Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda 17 mingdan ziyod karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq.
Toshkentda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari doirasida 11 soat ichida 168 nafar haydovchi maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargani aniqlandi. Ular jarimaga tortildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga olindi.
Qo‘qonda 2 kishida koronavirus aniqlangani va ular karantinga olingani haqida yolg‘on xabar tarqatgan shahar kengashi deputatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Milliarder Alisher Usmonov «O‘zbekiston Mehr-shafkat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘z hisobidan 20 million dollar beg‘araz yordam ajratdi. Ushbu mablag‘ Zangiota tumanida qurilayotgan 10 ming o‘rinli tibbiy muassasani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun sarflanadi.
MTV 1 apreldan «Bolajon» kanalida bog‘cha bolalari uchun ingliz tili, arifmetika, ertalabki badantarbiya va logopedik mashg‘ulotlardan iborat ta’limiy teleloyihani ishga tushirdi.
To‘rtko‘l tumanida to‘y marosimida qatnashib, Qozog‘istonga qaytgan ayolda koronavirus aniqlanganligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonlik mehmonlar 18 mart kuni to‘y marosimida qatnashishgan. To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida ushbu shaxslar bilan ko‘rishgan fuqarolar aniqlanib, karantinga olingan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda. Toshkentdagi Virusologiya instituti klinikasida 92 nafar bemor davolanmoqda, ularning 21 tasida pnevmoniyaning klinik alomatlari bor.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 5 taga ortib, jami 172 taga yetdi.
Toshkentda yashovchi fuqaro qizining to‘yi munosabati bilan «Kuyov navkar» marosimini o‘tkazgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Farg‘onalik bemorning ahvoli esa og‘irligicha qolmoqda.
Bir necha kompaniya «premium-klass» mashinalarda (Mercedes-Benz, BMW, Lexus va boshqalar) yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun harakatlanishiga ruxsatnoma olish maqsadida murojaat qildi. Davlat xizmatlari agentligi rahbari bunday tadbirkorlarni «vijdonsiz va uchar» deb atadi.
Yaxshi va to‘laqonli uyqu orqali muvaffaqiyatga erishish hamda qayg‘u tuyg‘usining qisqacha tarixi — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.
O‘zbekistonda COVID-19 holatlari soni 9 taga oshib, 167 taga yetdi.
Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 15 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Eng ko‘p qoidabuzarlik Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida qayd etildi.
23 martdan boshlab fuqarolar jamoat joylari va ko‘chalarda himoya niqoblarida bo‘lishlari belgilangan. «Gazeta.uz» himoya niqoblaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarini sizga havola etadi.
Eron va Latviyadan qaytib, «Kosonsoy» sanatoriyasida 14 kunlik karantin kuzatuviga olingan yo‘lovchilarga ruxsat berildi. Ular maxsus poyezdda o‘z manzillariga yetkazib qo‘yiladi.
GM, Ford, Tesla va bir qator yirik AQSH kompaniyalari COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun sun’iy nafas uskunalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Xitoydan 200 mingta test-sistemasi va 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezoni sotib olinib, harbiy samolyotda O‘zbekistonga olib kelindi. 31 mart va 3 aprel kunlari qo‘shimcha himoya vositalari olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Tibbiyot xodimlari uchun qizil zonaga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilish ham kutilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi viloyatlarda davolanayotgan COVID-19 bemorlarining qaysi hududlardan ekanini ma’lum qildi.
Andijonda karantin vaqtida transport boshqarish huquqini beruvchi ruxsatnomani qalbakilashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting