Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining 4 ta ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi
3 may 2024, 13:02

Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining 4 ta ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi doirasida kapital bozorini rivojlantirish, mas’uliyatli biznes yuritish, muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish va investorlar bilan ishlashni raqamlashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi.

Toshkentda Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi
3 may 2024, 12:27

Toshkentda Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda mamlakat elchixonasining yangi binosi ochildi.

“Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga qamaldi
3 may 2024, 12:18

“Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga qamaldi

Toshkentda “Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan, dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida hibsga olingan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklarga to‘sqinlik qilinayotganini rad etdi
3 may 2024, 12:17

Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklarga to‘sqinlik qilinayotganini rad etdi

Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi.

OPEK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 mln dollar ajratdi
3 may 2024, 11:52

OPEK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 mln dollar ajratdi

OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish uchun 20 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘lar bog‘chalarni qurish, modernizatsiya qilish va o‘rinlar sonini oshirish imkonini beradi.

Energetika vaziri — O‘zbekistonning gaz transport tizimini modernizatsiya qilish zarurati haqida
3 may 2024, 11:09

Energetika vaziri — O‘zbekistonning gaz transport tizimini modernizatsiya qilish zarurati haqida

Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta. uz”ga mamlakatning magistral gaz tizimini modernizatsiya qilishga bo‘lgan zarurat yuzasidan izoh berdi. Avvalroq Rossiyadan gaz importini oshirish uchun modernizatsiya ishlariga 500 mln dollar sarflash reja qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Jibuti bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
3 may 2024, 10:57

O‘zbekiston Jibuti bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Sharqiy Afrikada joylashgan Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi.

Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi
3 may 2024, 10:30

Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi

1-maydan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilindi.

148-o‘rin: O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘ona pastladi
3 may 2024, 10:30

148-o‘rin: O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘ona pastladi

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 2023-yilgi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlab, 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “murakkab”dan “juda jiddiy” bosqichga o‘tdi.

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi
3 may 2024, 10:04 13

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.

Toshkent viloyatida erkak 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
3 may 2024, 09:33

Toshkent viloyatida erkak 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

“Chirchiq shag‘al saralash” korxonasi direktori Yuqori Chirchiq tumanidagi g‘alla va chorvachilik uchun ajratilgan 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U 40 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganida qo‘lga tushdi.

“Hali hech narsa aniq emas”. “O‘zatom” direktori — AES qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar haqida
2 may 2024, 21:47

“Hali hech narsa aniq emas”. “O‘zatom” direktori — AES qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar haqida

“O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar haqida gapirib, hali hech narsa aniq emasligini ta’kidladi. “Faqat gaplashyapmiz, umumiy gaplar bo‘lyapti. Qaysi yo‘nalishda qanday imkoniyatlar borligini ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi u.

AQSh va Saudiya Arabistoni mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi — Bloomberg
2 may 2024, 21:28

AQSh va Saudiya Arabistoni mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi — Bloomberg

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi, deb yozmoqda Bloomberg nashri. Bitim Ar-Riyodga Amerikaning ilg‘or qurollaridan foydalanish imkonini beradi va Isroilga G‘azo urushini tugatish uchun rag‘batlar taqdim etadi.

YTTB Xorazm viloyatidagi yo‘lni modernizatsiya qilish uchun 238 mln dollar kredit ajratdi
2 may 2024, 20:53

YTTB Xorazm viloyatidagi yo‘lni modernizatsiya qilish uchun 238 mln dollar kredit ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380 avtomobil yo‘li"ni rekonstruksiya qilish va Amudaryo ustidan ko‘prik qurish uchun 238 million dollargacha kredit ajratdi. Rekonstruksiyadan so‘ng bir qatorli yo‘l ikki qatorli avtomobil yo‘liga aylanadi.

Qirg‘izistonda haydovchisiz mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi
2 may 2024, 19:32

Qirg‘izistonda haydovchisiz mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi

Qirg‘izistondagi tog‘li qishloqda o‘tkazilgan tanlov payti muzqaymoq ortilgan mini yuk mashinasi bir guruh maktab o‘quvchilarini urib yubordi. 29 nafar bola jarohatlandi, yetti nafari — reanimatsiyada. Ma’lumotlarga ko‘ra, furgon haydovchisiz harakatlangan va tormoz tizimi ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.

YTTB “Asakabank”ni xususiylashtirishga tayyorlashda ko‘maklashadi
2 may 2024, 17:25

YTTB “Asakabank"ni xususiylashtirishga tayyorlashda ko‘maklashadi

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasida Toshkent investitsiya forumida imzolangan kelishuvga ko‘ra, tomonlar “Asakabank"ni xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida institutsional transformatsiyalar va korporativ boshqaruv tizimini isloh qilish bo‘yicha ish olib boradi.

O‘zbekiston investorlarni xalqaro loyihalarga qo‘shilishga chaqirmoqda
2 may 2024, 17:14

O‘zbekiston investorlarni xalqaro loyihalarga qo‘shilishga chaqirmoqda

O‘zbekiston prezidenti xorijiy investorlarni qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda gidroelektr stansiyalari, shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temiryo‘llarini hamkorlikda qurish loyihalariga qo‘shilishga chaqirdi.

“Qambarota GES-1 O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” — Abdulla Aripov
2 may 2024, 17:02

“Qambarota GES-1 O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” — Abdulla Aripov

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda qurilishi kutilayotgan Qambarota GES-1 loyihasini “O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” deb atadi. U xalqaro moliya institutlarini ushbu loyihada ishtirok etishga chaqirdi.

“Toshkent Qur’oni” restavratsiya qilinadi
2 may 2024, 15:55

“Toshkent Qur’oni” restavratsiya qilinadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi ko‘magida “Toshkent Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Usmon mus’hafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyihada xorijlik mutaxassislar va restavratorlar ishtirok etadi.

“Final uchun rejamiz bor”. Timur Kapadze — Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida
2 may 2024, 15:27

“Final uchun rejamiz bor”. Timur Kapadze — Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi final haqida gapirib, jamoalarni “bir-biriga munosib raqib” deb atadi. Uning aytishicha, o‘yin uchun tayyorlangan reja bor. Kapadze, shuningdek, 3 legionerning o‘yinda qatnashmasligiga ham to‘xtaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting