30 avgust soat 06:00 dan Toshkent metropolitenining yangi yerusti xalqa yo‘lining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha harakat yo‘lga qo‘yildi. Qayd etilishicha, «Do‘stlik» bekatidan «Do‘stlik-2» bekatiga o‘tish bepul.
O‘zbekistonda 143 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2633 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 337 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 41 mingtadan oshdi.
Iyun oyida bo‘lib o‘tgan bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o‘zgartirishni so‘ragan so‘xlik bloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, uni boshiga qop kiygizgan holda vertolyotda olib ketishgan. Yaqinlari 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligidan bexabar. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlariga 80−90 odam olib borilgan.
An’anaga ko‘ra, Mustaqillik kuni arfasida prezident davlat xizmatchilari, shifokorlar, harbiy xizmatchilar, turli soha vakillarini, shuningdek chet elliklar va xorijdagi vatandoshlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonlarni imzoladi. Taqdirlanganlar orasida vazirlar va viloyat hokimlari, san’atkorlar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va boshqalar bor. To‘rt nafar feldsher va uch harbiy xizmatchi o‘limidan so‘ng mukofotlandi.
Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.
Sentyabrda ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. Ayrim hududlardagina qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev poytaxt atrofida aylanma yo‘lni bosib o‘tib, metroning «Bodomzor» stansiyasidan yangi «Turkiston» stansiyasiga poyezdda bordi. Yunusobod yo‘lini yakunlaydigan ikkita yangi bekat kuniga 7500 yo‘lovchiga xizmat qiladi.
BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zaid Al-Naxayyan 1972 yilgi Isroilga qarshi boykot haqidagi dekretni bekor qildi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Maxsus komissiya pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli mamlakat aholisini Mustaqillik bayramini uyda o‘tkazishga chaqirdi.
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan o‘tuvchi 4K-339 yo‘lida Damas haydovchisi asosiy yo‘ldan kelayotgan «Kamaz»ni o‘tkazib yubormagani sababli YTH sodir etilgan. Uning oqibatida Damas haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchisi vafot etdi, ikki nafar kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Zira.uz qish mavsumi uchun oldindan tayyorlab qo‘ysa bo‘ladigan yeguliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Marvel Studios kompaniyasining «Qora qoplon» filmi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Chadvik Bozman 43 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U to‘rt yildan beri saraton bilan kurashayotgan edi.
O‘zbekistonda 130 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 2701 kishini tashkil etib, ularning 301 nafari og‘ir ahvolda, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
31 avgust va sentyabr oyida amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi. Shuningdek, Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘istonga muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekistonda kun davomida 376 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 40,8 mingdan oshdi. Koronavirusdan sog‘ayish darajasi 93 foizga yetdi.
Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 28 avgustdan har hafta temir yo‘l reyslari tashkil etiladi. Poyezdlar Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaradan qatnovlarni amalga oshiradi.
Maktablarda ta’lim jarayoni bir vaqtning o‘zida ikki xil — an’anaviy va masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv yili esa 14 sentyabrdan boshlanadi. Prezident pandemiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev «Xalq so‘zi» gazetasiga taqdim etgan maqolasida prokuratura tizimida korrupsiyaga qarshi kurash, nazorat tadbirlarida aniqlangan talon-toroj holatlari va boshqalarga to‘xtaldi. Jumladan, qurilish sohasida — 78 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligida — 89,7 mlrd so‘m, oylik va nafaqalardan — 16 mlrd so‘m, tabiiy gazdan — 41 mlrd so‘m talon-toroj qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting