Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanalari belgilandi
8 oktabr 2024, 17:44

Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanalari belgilandi

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish 16−23-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jarayon ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

O‘zbekistonda gaz importi 2030-yilga borib 10−11 mlrd kub metrga yetishi mumkin — Energetika vaziri
8 oktabr 2024, 17:32

O‘zbekistonda gaz importi 2030-yilga borib 10−11 mlrd kub metrga yetishi mumkin — Energetika vaziri

2030-yilga qadar O‘zbekistonda gaz qazib olishni 62 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgan (lekin so‘nggi yillarda u pasaymoqda). Agar Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlari kutilgan natijani bermasa, import ko‘rsatilgan yilga kelib 10−11 milliard kub metrga yetadi, dedi energetika vaziri.

O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati yakunlandi
8 oktabr 2024, 17:00

O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati yakunlandi

O‘zbekistonda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha o‘ninchi jahon chempionati sportchilar va muxlislari uchun unutilmas taassurot qoldirdi.

Fizika bo‘yicha Nobel sun’iy neyron tarmoqlarni o‘rgangan olimlarga berildi
8 oktabr 2024, 15:28

Fizika bo‘yicha Nobel sun’iy neyron tarmoqlarni o‘rgangan olimlarga berildi

Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi.

Saneg O‘zbekistondagi atom energetikasi loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini o‘rganmoqda
8 oktabr 2024, 15:03

Saneg O‘zbekistondagi atom energetikasi loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini o‘rganmoqda

Saneg neft-gaz kompaniyasi 2024-yil boshida Saneg Atom shu’ba korxonasini tashkil etdi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “ushbu yo‘nalishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida” O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud vaziyat tahlil qilinmoqda.

O‘zbekistonlik harbiylar Britaniyadagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi
8 oktabr 2024, 15:00

O‘zbekistonlik harbiylar Britaniyadagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi

Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Ishtirokchilar jangovar vazifalarni bajarib, 70 kilometrdan ortiq masofani hujum operatsiyalari hamda kimyoviy va biologik tahdid sharoitida bosib o‘tdi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi
8 oktabr 2024, 12:49

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi

O‘zbekistonda o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoaga murabbiylik qilgan Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. O‘FA jamoaning musobaqadagi ishtirokini tanqid qildi. O‘zbekistondagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish, turnirlarga jalb etish tavsiya qilindi.

O‘zbekistonliklar Serbiyaga qurilish sohasida ishga taklif qilinmoqda
8 oktabr 2024, 12:36

O‘zbekistonliklar Serbiyaga qurilish sohasida ishga taklif qilinmoqda

Serbiya qurilish sohasida ishlovchi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda. Oylik maosh 700−800 yevro bo‘lib, nomzodlar 50 yoshgacha va 3−5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

O‘zbekistonda onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda
8 oktabr 2024, 12:33

O‘zbekistonda onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda

1-noyabrdan 2025-yilning 1-apreliga qadar onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etiladi. Markaziy bank ushbu tartib firibgarlik holatlarining oldini olish uchun ekanini ma’lum qildi.

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jazo yanada kuchaytirildi
8 oktabr 2024, 11:32

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jazo yanada kuchaytirildi

O‘zbekistonda diniy taassublik tufayli, bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol yoki xavfli narsalar yordamida qasddan badanga yengil shikast yetkazish jazosi kuchaytirildi.

Toshkentda davlat tibbiy sug‘urtasi yo‘lga qo‘yildi. Bu nima degani?
8 oktabr 2024, 11:05

Toshkentda davlat tibbiy sug‘urtasi yo‘lga qo‘yildi. Bu nima degani?

1-oktabrdan Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etildi. Bu tibbiyot xodimlari va aholi uchun nimani o‘zgartirishi haqida “Gazeta.uz” “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori Eldor Adilov bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistondagi 12 ta bog‘chada fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
8 oktabr 2024, 10:25

O‘zbekistondagi 12 ta bog‘chada fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada vazir Hilola Umarova va Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Toshkent viloyatida Nexia urib yuborgan 50 yoshli piyoda halok bo‘ldi
8 oktabr 2024, 09:27

Toshkent viloyatida Nexia urib yuborgan 50 yoshli piyoda halok bo‘ldi

Olmaliq shahrida Nexia 3 haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
7 oktabr 2024, 23:47

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida 5 ta transport vositasi — Nexia, 2 ta Lacetti, Spark va Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTH oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Ukraina Donbass uchun jang orqali Rossiyani charchatmoqchi — NYT
7 oktabr 2024, 22:00

Ukraina Donbass uchun jang orqali Rossiyani charchatmoqchi — NYT

Ukraina qo‘shinlari Rossiya armiyasini og‘ir janglarda imkon qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinmoqda, biroq bu taktika muvaffaqiyatli bo‘ladimi yo yo‘q — hozircha noma’lum, deb yozdi New York Times Kiyevning harbiy strategiyasi tahlilida.

Chinniobodliklarga ko‘mir koni kengaytirilishi sabab 60 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lab beriladi
7 oktabr 2024, 21:28

Chinniobodliklarga ko‘mir koni kengaytirilishi sabab 60 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lab beriladi

Ko‘mir konining kengaytirilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidagi Chinniobod mahallasi aholisiga uylarini ko‘chirish yoki buzish uchun 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi. Hokimiyat barcha mulkdorlar bilan kelishuvga erishdi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar yuridik yordam olishda to‘siqlarga uchrayapti” — nogironlar huquqi faoli
7 oktabr 2024, 21:01

“Nogironligi bo‘lgan shaxslar yuridik yordam olishda to‘siqlarga uchrayapti” — nogironlar huquqi faoli

O‘zbekistonda ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar qonunlarda kafolatlangan huquqlaridan bexabar qolib ketmoqda. Nogironlar huquqi faoliga ko‘ra, ular yuridik yordam va maslahat olishda ham to‘siqlarga uchrayapti. Shu sababli bunday muammolarga yechim sifatida huquqplus.uz huquqiy axborot portali ishga tushirildi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord o‘rnatdi va 41 mlrd dollardan oshdi
7 oktabr 2024, 20:53

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord o‘rnatdi va 41 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord ko‘rsatkichni o‘rnatdi. sentabrda oltin narxining o‘sishi fonida zaxiralar 2 mlrd dollarga oshib, 41,1 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan oy MB oz miqdorda qimmatbaho metall sotdi, ammo oltin zaxirasining qiymati sezilarli darajada ortdi.

Bandlik vazirligi kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi
7 oktabr 2024, 20:27

Bandlik vazirligi kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

Mahallabay ishlash agentligi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Bandlik vazirligiga o‘tkazildi. Vazirlik, shuningdek, ishsizlar hisobini yuritadi, ishga joylashtiradi, kasbga va tillarga o‘qitadi. Kasbiy malaka markazlari tashkil etiladi, bitiruvchilar xalqaro sertifikatlar olishi mumkin bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
7 oktabr 2024, 19:29

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Uni aeroportda RF prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqalar kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida MDH sammitida qatnashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting