AQShning yetakchi universitetlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlari davom etmoqda, talabalar kampusda chodirlar lagerlari qurmoqda. Bir qator universitetlar ma’muriyatlari politsiyaga murojaat qildi, o‘nlab namoyishchilar qamoqqa olindi.
O‘zbekistonlik professional bokschi, o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov vazn toifasidan qat’i nazar jahonning eng kuchli bokschilaridan biri bo‘lgan Terens Kroufordga qarshi chempionlik unvonini himoya qiladi. Raqiblar birinchi nigohlar jangini o‘tkazdi.
O‘zbekiston aeroportlarining 21 nafar shifokor va qutqaruvchilar guruhi Belarusda aviatsiya tibbiyoti va avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlari bo‘yicha treningda qatnashdi. Ular uchun o‘quv maydonlari va tibbiy simulyatsiya markazida mashg‘ulotlar tashkil etildi.
2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi oshdi. Bu haqda 25-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
15-maydan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” narxlar oshishini elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadi bilan izohladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mart oyidan beri telefondan foydalanmay kelgan Angren shahridagi 17-maktabni 300 mln so‘m bilan mukofotladi.
O‘zbekistondan Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 169 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yetib bordi. Yordam tarkibidan un, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, konservalangan go‘sht mahsulotlari, makaron, shakar va boshqalar o‘rin olgan.
Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘idagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, attraksionlar o‘rnatilmasligi va bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim, deya ta’kidladi Ekologik partiya. Shu yuzasidan partiya hokimlikka deputatlik so‘rovini yuborishni ma’lum qildi.
“Adolat” partiyasi Toshkent hokimligini Abdulla Qodiriy va Bobur nomidagi istirohat bog‘larini ijaraga berish kabi muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin o‘rganib, jamoatchilik fikrini inobatga olishga chaqirdi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrifi chog‘ida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuzish, tezyurar temiryo‘l loyihalari va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ta’lim, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish bo‘yicha dasturlar e’lon qilindi.
Jizzax viloyatida odam o‘ldirishda gumonlanib, voqea joyidan qochib ketgan shaxsni ushlashda yordam bergan Jahon tillari universiteti talabasi taqdirlandi. Yigitga qo‘l soati, 5 mln so‘m pul va ota-onasi nomiga tashakkurnoma berildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangilangan makroiqtisodiy prognozlarga ko‘ra, asosiy ssenariy bo‘yicha 2024-yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9−11 foizgacha oshirildi.
O‘zbekistonga lift import qiluvchi tadbirkorlar olgan 3 yillik muvofiqlik sertifikatlari amal qilishi 20-martdan keyin to‘xtatib qo‘yildi. Biznes mas’ul idoralar vaziyat bo‘yicha asosli javob bermayotganini ta’kidlamoqda. Tadbirkorlar ochiq raqobatni so‘rab, import cheklovlarini xato deb atayapti.
DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.
“Toza havo” oyligi doirasida 10 kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Bunda 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi. 300 dan ortiq haydovchi jarimaga tortildi.
O‘zbekistonda emlash dasturi 3,5 mln bola, jumladan, har yili difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi 3 dozali vaksina oladigan 950 ming bolani qamrab oladi. Butunjahon emlash haftaligi munosabati bilan YUNISEF emlash harakatlari bolalarning omon qolishi va salomatligi uchun naqadar muhim ekanini eslab o‘tdi.
Sud Toshkentdagi Atlas Party tadbirida qatnashgan ayollar va ularning liboslarini haqorat qilgan erkakni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.
Germaniya prokuraturasi Markaziy Osiyoning yetti fuqarosini terrorchilik guruhi tuzish va ISHIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Ular o‘tgan yozdan beri hibsda saqlanmoqda.
800 mingga yaqin odam Buenos-Ayres ko‘chalariga chiqib, davlat universitetlari rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga qarshi chiqdi. Universitetlarni moliyalashtirishni kamaytirish qarori Argentina prezidenti Xaver Miley tashabbusi bilan qabul qilingandi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting