O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 834 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 295 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Sirdaryoda internet orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik amaliy tashrif bilan Andijon viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Tashqi ishlar vaziri o‘g‘li Doniyor Kamilov asoschisi sifatida ko‘rsatilgan Metropol Group kompaniyasi 210 mlrd so‘mga «Sayilgoh»da joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini xususiylashtirmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish markazi ochildi. Markaz AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ko‘magida ishga tushirildi.
Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Mavlyanov Chilonzor hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Navbatdagi o‘quv yilida davlat xususiy OTMlarga 22 yo‘nalish bo‘yicha 500 ta grant o‘rinlari ajratadi. OTMlarga hujjat topshirish jarayoni besh kun ichida boshlanadi. Prezident talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlari doirasida byudjetdan 50 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Yotoqxona va xostellar quriladigan yer maydonlari auksion orqali taqdim etiladi.
Moskvada majburiy emlash joriy etilgani, Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvda 80 dan ortiq falastinliklarning jarohatlangani, NATOning Afg‘oniston kuchlarini o‘qitish uchun bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib borayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan oliy ta’limga bag‘ishlangan videoselektorda rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerakligini ta’kidlandi. «Sifat bilan shug‘ullanmagan, „talaba uchun men nima bera olaman“, degan savolga javobi bo‘lmagan rektorning kelajagi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi prezident. Shuningdek, davlat rahbari yaqin-yaqingacha davlat oliygohlari monopoliya bo‘lganiga ham e’tibor qaratdi.
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi «Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi 2019 yilda 31,4 mlrd va 2020 yilda 33,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini auksion va tendersiz amalga oshirganligini aniqladi.
1 iyundan QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi. Parrandachilar uchun uch yil davomida qator soliqlar, jumladan, daromad va mol-mulk solig‘ida kamaytirilgan stavkalar qo‘llaniladi
Samarqanddagi «Minsk» xiyobonida qurilish uchun hujjatlar soxtalashtirilganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mahalla aholisi, faollar va deputat xabar qilishicha, quruvchi kompaniya uy-joy, bolalar bog‘chasi va savdo binolarini noqonuniy ravishda qurmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pasaydi va jami 10 590,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.
Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 13−15 iyun kunlari o‘tkazilgan yoshlar festivalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev maqom kuyladi. Shuningdek, festival doirasida jurnalist va blogerlar mukofotlangan.
2021 yil avgust oyidan boshlab Toshkentdagi Webster universiteti “Ta'lim va innovatsiyalar” yo’nalishida yangi bir yillik magistratura dasturini (MA EDIN) yo’lga qo’yadi.
Shuhrat Buronov Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. U bundan avval Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 28-maktabda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar maktabni ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun ota-onalarining roziligi bilan kelganligi aytildi. 5 nafar qiz-o‘quvchilar esa yakuniy davlat imtihonlarining baholarini bilish maqsadida maktabga kelganligi aniqlangan. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilar o‘zi va ota-onalarining ixtiyoriga zid ravishda ta’mirlash ishlariga jalb qilinmaganligini ta’kidladi.
Baxtiyor Maxkamov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bundan avval u Elektromagnit moslashuv markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 463 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 342 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi. Mazkur hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting