Isroil Eronning raketa hujumiga “keng ko‘lamli javob” tayyorlamoqda — Axios
2 oktabr 2024, 15:13

Isroil Eronning raketa hujumiga “keng ko‘lamli javob” tayyorlamoqda — Axios

Isroil Eronning ommaviy raketa hujumlariga “muhim javob zarbasi”ni tayyorlamoqda. Ehtimoliy nishonlar Eronning neft va yadroviy obyektlari bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda G‘arb OAV.

Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol darvozasi to‘sini qulashi oqibatida vafot etdi
2 oktabr 2024, 14:55

Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol darvozasi to‘sini qulashi oqibatida vafot etdi

Olmazor tumanidagi maktabda tunda futbol o‘ynagani borgan bolalardan biri darvoza to‘siniga osilib, undan yiqilib tushdi. 17 yoshli yigit yiqilganidan so‘ng uning ustiga darvoza to‘sini qulashi ortidan vafot etdi. Olmazor tumani prokuraturasi holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Senat qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
2 oktabr 2024, 14:26

Senat qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston senatorlari fermerlarning birlashishi va hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi yangi qonunni ma’qulladi. Amaldagi qonun 1998-yildan buyon kuchda bo‘lib kelmoqda.

Axsikent yodgorligida metro uslubida qurilgan qadimiy yerosti yo‘laklari, rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi
2 oktabr 2024, 13:20

Axsikent yodgorligida metro uslubida qurilgan qadimiy yerosti yo‘laklari, rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi

Namangan viloyatidagi Axsikent yodgorligida arxeologlar tomonidan ikkita noyob yerosti yo‘llari, qadimiy rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi. Hokimlik matbuot xizmati yodgorlik va undagi so‘nggi topilmalar haqida National Geographic hujjatli film suratga olishini ma’lum qildi.

“Poyezd chiptasi narxi xususiy aviakompaniya chiptalaridan qimmatlashdi”. Senator Transport vaziriga murojaat qildi
2 oktabr 2024, 12:23

“Poyezd chiptasi narxi xususiy aviakompaniya chiptalaridan qimmatlashdi”. Senator Transport vaziriga murojaat qildi

Senat majlisida “Afrosiyob” poyezdida ayrim yo‘nalish chiptasi aviachiptadan qimmatligi, xizmat ko‘rsatish sifati pastligi aytildi. Transport vaziri poyezdlarda mobillik va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha rejalar haqida so‘zladi. Shuningdek, 1-yanvardan tezyurar poyezdlarda dinamik narxlar bo‘lishi ma’lum qilindi.

Sentabr oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?
2 oktabr 2024, 11:50

Sentabr oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda so‘m dollarga nisbatan ketma-ket ikkinchi oy biroz qadrsizlandi. sentabr oxirida dollar milliy valyutaga nisbatan 90 so‘mga (+0,71%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta 3,1 foizga qadrsizlandi.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
2 oktabr 2024, 10:28

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. U meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, issiqxona xo‘jaliklari hamda agentlik manfaatlarini ko‘zlab sudga kiritilgan da’volar va shikoyatlar yuzasidan boj to‘lamaydi.

Parlament palatalari bir kunning o‘zida “Kreativ iqtisodiyot” to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
2 oktabr 2024, 09:49

Parlament palatalari bir kunning o‘zida “Kreativ iqtisodiyot” to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis deputatlari va senatorlari 1 kunning o‘zida “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi va ma’qulladi. Unda kreativ iqtisodiyot sohalari sifatida 15 ta yo‘nalish belgilangan, sohani rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi va kreativ industriya parklarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Samarqanddagi Arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi
2 oktabr 2024, 09:35

Samarqanddagi Arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oliygohning qurilishi tugallanmagan faollar zalidan kelib chiqqani aytilmoqda. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Uzbekistan Airways samolyoti Tel-Avivdan ikki soatga yaqin kechikish bilan yetib keldi
2 oktabr 2024, 09:06

Uzbekistan Airways samolyoti Tel-Avivdan ikki soatga yaqin kechikish bilan yetib keldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga uchishi rejalashtirilgan reysi Eronning Isroil hududini o‘qqa tutgani sabab kechiktirildi. Taxminan ikki soatlik kechikishdan so‘ng samolyot O‘zbekistonga yetib keldi.

Isroil Erondan raketa hujumiga uchradi, o‘zbekistonliklar ehtiyot bo‘lishga chaqirildi
2 oktabr 2024, 09:03

Isroil Erondan raketa hujumiga uchradi, o‘zbekistonliklar ehtiyot bo‘lishga chaqirildi

Seshanba kuni kechqurun Eron Isroilga 181 ta ballistik raketa uchirdi. 3 kishi yaralangani xabar qilingan. O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni raketa otishmalari vaqtida bomba boshpanalariga kirish va har doim o‘zlari bilan hujjatlarini olib yurishga chaqirdi.

Bishkekda Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ta’sis etildi
1 oktabr 2024, 17:34

Bishkekda Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ta’sis etildi

Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ofisi Bishkekda tashkil etildi. Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov loyihani “asr qurilishi” deb atadi.

Sentabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya: propan 15,7 foizga, go‘sht 2,8−3,1 foizga qimmatlashdi
1 oktabr 2024, 16:34

Sentabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya: propan 15,7 foizga, go‘sht 2,8−3,1 foizga qimmatlashdi

Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,23 foizni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,46 foiz bo‘ldi. Propan narxi yuqori sur’atlarda — 15,7 foizga (yil davomida — 52,1 foizga) o‘sishda davom etmoqda. Mol va qo‘y go‘shti yil boshidan buyon 11,3 — 11,9 foizga, dorilar esa qariyb 25 foizga qimmatlashdi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi
1 oktabr 2024, 13:47 2

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasini e’lon qildi.

Isroil Livanda harbiy operatsiya boshladi — OAV
1 oktabr 2024, 11:07

Isroil Livanda harbiy operatsiya boshladi — OAV

Bir qator ommaviy axborot vositalari Isroil Livan janubida harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Isroilning o‘zi esa bu “Hizbulloh” infratuzilmasiga qaratilgan cheklangan operatsiya ekanini ta’kidlamoqda. Reuters Livandagi qochqinlar lageriga zarba berilganini yozdi.

TDAU kuchli yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qildi, agentlik buni rad etdi
1 oktabr 2024, 09:48

TDAU kuchli yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qildi, agentlik buni rad etdi

Toshkent davlat agrar universiteti 30-sentabr kuni universitet hududida kelib chiqqan yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Agentlik buni rad etib, yong‘in asli qayerdan boshlangani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi.

Zarafshon daryosida elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlar qo‘lga olindi
30 sentabr 2024, 23:26

Zarafshon daryosida elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlar qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlab, tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar ushlandi. Ular jami 400 ga yaqin, jumladan, Qizil kitobga kiritilgan baliqni tutgan.

Komil Allamjonov xususiy sektorga qaytayotganini ma’lum qildi (video)
30 sentabr 2024, 23:25

Komil Allamjonov xususiy sektorga qaytayotganini ma’lum qildi (video)

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbarligidan ketgan Komil Allamjonov xususiy sektorga qaytishini ma’lum qildi. 2022-yilda u administratsiya rahbari o‘rinbosari bo‘lgach, kompaniyalarini boshqa egalariga o‘tkazishini aytgandi: “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”.

Agrar universitetidagi yong‘in o‘chirildi (+video, foto)
30 sentabr 2024, 22:47

Agrar universitetidagi yong‘in o‘chirildi (+video, foto)

Qibraydagi Toshkent davlat agrar universiteti binosida kelib chiqqan kuchli yong‘in 2 soatga yaqin muddatga to‘liq o‘chirildi. Uni o‘chirishga 15 dan ortiq ekipaj jalb qilindi. “Gazeta.uz” muxbirlari hodisa joyidan kadrlar oldi.

O‘zbekistonning erkin va farovon bo‘lishida ta’lim hal qiluvchi ahamiyatga ega — prezident
30 sentabr 2024, 22:31

O‘zbekistonning erkin va farovon bo‘lishida ta’lim hal qiluvchi ahamiyatga ega — prezident

O‘zbekistonni erkin va farovon mamlakatga aylantirishda ta’lim sohasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish har qiluvchi ahamiyat kasb etadi, dedi prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrigida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting