Sobiq vazir va hokim Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi
15 avgust 2024, 16:54

Sobiq vazir va hokim Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari va Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi vazifalarida ishlagan Muzaffar Saliyev 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarida aybli deb topilgan.

Zo‘ravonlikka uchragan shaxs bilan ishlashadi, lekin zo‘ravon bilan hech kim ishlamaydi — Tanzila Narbayeva
15 avgust 2024, 16:44

Zo‘ravonlikka uchragan shaxs bilan ishlashadi, lekin zo‘ravon bilan hech kim ishlamaydi — Tanzila Narbayeva

Zo‘ravonlikka uchragan bolalar bo‘yicha muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin zo‘ravonlik qilgan shaxslar bilan ishlashda muammo bor, deya fikrlarini bildirdi Tanzila Narbayeva bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashda. “Ish faqatgina bir tomonlama bo‘lishi kerak emas”, — deydi Senat raisi.

Piyodalar yerusti yo‘lida lift va eskalatorlar o‘rnatishni moliyalashtirish masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi — Toshkent hokimligi
15 avgust 2024, 15:44

Piyodalar yerusti yo‘lida lift va eskalatorlar o‘rnatishni moliyalashtirish masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi — Toshkent hokimligi

Senatda poytaxtdagi uchta piyodalar yerusti yo‘liga 10 ta lift va 6 ta eskalator o‘rnatish muhokama qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari buni moliyalashtirish kengash tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich ko‘rilishini aytdi. “Gazeta.uz” piyodalar o‘tish joylari bilan nima noto‘g‘riligini tushuntiradi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi
15 avgust 2024, 14:36

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni kengaytirish, strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirishni ko‘rib chiqdi. Kremlga ko‘ra, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari Rossiyaning BRIKSga amaldagi raisligini hisobga olgan holda muhokama qilindi”.

Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
15 avgust 2024, 14:25

Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda.

Senatorlar Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi
15 avgust 2024, 13:23

Senatorlar Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi

Senat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ijtimoiy soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Surxondaryoda yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi
15 avgust 2024, 13:22

Surxondaryoda yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.

Senat Tadbirkorlik kodeksini ma’qulladi
15 avgust 2024, 13:14

Senat Tadbirkorlik kodeksini ma’qulladi

Senatorlar 100 dan ortiq hujjatni, jumladan, 9 ta qonunni o‘zida jamlagan Tadbirkorlik kodeksini ma’qulladi. U tadbirkorlikni uchta toifaga bo‘ladi, davlat tomonidan tartibga solishning chegara va shakllarini, yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullana olmaydigan faoliyat turlarini va boshqalarni belgilaydi.

Qashqadaryodagi sayilda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit 2,5 yilga qamaldi
15 avgust 2024, 12:45

Qashqadaryodagi sayilda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit 2,5 yilga qamaldi

Mart oyida Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi sayilda gaz balloni portlab, 1 kishi vafot etgan, 14 kishi esa jarohat olgandi. Sud bu ishda ballon egasi, sayilga baliq sotish uchun borgan 22 yoshli yigitni aybdor deb topdi. Unga nisbatan 2,5 yil qamoq va 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.

YUNISEF Markaziy Osiyoda barcha yirik internatlarni yopishga qaratilgan 7 ta tavsiyani e’lon qildi
15 avgust 2024, 11:35

YUNISEF Markaziy Osiyoda barcha yirik internatlarni yopishga qaratilgan 7 ta tavsiyani e’lon qildi

Markaziy Osiyoning beshta davlatida 0−17 yoshdagi 60 mingga yaqin bola, buning salbiy ta’siriga qaramay, internat muassasalarida qolmoqda. YUNISEF 2030-yilga qadar barcha yirik internat turidagi muassasalarni yopishga qaratilgan yettita tavsiyani e’lon qildi.

Qovun va tarvuz tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
15 avgust 2024, 11:11

Qovun va tarvuz tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Qovun va tarvuzlar yetarli darajada pishmagan yoki yetishtirilishida kimyoviy o‘g‘itlardan ko‘p foydalanilgan bo‘lsa, bu salomatlikka jiddiy xavf tug‘diradi, deydi SSV. Vazirlik bu mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash va ulardan zaharlanmaslik uchun nima qilish lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Chilonzorda 3 ta mashina va skuter ishtirokida YTH bo‘ldi
15 avgust 2024, 09:55

Chilonzorda 3 ta mashina va skuter ishtirokida YTH bo‘ldi

Toshkent shahrida Monza, Cobalt, Spark va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jarohat olmadi. Avtomobillar texnik shikastlandi.

AQSh Adliya vazirligi monopol mavqei tufayli Google’ni bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda
15 avgust 2024, 03:49

AQSh Adliya vazirligi monopol mavqei tufayli Google’ni bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Adliya vazirligi Google’ni majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda Android operatsion tizimi va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq sud kompaniyani qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgandi.

Tailand sudi bosh vazirni axloq kodeksini buzgani uchun lavozimidan chetlatdi
15 avgust 2024, 03:34

Tailand sudi bosh vazirni axloq kodeksini buzgani uchun lavozimidan chetlatdi

Tailand konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settha Thavisinni axloq qoidalarini buzgani sababli lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi. U o‘z idorasiga o‘tmishda korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan advokatni tayinlagan.

Toshkentda podstansiyadagi nosozlik sabab 3 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qoldi
15 avgust 2024, 00:18

Toshkentda podstansiyadagi nosozlik sabab 3 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qoldi

Toshkentdagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Hudud aholisi 4−5 soatdan buyon chiroq yonmayotganidan shikoyat qilmoqda. Energetika vazirligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.

Namanganda fuqaro uni to‘xtatishga kelgan ikki IIB xodimini pichoqladi
14 avgust 2024, 21:29

Namanganda fuqaro uni to‘xtatishga kelgan ikki IIB xodimini pichoqladi

Namanganda aholi tinchligini buzib, bezorilik qilayotgan fuqaro holatning oldini olishga kelgan ikki nafar IIB xodimini pichoq va yog‘och bilan jarohatladi. U qo‘lga olindi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
14 avgust 2024, 21:04

Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi

Asakadagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilingani, ish jarayonida o‘qituvchilardan biri jarohatlangani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar dars soatlari qisqarib ketishidan qo‘rqib, majburiy mehnatga rozi bo‘lgan. Maktab direktori 35 mln so‘m jarimaga tortildi.

Kambag‘allik darajasini 3 yil ichida 7 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Chora-tadbirlar rejasi
14 avgust 2024, 20:10

Kambag‘allik darajasini 3 yil ichida 7 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Chora-tadbirlar rejasi

Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Shuningdek, bu hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylanadi. Ehtiyojmandlarni ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi mutasaddilar ishini tanqid qildi
14 avgust 2024, 18:06

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi mutasaddilar ishini tanqid qildi

Buxoro viloyatida 160 ta davlat muassasasida 5 ming nafar rahbar xodim ishlaydi, ularning ish haqi uchun har yili budjetdan 455 mlrd so‘m (har bir xodimga o‘rtacha 7,58 mln so‘m) ajratiladi, dedi prezidenti. Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimiga ular uchun KPI belgilashni topshirdi.

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
14 avgust 2024, 18:00

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab sumkalarini tanlashda nimalarga e’tiborli bo‘lish va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. “Noto‘g‘ri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar umurtqa pog‘onasi va mushaklar uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi, bu skolioz rivojlanishi xavfini oshiradi”.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting