Davaktiv Toshkentdagi International mehmonxonasini xususiylashtirish boshlanganini e’lon qildi. Mehmonxona “ochiq muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish” usulida sotilishi rejalashtirilmoqda. Prezident qarorida esa davlat ulushi xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangandi.
2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda.
Isroilning Rafahdagi chodirlar lageriga havo hujumi oqibatda kamida 45 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Hujum BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralandi. Netanyaxu zarbani “fojiali baxtsiz hodisa” deb atadi, lekin maqsadlarga erishilmaguncha urushni tugatish niyatida emasligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2023-yilda davlat tashkilotlari jami 6,6 mlrd so‘mlik 3400 dan ortiq smartfon sotib oldi. Ular orasida eng so‘nggi rusumdagi iPhone 15 Pro Max smartfonlari ham bor. budjet tashkilotlarining bu xaridlari bosh vazirning 2023-yil 5-yanvardagi topshirig‘iga zid ravishda ro‘y bergan.
Toshkentda prezidentlar raisligida O‘zbekiston va RF hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev “hududlar o‘rtasidagi hamkorlik salohiyati va imkoniyatlarining yarmidan ham foydalanilmayotganini” qayd etib, hududlararo hamkorlikning oltita ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi.
Samarqandda o‘tgan asr 80 yillarida qurilgan markaziy suv quvuri teshilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Nosozlik tufayli 20 ta ko‘cha va ularga tutash mahallalar ichimlik suvisiz qoldi. Video.
Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. “Rosatom” uchun bu shu turdagi stansiya qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. “Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Prezident budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga doir farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan kredit faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi. Baholari “3” dan past bo‘lgan yuqori kurs talabalariga kredit miqdori kamaytiriladi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari mehnat migratsiyasi masalasini muhokama qildi. “Vladimir Vladimirovich ushbu nozik masala bo‘yicha takliflarimni qo‘llab-quvvatlaganidan juda mamnunman. O‘ylaymanki, biz hali bu masalada har ikki tomondan zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident kichik AES qurish loyihasini “hayotiy ahamiyatga ega” deb atadi. “Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, — dedi u.
O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida 27 ta hujjat, jumladan, kichik atom stansiyalari qurish, Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Toshkent viloyatida ichida 22 yoshli haydovchi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan Gentra qisqa tutashuv sabab to‘liq yonib ketdi. Voqea joyida bo‘lganlar avtomobildan tushib qolgan, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida mamlakatlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazish, gaz tashish tizimini modernizatsiyalash, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish va boshqalar bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “muhim kelishuv” imzolashini ma’lum qildi.
EastFruit portali tahlilchilari sabzavot va mevalar eksportiga minimal narxlar joriy etilishi O‘zbekiston eksportiga zarar yetkazadi, deb hisoblamoqda. SSP rahbari buni tadbirkorlar eksport narxlarini pasaytirish orqali daromadlarini yashirishga urinayotgani bilan izohlagandi.
O‘zbekiston va Rossiya nafaqat yuqori quvvatli AESni, balki kam quvvatli AESlarni (har biri 55 MVt quvvatga ega 6 tagacha energiya bloki) qurishda ham hamkorlik qilishi mumkin. Rossiya hukumati “Rosatom”ga 2018-yildagi hukumatlararo kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha protokol imzolashni topshirdi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildi. Mirziyoyev Putinga ilk tashriflaridan birida O‘zbekistonni tanlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Toshkentda o‘tadigan hududlararo birinchi forumda Rossiyaning 28 ta hududi rahbarlari qatnashadi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvida O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallari ochilishi ma’lum bo‘ldi. Yetakchilar, shunindek, atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlik haqida gaplashdi.
Papua-Yangi Gvineya shimolidagi ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda mamlakat rasmiylari. Hududdagi og‘ir sharoit va telekommunikatsiyalar yetishmovchiligi sababli ofat ko‘lamini aniqlash qiyin kechmoqda.
1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting