Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish hamda karantin qoidalarini zaruriyatga ko‘ra kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yoshlar ittifoqining ikki nafar xodimida koronavirus holati aniqlangani sababli markaziy kengash binosi karantinga yopildi. Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi raisining o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova o‘zida koronavirus alomatlari sezilganligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda rasman tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 121 taga ko‘payib, umumiy 13993 taga yetdi. Yangi holatlarning barchasi Toshkentda aniqlandi.
Chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi “O‘zbekona” darsligi ishlab chiqildi. Qo‘llanma audiolar va qo‘shimcha materiallar bilan boyitilgan bo‘lib, boshlang‘ich A1 darajani egallash imkonini beradi.
Toshkentda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan hamda hamroh kasalliklari bo‘lgan 61 yoshli bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 65 nafarga yetdi.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklab tashlanganini tasdiqladi. Daraxt kesilgan joyga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham tashrif buyurdi.
Iyun oyida O‘zbekistonga 621 mln dollar jo‘natildi, bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Olti oy ichidagi o‘tkazmalarining umumiy hajmi 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Amur gazni qayta ishlash zavodida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilar uch oydan beri oylik maoshi berilmaganligi sababli tartibsizliklar uyushtirishdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hodisani nazoratga olib, o‘zbekistonliklarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashini ma’lum qildi.
O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Afg‘onistonda joylashgan bo‘lib, markazda magnituda 5,1 ni tashkil etdi.
Koronavirusga test topshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Hududlar kesimida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlil oladigan markazlarning manzili va telefon raqamlari.
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 56 yoshli qashqadaryolik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 64 nafarga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 281 nafarga ortib, jami 13872 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Namangan va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 156 nafari aholi orasida.
«Shum bola» va «Suyunchi» filmlarida bosh rollarni ijro etgan aktyor Abdurayim Abduvaxobov 57 yoshida olamdan o‘tdi.
13 iyul kuni O‘zbekistonda 594 ta koronavirus holati qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 13591 taga yetdi. Yangi holatlarning 272 tasi karantin muassasalarida, 322 tasi esa aholi orasida aniqlandi.
Toshkentda qandli diabeti bo‘lgan 60 yoshli erkak koronavirus tufayli olamdan o‘tdi. Jami o‘lim ko‘rsatkichi 63 taga yetdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev karantin rejimi yana ikki haftaga uzaytirilishi hamda iyul oyida ehtiyojmandlarga 42,5 ming tengedan to‘lanishini ma’lum qildi.
Dunyodagi birinchi COVID-19 vaksinasi Rossiyada klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Sinovlarda vaksinaning inson uchun zararsiz ekani aniqlandi. Birinchi ko‘ngillilar guruhi 15 iyul kuni kasalxonadan chiqariladi.
Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayotganiga izoh berildi. Xususan, ayrim bandlar davlat manfaatlari va xavfsizligiga aloqador bo‘lgani uchun oshkor qilinmasligi aytildi.
Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting