:49

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha «juda ijobiy» xulosa berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya o‘tgan saylovlar bo‘yicha YeXHTning tavsiyalarini saylov amaliyotiga joriy etilishini ham ijobiy baholagan.

Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” yonib ketdi
26 iyul 2021, 14:29

Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” yonib ketdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab “Gazel” avtomobili yonib ketdi. Yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

«O‘zkomnazorat» Wechat`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi
26 iyul 2021, 13:52

«O‘zkomnazorat» Wechat`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi

Shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonunchilikni buzgan TikTok, Twitter, Skype va «VKontakte» internet platformalari qatoriga Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i ham qo‘shildi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklangan.

Karantin boshidan beri 1 mlndan ortiq niqob taqmaslik holatlari aniqlangan
26 iyul 2021, 13:37

Karantin boshidan beri 1 mlndan ortiq niqob taqmaslik holatlari aniqlangan

Karantin tadbirlari boshlangandan beri O‘zbekiston bo‘ylab 1 mln 184 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. Ulardan 1 mlndan ortig‘ida jarima belgilangan. Tibbiy niqob taqmaganlik bo‘yicha 1,1 mlntadan ortiq qoidabuzarlik holatlari qayd etilgan.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati kechiksa — to‘lovning 50 foizi qaytariladi
26 iyul 2021, 13:32

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati kechiksa — to‘lovning 50 foizi qaytariladi

1 noyabrdan Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda YAIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, xizmat uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi 1 ish kunida qaytariladi.

Afg‘oniston bilan chegarada palatkalar shaharchasi qurilmayapti — DXX Chegara qo‘shinlari
26 iyul 2021, 13:05

Afg‘oniston bilan chegarada palatkalar shaharchasi qurilmayapti — DXX Chegara qo‘shinlari

DXX Chegara qo‘shinlari «Gazeta.uz» so‘roviga bergan javobida Afg‘oniston bilan chegara hududda qochoqlar uchun palatkalar shaharchasi qurilayotgani haqidagi xabarni rad etdi. Shuningdek, Chegara qo‘shinlari afg‘on harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar ko‘ngillilari iyun oyida O‘zbekiston chegarasini qay tarzda kesib o‘tishganini ham ma’lum qilishdi.

Hafta davomida havo harorati asta-sekin pasayadi
26 iyul 2021, 12:40

Hafta davomida havo harorati asta-sekin pasayadi

27 iyuldan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Haftaning oxiriga kelib havo harorati +33 daraja atrofida bo‘ladi. Yaqin kunlarda ba’zi hududlarda shamol va chang bo‘ronlarining kuchayishi kutilmoqda.

Bekobodda 25 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar aniqlandi
26 iyul 2021, 12:36

Bekobodda 25 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar aniqlandi

Bekobod shahrida yashovchi aka-ukalar o‘z xonadonlarida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy tarzda diniy saboq berayotganliklari aniqlandi. Ular bolalardan 800 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha oylik to‘lov olib kelgan. Ushbu shaxslarga nisbatan BHMning 7−8 baravari miqdorida jarima hamda ulardan biriga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan avgust boshida uchrashadi
26 iyul 2021, 11:59

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan avgust boshida uchrashadi

Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi avgust oyining boshida o‘tkazilishi kutilayotgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, davlat rahbarining haftalik ish rejasi haqida ham ma’lumot berildi.

Parkent tumanida soyda cho‘milayotgan ayol samosud qilindi
26 iyul 2021, 10:36

Parkent tumanida soyda cho‘milayotgan ayol samosud qilindi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan soyda cho‘milayotgan ayol boshqa bir ayol tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elektron onlayn-auksionlarning yagona tartibi joriy etiladi
26 iyul 2021, 10:33

Elektron onlayn-auksionlarning yagona tartibi joriy etiladi

Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish va shaffofligini oshirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi. Hujjat bilan obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinmoqda. Shuningdek, auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischilari auksionlardan chetlatiladi.

25 iyul kuni 705 kishida koronavirus aniqlandi
26 iyul 2021, 10:11

25 iyul kuni 705 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonda 705 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 482 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.

Avgust oyidan O‘zbekistonda xitoy-o‘zbek vaksinasi ishlab chiqariladi
26 iyul 2021, 09:29

Avgust oyidan O‘zbekistonda xitoy-o‘zbek vaksinasi ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda avgust oyidan boshlab koronavirusga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolanishiga kelishildi. Birinchi bosqichda oyiga 10 mln doza vaksina ishlab chiqarish va keyinchalik bu ko‘rsatkichni yiliga 200 mln dozagacha olib chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Tokio-2020. 26 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
26 iyul 2021, 01:45

Tokio-2020. 26 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida beshta sport turi bo‘yicha 7 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

Tokio-2020. Musobaqalarning ikkinchi kuni natijalari
25 iyul 2021, 23:48

Tokio-2020. Musobaqalarning ikkinchi kuni natijalari

Tokiodagi Olimpiadaning ikkinchi kuni taekvondochi Ulug‘bek Rashitovning oltin medali va gimnastikachi Oksana Chusovitinaning karerasini yakunlagani bilan tarixda qoldi. Shu kuni O‘zbekiston terma jamoasining yana 9 nafar sportchisi musobaqalarda qatnashdi, medallar uchun kurashlarni esa faqat bokschilar davom ettiradigan bo‘ldi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
25 iyul 2021, 19:05

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Suzish federatsiyasi rahbarining vaqtincha ishdan chetlatilishi, o‘zbekistonlik 2 nafar tennischi kelishilgan o‘yinlar sababli diskvalifikatsiya qilinishi, Tokio olimpiadasidagi ilk oltin medal va Olimpiya o‘yinlari atrofidagi jarayonlar — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Tokio-2020. O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov finalda g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi
25 iyul 2021, 18:16

Tokio-2020. O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov finalda g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov final bahsida britaniyalik raqibi Bredli Sinden ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting