2020 yili Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jami 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Ular mamlakatga 172,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Eng ko‘p jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan.
Donald Tramp Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashgan kompaniyalar va shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shundan so‘ng Xitoy AQSHga qarshi javob sanksiyalarini qo‘llashi mumkinligi bilan ogohlantirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiqdagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlarining yoppasiga ish tashlagani va muassasaning yopilgani haqidagi xabarlar inkor etildi.
Jarqo‘rg‘onda sudyalarning obro‘sizlantirilishi va sud xodimlarining kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Guliston shahriga kirishdagi blok-postlardan birida IIB va Milliy gvardiya xodimlari sudyaga nisbatan kuch ishlatib, tan jarohati yetkazishgan. IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Vafot etgan ikki nafar IIV xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.
AQSH hukumati pandemiya sababli onlayn ta’limga o‘tgan chet ellik talabalar uchun vizalarni bekor qilish rejalaridan voz kechdi. Oldinroq, Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti, shuningdek 17 shtat va Kolumbiya okrugi rasmiylari Tramp ma’muriyatining ushbu qarori bo‘yicha sudga murojaat qilishgan edi.
2020 yili birinchi yarmida jismoniy shaxslar 2,2 mlrd AQSH dollariga teng chet el valyutasini sotgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 57 foizga oshgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar 2019 yilning mos davriga nisbatan 3 barobar ko‘proq chet el valyutasini sotib olishgan (2019 yili — $557 mln, 2020 yili — $1,7 mlrd).
Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat fondi qoshida venchur fond tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Dastlab uning hajmi 1 mln dollarni tashkil etadi. Har bir viloyatdagi eng yaxshi startap loyihalariga 50 mlndan 200 mln so‘mgacha miqdorda grantlar ajratiladi.
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. «Gazeta.uz» ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, u «Yuksalish» umummilliy harakati raisi lavozimini tark etadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining birinchi raisi va prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan Anvar Sharapov vafot etdi.
Samsung kompaniyasi 6G aloqa texnologiyasi 2028 yilda paydo bo‘lishi va 2030 yilga kelib ommalashishini taxmin qilmoqda. Yangi aloqa texnologiyasining maksimal tezligi — 1 000 Gigabit/s gacha chiqishi mumkin.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 66 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 68 nafarga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 208 nafarga ortib, jami 14293 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (75), Toshkent shahrida (71) va Andijon viloyatida (62) qayd etildi.
Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin hayotdan ko‘z yumdi. Kun davomida 4, umumiy 67 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi.
14 iyul kuni O‘zbekistonda qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 14 mingdan oshdi. Yangi holatlarning 191 tasi aholi orasida qayd etildi.
Prezident topshirig‘i bilan viloyatlarda dori vositalarining uch oylik zaxirasi yaratilishi lozim: “Dori vositalari qimmatlashsa, odamlarimizning noroziligiga olib keladi”. U hokimlarga ertalab va kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning savollariga javob berishni ham topshirdi.
O‘zbekistonda maktablarda kasbga o‘qitish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. 2020−2021 o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi.
O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingida 6 o‘ringa pastladi va 193 mamlakat orasida 87-o‘rinni egalladi.
AQSHda so‘nggi 17 yil ichida ilk bor federal darajadagi jinoyatda ayblangan mahkum qatl etildi. Uch kishilik oilani o‘ldirganlikda ayblangan 47 yoshli mahkumning tanasiga o‘lim in’eksiyasi yuborildi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida yana uch kishi qatl etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting