Para yengil atletikachi Xusniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida turnir rekordini o‘rnatib, Paralimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u uchta Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.
AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Zalda tomoshabinlar bo‘lmaydi, raqiblarning mikrofonlari esa navbat bilan yoqiladi.
Surxondaryoning Boysunidagi gaz konida vodorod sulfid sizib chiqishda davom etmoqda. Aholining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yaqin atrofdagi hududlar gaz hidi bilan qoplangan, shu bois ko‘pchilik vaqtincha boshqa shaharlarga ketgan, evakuatsiya qilingan aholi esa maktab va boshqa muassasalarda bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonlik dzyudochi Sherzod Namozov -60 kg vazn toifasida Paralimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi. U 2016-yilgi o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lgandi.
Mirobod sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi sobiq rahbari Husniddin Karimovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatlar jurnalistlar “xorijliklar agenti” bo‘lishi mumkinligini aytib, ularning sud ishiga aralashuviga qarshi chiqdi.
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi uchinchi bosqichining birinchi o‘yinida KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi, darvozabon O‘tkir Yusupov esa penalti qaytardi (video, foto, statistika).
Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston 5,2 mlrd kub metr — o‘tgan yil olti oyiga nisbatan qariyb 2,3 barobar ko‘p gaz import qildi. Gaz 1000 kub metri uchun 160 dollardan olib kelinmoqda. Soliq qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilvosita soliqlar (aksiz, QQS) ulushining kamayishini gaz bilan bog‘ladi.
Raqobat qo‘mitasi 7 nafar sobiq talabaning pullari qaytarilmagani yuzasidan Central Asian University’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. CAU talabalar universitetga murojaat qilmagani, hozirda mablag‘ni qaytarib berish boshlanganini aytdi.
Prezident “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. U yuqori daromadli tadbirkorlik yo‘nalishlarini tashkil etgan va iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shgan “tadbirkorlik subyektlarining ilg‘or va tashabbuskor rahbarlari va ta’sischilari”ga beriladi.
Parlament saylovlaridan ikki oy o‘tib, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sobiq yevrokomissar va Fransiya Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Mishel Barneni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi. 73 yoshli siyosatchi Fransiya tarixidagi eng keksa bosh vazirga aylandi.
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi mahalliy hokimiyat organlarining boshqa tadbirlar o‘tkazish, tanlangan vaqt va joyda ta’mirlash ishlarini olib borish kabi sabablar bilan tinch yig‘ilishlarni o‘tkazishdan bosh tortishi qanchalik qonuniy ekanini ko‘rib chiqadi.
Futbol bo‘yicha JCH saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va KXDR uchrashuvi sabab soat 23:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.
Toshkent viloyatining Sirdaryo, Namangan bilan chegara hududlarida o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Bu viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.
Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov 74 yoshida vafot edi.
O‘zbekistonda samarasiz foydalanilayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari xususiy sektorga DXSH asosida berilishi mumkin. Qolaversa, “sotib olish yoki to‘lab berish” shartnomalarida davlat majburiyatlarining yuqori chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi Parlament saylovi byulletenlarining shakli va tavsifini tasdiqladi. Bunday byulletenlar ixchamligi sabab chop etish xarajatlarini 3 mlrd so‘mgacha kamaytiradi, natijalarni aniqlash uchun sarflanadigan vaqt sarfi ham qisqaradi.
Ishtixon tumanida yuqori tezlikdagi Lacetti qarama-qarshi yo‘ldagi mototsikl bilan to‘qnashdi. Oqibatda mototsikl haydovchisi va 13 yoshli farzandi voqea joyida halok bo‘ldi, mashina haydovchisi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Tug‘ilganidan beri davolanayotgan 7 oylik qiz O‘zbekiston bolalar ombudsmani ko‘magida Sankt-Peterburgdan shifokor hamrohligida olib kelindi. Uning ota-onasi aprel oyida yashash muddati tugagani sababli uyga qaytishgan. Xarajatlarni qoplashga o‘zbek diasporasi va tadbirkorlardan biri yordam berdi.
2023-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarning 70 foizi ichki bozorda sotildi. Prezident qo‘shni bozorlarda butlovchi qismlarni ortiqcha to‘lovsiz yetkazib berish uchun yirik uzelli yig‘uv korxonasini yo‘lga qo‘yish, elektrotexnika mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘nlab bolalarni bir mashinaga o‘tqazib harakatlanish bo‘yicha navbatdagi holat Andijon tumanida qayd etildi: Damas haydovchisi 32 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotganda to‘xtatildi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 187,5 ming so‘m jarima qo‘llandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting