Farg‘onada 5,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
30 sentabr 2024, 09:48

Farg‘onada 5,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Marg‘ilonda noqonuniy faoliyat yurituvchi ohak ishlab chiqarish sexi gazdan yashirincha foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 5,6 mlrd so‘mlik zarar yetdi. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.

Bloger Nigina Meliqo‘ziyeva mashinadagi xavfli harakatlari uchun jarimaga tortildi
29 sentabr 2024, 17:21

Bloger Nigina Meliqo‘ziyeva mashinadagi xavfli harakatlari uchun jarimaga tortildi

Toshkentda bloger Nigina Meliqo‘ziyeva yo‘lda mashinasida “shashka o‘yini” qilgani uchun javobgarlikka tortildi. U bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazildi. Bloger bunday haydashini “azartda bo‘lgani” bilan izohladi, shuningdek, yurtdoshlari va obunachilaridan “uzr so‘radi”.

Tashkent City Mall o‘ziga xos taassurotlar muhitini yaratadi
29 sentabr 2024, 17:00

Tashkent City Mall o‘ziga xos taassurotlar muhitini yaratadi

Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazi tashrif buyuruvchilarga xaridlar, ko‘ngilochar va o‘zbek madaniyati elementlarini bir makonda birlashtirgan holda noyob taassurotlarni taqdim etadi.

Surxondaryoda temiryo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi ag‘darildi
29 sentabr 2024, 16:01

Surxondaryoda temiryo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi ag‘darildi

Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasidan qoidalarni buzgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan “Gazel” ag‘darildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan, yo‘lovchi poyezd yo‘nalishini kechikib davom ettirgan.

Dars vaqtida o‘quvchini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi, 188-maktab direktori ishdan bo‘shatildi
29 sentabr 2024, 15:02

Dars vaqtida o‘quvchini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi, 188-maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Toshkentdagi 188-maktab o‘quvchisini kaltaklagan Ozoda Ravshanova (7 sutka qamoq jazosini o‘tamoqda) ustidan navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish va haqorat qilishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi. Maktab direktori voqea bo‘lgan kunning ertasiga ishdan bo‘shatildi.

NKMK sof foydasi yilning birinchi yarmida 882 mln dollarga yetdi
29 sentabr 2024, 08:52

NKMK sof foydasi yilning birinchi yarmida 882 mln dollarga yetdi

Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga oshib, 882 mln dollarni tashkil qildi. Daromadi esa 3,35 mlrd dollarga yetdi. Oltinning o‘rtacha sotish narxi 14 foizga oshib, 2206 dollarni tashkil qildi.

O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab yiliga barqaror 7,5 foizga o‘sib boradi — energetika vaziri
29 sentabr 2024, 08:40

O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab yiliga barqaror 7,5 foizga o‘sib boradi — energetika vaziri

O‘zbekistonda 2030-yilgacha elektr energiyasiga bo‘lgan talab har yili 7,5 foizga oshadi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, qayta tiklanadigan energetika loyihalarini amalga oshirish bilan birga, GES qurish, IESlarni modernizatsiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda dastlabki saylovoldi debatlar bo‘lib o‘tdi. Partiya rahbarlari nimalar haqida gapirdi?
28 sentabr 2024, 18:07

O‘zbekistonda dastlabki saylovoldi debatlar bo‘lib o‘tdi. Partiya rahbarlari nimalar haqida gapirdi?

O‘zbekistonda parlament saylovlari oldidan dastlabki debatlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ilk bor partiya rahbarlari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, deputatlar esa o‘z raqiblarining tashabbuslarida kamchiliklarni topishga harakat qildi. Debatlar qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

“Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi
28 sentabr 2024, 17:40

“Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil kuchlari hujumi oqibatida vafot etdi. Xabarni harakatning o‘zi ham tasdiqladi. “Hizbulloh” o‘z bayonotida Isroilga qarshi kurashni davom ettirishi ma’lum qilgan.

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning qaysi kompaniyalari eng ko‘p imtiyozlar oldi?
28 sentabr 2024, 15:11

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning qaysi kompaniyalari eng ko‘p imtiyozlar oldi?

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 63,4 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi (yopiq hujjatlar bilan taqdim etilgan imtiyozlarni hisobga olinmagan). Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eng ko‘p imtiyoz olgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 O‘zbekiston tog‘larida sinovdan o‘tkazildi
28 sentabr 2024, 15:00

Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 O‘zbekiston tog‘larida sinovdan o‘tkazildi

21-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanida Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 yangi krossover modellarining test-drayvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Chery kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etildi.

“Gazprom neft” O‘zbekistonda AYOQSHlar tarmog‘ini qurish masalasini o‘rganmoqda
28 sentabr 2024, 14:29

“Gazprom neft” O‘zbekistonda AYOQSHlar tarmog‘ini qurish masalasini o‘rganmoqda

Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda, dedi kompaniya rahbari. Energetika vazirligi ushbu kompaniyani O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurilishiga jalb qilish rejalari haqida xabar berdi.

Toshkent viloyatidagi bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy ravishda olib kirishga urinish aniqlandi
28 sentabr 2024, 12:31

Toshkent viloyatidagi bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy ravishda olib kirishga urinish aniqlandi

Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma ilonini mamlakatga olib kirishga urinish fosh etildi. Uzunligi 3 metr bo‘lgan ilon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

Nyu-Yorkda “C5+1” formatidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
28 sentabr 2024, 10:52

Nyu-Yorkda “C5+1” formatidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

AQShda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi o‘rtasida “C5+1” formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi
28 sentabr 2024, 09:35

Toshkentda tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi

Sergeli tumanida erkak 10 yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan. Shu vaqtda u IIO xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ota 10 sutkaga qamaldi.

“Adolat”: ijtimoiy obyektlar faqat xalqniki bo‘lishi kerak
28 sentabr 2024, 09:00

“Adolat”: ijtimoiy obyektlar faqat xalqniki bo‘lishi kerak

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘zining yangi saylovoldi dasturida ijtimoiy obyektlarni sotish, xususiylashtirish va begonalashtirishni taqiqlash orqali ularning himoyasini kuchaytirishni taklif qilmoqda.

Futzal JCH: Chorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi
28 sentabr 2024, 00:01

Futzal JCH: Chorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatida 27-sentabr kuni nimchorak final bosqichi doirasidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi: Fransiya Tailandni 5:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Argentina Xorvatiya darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.

Prezident bir qator o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotladi
27 sentabr 2024, 21:58

Prezident bir qator o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan xodimlardan bir guruhini faxriy unvon, medal va ordenlar bilan mukofotladi.

Qashqadaryoda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida 4 kishi halok bo‘ldi
27 sentabr 2024, 21:29

Qashqadaryoda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida 4 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 4 nafari shifoxonaga yotqizildi.

Qirg‘izistonda O‘zbekiston sementi importiga taqiq bo‘yicha bahs yuz berdi
27 sentabr 2024, 20:37

Qirg‘izistonda O‘zbekiston sementi importiga taqiq bo‘yicha bahs yuz berdi

Qirg‘iziston parlamenti deputati mahalliy mahsulotlardan arzon bo‘lgan O‘zbekiston sementi importiga taqiqni olib tashlashni talab qildi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytdi va import mahalliy zavodlarni vayron qilishini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting