Oltita kinopremyera, Iosis Fest 2024, Cinema Love 2024 kinofestivali, gastronomik festival, o‘ndan ortiq ko‘rgazma, spektakllar, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, bolalar mashg‘ulotlari, chegirmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Senat tomonidan psixologik yordam ko‘rsatish talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilovchi va ushbu sohaga nisbatan boshqa bir qator talablar kirituvchi qonun ma’qullandi.
Sergeli tumanida BYD yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari boshlangan.
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi.
Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda “Toza hudud” chiqindi tashish xizmati tariflarni deklaratsiya qilmay, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olganini aniqladi. Tashkilotga moliyaviy jarima qo‘llandi va pulni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish topshirildi.
Ellikqal’a tumanidagi maktabda 1-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan kuch ishlatib majburan sinfdan olib ketildi. Vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan.
“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushirildi. U orqali mahallalar kesimida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va ularning sarflanishini kuzatish mumkin.
Zomindagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i MCHJ vakilidan 10 ming dollar talab qilib, shundan 4 mingini olganda ushlandi. U 100 ta yuk vagonini bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish va temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslikka ishontirgan. Stansiya boshlig‘i avval o‘g‘rilikda ayblanib, sudlangan.
Yakkabog‘ tumanida yashovchi 59 yoshli erkak mast holda rashk sabab xotiniga benzib sepib, uni yoqib yubordi. Ayol og‘ir darajadagi kuyish jarohatini oldi, uning hayoti saqlab qolindi. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Boysundagi M-25 gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lgan 4 nafar fuqaro yuzasidan hamdardlik bildirdi. U vafot etganlarning oilalari prezident nazoratida ekanini qayd etdi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirk va shapitolarda saqlanuvchi yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi.
Samarqanddagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘ida jami 2500 tupdan ortiq noyob va Qizil kitobga kiritilgan daraxtlar kesib ketilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatildi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining oltinchi kungi o‘yinlari yakuniga ko‘ra, Portugaliya, Marokash, Eron va Fransiya ham pley-off yo‘llanmasi masalasini o‘zi uchun ijobiy hal qilib bo‘ldi. Tojik futzalchilari mundialdagi ikkinchi o‘yinda ham alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Prezidentga 2030-yilgacha chang bo‘ronlariga qarshi kurashish dasturi, shuningdek, Toshkentda havo sifatini yaxshilash choralari taqdim etildi. MJTKga qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, daraxt kesish va quritish uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi moddani kiritish taklif etilmoqda.
Livanda peyjerlarning bir vaqtda portlatilishi Isroil razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan “murakkab va uzoq” operatsiya edi, deb yozdi NYT. “Hizbulloh” rahbari telefondan foydalanmaslikka chaqirganidan so‘ng Isroil guruh asosiy mijoziga aylangan peyjer ishlab chiqarish kompaniyasini yaratgan.
Prezident qishloq xo‘jaligidagi rejalarga oid taqdimotda urug‘ importida raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish kerakligini aytdi. “Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish”, — ta’kidladi u.
26−29-sentabr kunlari Toshkentda Destination: Tashkent kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturda tarixiy filmlar va Markaziy Osiyo rejissyorlarining zamonaviy asarlari namoyish etiladi.
O‘zbekistonda yangi soliq imtiyozlarini joriy etish tartibi o‘zgaradi. 2025-yildan boshlab ular joriy qilingan paytdan boshlab emas, balki keyingi yilning boshida kuchga kiradi. Eksportchilar va Hyatt International uchun foyda solig‘i imtiyozlari ham bekor qilinmoqda.
Bosh vazir Abulla Aripovga ko‘ra, O‘zbekiston 2017−2023-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga xalqaro moliya institutlaridan 2,5 mlrd dollar investitsiya va grant mablag‘larini jalb etgan. U, shuningdek, 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni 2 barobar ko‘paytirish rejalari haqida gapirdi.
O‘zbekiston va Germaniya malakali mutaxassislar kirishi va noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborishni osonlashtiradigan bitim imzoladi. Hujjat xorijliklarni uchinchi davlatga qaytarish uchun tranzit imkoniyatini ham nazarda tutadi. OAVlar afg‘onlarni Toshkent orqali deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting