Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pulli avtomobil yo‘lining qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil etadi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini iyun oxirigacha tugatish reja qilinmoqda. U, shuningdek, trans-afg‘on temiryo‘li va boshqa loyihalar haqida ham gapirdi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning 2−3 balli ta’siri qo‘shni tumanlar, shuningdek, Qashqadaryoda sezildi.
Urgut tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 27 yoshli yigit o‘quvchi qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 3 sutkaga qamaldi. Sudda yigit hech kimga shilqimlik qilmagani, faqat o‘quvchisiga tanbeh berganini aytib ko‘rsatuv berdi.
Jo Bayden ma’muriyati AQShda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni Isroilga yetkazib berishni to‘xtatdi, deb yozmoqda Axios. Bu bir martalik kechikishmi yoki yetkazib berishning vaqtinchalik to‘xtab qolishi — aniq emas. Ta’minotning to‘xtatilishi Isroilda xavotir uyg‘otdi, deya ta’kidladi nashr.
Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston 17 ta medalni qo‘lga kiritdi: 10 ta oltin va 7 ta kumush. Guruh mashqi dasturida qizlarning qo‘lga kiritgan oltini Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etdi.
Toshkent investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi. “Yangi Toshkent” infratuzilmasi, ma’lumotlar markazi va elektr stansiyalari qurish, Nukus, Farg‘ona, Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish va boshqa loyihalar rejala qilinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining mart oyidagi qarori bilan O‘zbekiston hududidagi 157 ta binodagi mozaika va pannolar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi va davlat muhofazasi olindi. “Gazeta.uz” ularning ro‘yxati va manzillarini taqdim etadi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi viloyatning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan hududlarida ham sezildi.
Veolia Energy Tashkent ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan bir yoshli qizning oilasiga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Kompaniya ish jarayonlariga, jumladan, ta’mirlash ishlariga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.
Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. Uning qachondan beri qidiruvdaligi va qanday jinoyatda ayblanayotgani noma’lum. Shuningdek, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ham qidiruvga berilgan.
ADM Global kompaniyalar guruhi 27-aprel kuni Buxoro viloyatida With Chery With Love tadbiri doirasida Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari egalarini jamladi.
Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan ikki brakoner ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlar ikki inspektorni suvga yiqitib, rezina qayiqlarni yoqib yuborgandi.
Chilonzor tumanida daraxt qulab, 1 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruvda suv quvurlarini ta’mirlaganlar qazish ishlarini olib borishi oqibatida bir tup daraxt ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlandi. Hodisa sababli bitta avtomobilga ham zarar yetgan.
Onix turar joy majmuasidagi kottejlar uchun kapital ta’mirlash va kadastr bilan erta bron qilish imkoniyati mavjud.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz” savoliga javoban “O‘ztransgaz” (magistral gaz quvurlari operatori) ishonchli boshqaruvga berilishi mumkinligi haqida eshitmaganini ma’lum qildi. O‘tgan oy “O‘zbekneftgaz” “O‘ztransgaz” va uning qarzi bilan bog‘liq qator operatsiyalarni amalga oshirgandi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi to‘qayzorda oldin taxmin qilinganidek 1500 ta emas, 775 ta daraxt va buta yoqib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 459,6 mln so‘m zarar yetgan. Ekologiya bo‘limi yerni auksiondan olib, davlatga qaytarish bo‘yicha prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.
Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.
Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan TePe Sigeman Chess Tournament 2024 turniri chempioniga aylandi. U tay-breykda Arjun Erigaysi va Pyotr Svidlerni mag‘lub etdi.
O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish bo‘yicha China CAMC Engineering kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish uchun Xitoydan ekspert guruh yuboriladi. O‘zbekiston chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishni maqsad qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting