Kanada hukumati O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 185 ming AQSH dollari ajratadi.
2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentga O‘zbekistonning istalgan hududidan, o‘zlari xohlagan oliygohga hujjat topshirish imkoniyati bu yili ham saqlab qolinadi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning «Kalyon» kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan Toshkent shahrining transport konsepsiyasi bilan tanishdi. Konsepsiyada ustuvorlik piyodalar, velosipedlar va jamoat transporti harakatiga berilgan.
Koronavirus bemorlari soni 26 nafarga ortib, jami 3965 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 12 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolganlari Samarqand, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona aholisining hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Superligasi uch oylik tanaffusdan so‘ng 13 iyundan davom ettiriladigan bo‘ldi. Stadionlarda futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi choralar ko‘rishmoqda.
«Chiroyli» raqamlar 6 ta toifaga ajratildi va ayrimlarining boshlang‘ich narxlari o‘zgardi.
“Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lining 227 kilometrida harakat davomida tormoz tizimi ishlamay qolgani sababli “Sams” rusumli yuk avtomashinasi ikki “Isuzu” yuk avtomashinasiga urilib, ag‘darilgan. YTH oqibatida barcha yuk avtomashinalarining haydovchilari vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
1 iyuldan xorijiy aviakompaniyalar o‘z yo‘lovchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DXXning chegara qo‘shinlariga majburiy ravishda taqdim etadi. Ma’lumotlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standart formatida berilishi belgilangan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 35 nafarga ortib, jami 3909 kishiga yetdi. Yangi holatlarning barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Bunda, 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar va 8 nafari esa aholi orasida qayd etilgan.
Shvetsiya bosh epidemiologi mamlakatda koronavirus epidemiyasining boshidanoq qat’iy karantin cheklovlarini o‘rnatilmaganidan afsuslanishini aytdi. Hozirda, mamlakatda koronavirusdan o‘lim darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan bo‘lib qolmoqda, kasallanganlarning 11,6 foizi vafot etgan.
“Yashil” hududlardagi diniy tashkilotlar (masjidlar, cherkovlar) faoliyati 8 iyundan boshlanadi. Bunda himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan, shuningdek, tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5−2 metr bo‘lgan holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi. Lekin, hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.
Jorj Floyd o‘limiga aloqador barcha to‘rtta politsiya xodimiga ayblovlar e’lon qilindi. Floydni tizzasi bilan bo‘g‘ib turgan politsiya xodimiga 40 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Abituriyentlar OTMlarga topshirishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Oldingi yillarda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun to‘lov bu yil 111,5 ming so‘m miqdorda bo‘lishi belgilandi.
2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentlar ikkita fandan test sinovlari topshiradi. Test sinovlari karantin cheklovlari tugagandan so‘ng iyul-avgust oylarida (taxminan 27 iyuldan 15 avgustgacha) o‘tkaziladi. Ijodiy imtihon topshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlar faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishida, qolgan holatlarda 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Abituriyentlar respublika OTMlariga 15 iyundan 15 iyulgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, DTM sayti va Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.
40 nafardan ortiq Fanlar Akademiyasining yosh olimlari ko‘p qavatli uylar uchun birinchi to‘lovni 2019 yil noyabrda to‘lab berishgan. Sergeli tumanidan ajratilishi kerak bo‘lgan uylar yuzasidan, Senat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yubordi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xorijlik sayyohlarni qabul qilishni Turkiya bilan bir vaqtda boshlashini ma’lum qildi. «Qayerda bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz. Biz darrov samolyotlarimizni uchiramiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
So‘x tumanidagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Co‘xlik yoshlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi, ular oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarni o‘z ona tillari — tojik tilida topshirishlari mumkin bo‘ladi.
14 kunlik karantindan keyin “O‘rikzor” savdo majmuasi qayta ochildi. Qurilish materiallari bozori “Stroygorod” majmuasi bundan mustasno.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting