Toshkentda operatsiya qilinayotgan bemor shifokorni kaltaklab, uning hushidan ketishiga sabab bo‘ldi. Unga yordamga kelgan boshqa shifokor ham bemorning do‘stlari tomonidan kaltaklandi va reanimatsiyaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.
O‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiadadagi ikkinchi o‘yinni ham boy berib, guruhda qolib ketdi. Misrliklarning 11-daqiqada urgan goli evaziga hisob 0:1 bilan tugadi. Terma jamoa 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘yinga tushadi.
O‘zbekistonda 25-iyulda soat 15:47 da energotizimida iste’mol quvvati 11 822 MVtni tashkil qilib, rekord o‘rnatdi. Bu avvalgi rekorddan 343 MVt ko‘p. 26-iyul kun esa elektr energiyasi iste’moli avvalgi rekordni 0,9 mln kVt/soatga yangilab, 253,3 mln kVt/soatni tashkil etdi.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar tumanlararo sudi hukumat va poytaxt hokimligining Do‘stlik (Bobur) bog‘ini investorga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi aholining da’vosini qanoatlantirmadi. Sud da’vogarlardan davlat foydasiga 476 ming so‘m davlat boji undirilishini belgiladi.
Qamchiq dovonida CAMC rusumli yuk avtomobili o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Isuzu hamda Howo yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Mercedes-Benz Sprinter avtomobiliga borib urilgan. Hodisa oqibatida 2 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni Toshkentda 334 mln so‘m, Chinozda 42 ming dollar, Samarqand viloyatida esa 19 ming dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 kishi, jumladan, 3 nafar bolaning jasadi tan jarohatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda davlat OTMlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari kerak. Mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
O‘zbekiston OTMlariga 2024-yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning 46,9 foizi, ya’ni 345 ming 869 nafari o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi.
Yunusabad Residence TJMdan xonadon xarid qilganda, Bosch brendining oshxona jihozlari sovg‘a tariqasida beriladi.
O‘zbekistonda 1-yanvardan operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar o‘rnatilgan bo‘lishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi talab etiladi.
Shanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonliklar 4 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi. Dzyudochilar Doston Ruziyev va Xalimajon Qurbonova, velosportchi Olga Zabelinskaya, bokschi Nigina O‘ktamova ilk ishtirokini boshlaydi. O‘zbekistonlik futbolchilar esa Misrga qarshi o‘ynaydi.
UzAuto Motors zavodida so‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi. U 2013-yilda yangilangan versiya (Gentra) taqdim etilgandan beri zavoddan chiqqan 487104-shunday mashinaga aylandi. Birinchi model 2008-yilda yig‘ila boshlagandi.
Raqobat qo‘mitasi Kosonsoy tumani obodonlashtirish boshqarmasining jami boshlang‘ich narxi 2,3 mlrd so‘mlik 28 ta tender savdosida qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Xarid komissiyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi, javobgar mansabdor jazolandi.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida VAZ-2106 ning 74 yoshli haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga qayrilayotganda Cobalt`ga yo‘l bermagani uchun ikki avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi 3 yoshli qiz kaltaklandi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, deb yozdi bolalar ombudsmani.
Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi.
Katta Farg‘ona kanalining Marhamat tumanidan o‘tgan qismida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida oqib ketgan 17 yoshli bola halok bo‘ldi. Prokuratura tekshiruv ishlarini boshladi.
O‘zbekistonda joriy yilning ikkinchi choragida nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 foizga, real ish haqi (inflyatsiyani hisobga olgan holda) esa atigi 0,2 foizga oshdi. Deyarli barcha tarmoqlarda o‘sish sur’atlari sekinlashdi, qurilishda pasayish kuzatildi.
Parij Olimpiadasi ochilishi kuni Fransiya temiryo‘l tarmog‘ida sabotaj uyushtirildi. Vandallar bir necha muhim yo‘nalishlardagi signal qutilariga o‘t qo‘ydi, bu esa tezyurar poyezdlarning harakatiga jiddiy ziyon keltirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting