«Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomi bilan ro‘yxatga olingan oilaviy firma nomi «Toshkent Chilonzor Trade», «Joe Biden» MCHJ esa «White Eagle 070» etib qayta nomlandi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Ushbu taklifni Madaniyat vazirligi rahbari Ozobdek Nazarbekov berdi.
Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda qatnovlar bo‘layotganligi sababli Bo‘stonliq tumanidagi 4R-6 avtomobil yo‘lida (G‘azalkent shahridan «Yusufxona» aholi yashash joyiga qadar) avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama qilib qo‘yildi.
Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi. Portalda qurilish tashkilotlari STIR raqamini kiritish orqali ularning reytingini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Pirojka, kurnik, pishloqli naychalar va boshqa issiq pishiriqlar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
Yangi-Angren IES portlash oqibatida vafot etgan uch ishchining oila a’zolariga 105 mln so‘mdan kompensatsiya hamda dafn marosimi uchun 4,8 mln so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatdi. Qurbonlar ikki nafar ayol hamda bir nafar erkakdan iborat.
Niderlandlarga Ikkinchi Jahon Urushidan beri birinchi marta komendantlik soatining joriy etilgani, Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish sonining pandemiya paytida oshgani, Buyuk Britaniyada o‘zini yakkalaganlarga pul to‘lanishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Uy-joy kommunal xizmati mamlakat bo‘ylab ko‘p qavatli uylarda liftlarni ta’mirlash va yangilash ishlarini bosh pudratchi sifatida «Texnopark» kompaniyasiga topshirishni taklif qildi. Lekin hukumat qaroriga ko‘ra, ijrochilar tender va tanlovlar asosida tanlanishi lozim ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, yerlar elektron auksionlar asosida berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, «Andijon viloyati sanoat markazi» uchun yerlar qaror asosida berilgan.
Prezident buxorolik mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadonida mehmon bo‘ldi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilgandi. Shu bilan davlat rahbarining safariga yakuniga yetib, Toshkentga qaytib keldi.
Tojikiston milliy universitetida Prezident Emomali Rahmon sharafiga «uning xalq va davlat oldidagi xizmatlarini abadiylashtirish uchun» muzey ochildi.
Toshkentning Yashnobod tumanidagi Ashxabod bog‘i yaqinida to‘rtta mashina to‘qnashib, besh kishi, jumladan, bir bola jarohatlandi.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli 110 kV kuchlanishli 7 dona havo liniyalarida va 6−10 kV kuchlanishli 476 dona havo liniyalarida uzilishlar vujudga kelgan, trasformator punktlariga shikast yetkazilgan. 550 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi. Hozirda ularning deyarli 60% tarmoqqa qayta ulangan.
Poytaxtning bir nechta ko‘chalarida avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalar harakati uchun alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasidagi portlash natijasida uch kishi vafot etgan edi, yana uch nafari kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Kanada ijrochi hukumati boshqaruvchisi Juli Peyett ish joyida «zaharli muhit» yaratganlikda ayblanganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi. Uning idorasidagi xodimlar jamoat oldida haqorat qilishlar va kamsitilishlar bo‘lganidan shikoyat qilishgan.
Madaniyat va san’at sohasidagi 170 dan ortiq davlat ob’ekti faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi.
Prezident Buxoroda Xalq deputatlari viloyat kengashining yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi juda orqada qolayotganini ta’kidladi. Tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni ishdan bo‘shatishini aytdi.
Dam olish kunlari sovuq ob-havo davom etadi. Kechasi havo harorati 10 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa noldan yuqori bo‘lmaydi, faqat yakshanba kuni havo biroz isiydi.
Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi tashrifi doirasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. «Buxoroning bugungi rivoji ma’qulmi, degan savolga mening javobim: yo‘q. Korrupsiya, poraxo‘rlik barham topmayapti», — dedi davlat rahbari. Prezident muammolarni bartaraf etishda mahallaning roli oshirilishiga to‘xtaldi.
Sirdaryo, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi bir qancha hududlar ham elektr ta’minotidan uzildi. Viloyatlardagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va Hududiy elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan tezkor ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting