O‘zbekiston YeTTB bilan “Asakabank”ni xususiylashtirish bitimini imzoladi
2 may 2024, 12:38

O‘zbekiston YeTTB bilan “Asakabank”ni xususiylashtirish bitimini imzoladi

Toshkentda o‘tayotgan III xalqaro investitsiya forumida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Forumda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarni bank va energetika sohalarida ishtirok etishga taklif qildi.

O‘zbekiston, jumladan, Toshkentda quruvchi tashkilotlar uy-joy sotuvi shartnomalarida qanday narxlarni ko‘rsatmoqda?
2 may 2024, 12:21

O‘zbekiston, jumladan, Toshkentda quruvchi tashkilotlar uy-joy sotuvi shartnomalarida qanday narxlarni ko‘rsatmoqda?

Soliq qo‘mitasi “Gazeta.uz” so‘roviga javoban quruvchi tashkilotlar yangi uy-joylarni sotishda shartnomalarda ko‘rsatadigan narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, ayrim quruvchilar hujjatlarda har kv.m uchun narxni 1 mln so‘mdan ko‘rsatgan. Maqsad soliq solinadigan bazani kamaytirish bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi
2 may 2024, 11:45

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi. Shuningdek, sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha uzaytiriladi. Mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi.

Yandex O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun maxsus IT ta’lim dasturini ishga tushiradi
2 may 2024, 11:20

Yandex O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun maxsus IT ta’lim dasturini ishga tushiradi

Yil oxirigacha Yandex O‘zbekistonning ikki shahrida bolalar uchun dasturlash maktablari va informatika o‘qituvchilari uchun bepul dasturlash kurslarini ochishni rejalashtirmoqda.

“Maqsadimizdan kechmaymiz. Ishonch bilan o‘ynanglar”. Kapadze Indoneziyaga qarshi o‘yin oldidan shogirdlariga nima degandi?
2 may 2024, 10:49

“Maqsadimizdan kechmaymiz. Ishonch bilan o‘ynanglar”. Kapadze Indoneziyaga qarshi o‘yin oldidan shogirdlariga nima degandi?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogida Indoneziyaga qarshi bahsdan oldin yigitlarga konsentratsiyani yo‘qotmaslik va bosimlarga ahamiyat bermaslikni tushuntirgan. “Maqsadimizdan kechmaymiz”, — dedi u. Kapadze shogirdlari 3-may kuni finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi.

“Muammo tadbirkorlar kamligida emas, mavjud korxonalar juda kichikligida” — Behzod Hoshimov
2 may 2024, 10:27

“Muammo tadbirkorlar kamligida emas, mavjud korxonalar juda kichikligida” — Behzod Hoshimov

“Rivojlanayotgan dunyoda hukumatlar muammo tadbirkorlar kamligida deb o‘ylaydi, lekin muammo bor korxonalarning juda kichikligida”, — dedi Behzod Hoshimov. Iqtisodchiga ko‘ra, firmalarning hajmi oshishi kerak, ammo davlat xarajatlari orqali tadbirkorlarni rag‘batlantirish siyosati buning teskarisini qiladi.

Aktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi
2 may 2024, 09:33

Aktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.

AQSh sudi Binance asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi
2 may 2024, 00:06

AQSh sudi Binance asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi

Sietl sudi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance asoschisi Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. U AQShning pul yuvishga qarshi qonunlarini buzganlikda aybdor deb topildi.

Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi
1 may 2024, 23:46

Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bungacha Marhamat tumani hokimi bo‘lib ishlagan Bobirbek Yuldashev Andijon tumaniga hokim bo‘ldi. Shu tariqa bir kun ichida Andijon viloyatidagi uchta tuman rahbari o‘zgardi.

7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro bozorda sotish rejalashtirilmoqda
1 may 2024, 22:44

7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro bozorda sotish rejalashtirilmoqda

Prezident 2025-yilda NKMK, OKMK va “O‘zbektelekom"ning 5 foizgacha aksiyalarini xalqaro fond bozoriga joylashtirish to‘g‘risida topshiriq berdi. Shuningdek, 7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro investorlarga sotish rejalashtirilmoqda.

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi
1 may 2024, 22:08 1

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.

Budjet defitsiti inflyatsiyaga bevosita ta’sir qiladi — MB raisi Mamarizo Nurmuratov
1 may 2024, 21:29

Budjet defitsiti inflyatsiyaga bevosita ta’sir qiladi — MB raisi Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov budjet taqchilligining inflyatsiyaga bevosita ta’sirini ta’kidladi, biroq regulyatorda bu ko‘rsatkichni pasaytirish vositalari yo‘qligini tan oldi.

Sirdaryoda brakonerlar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi
1 may 2024, 21:01

Sirdaryoda brakonerlar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida noqonuniy baliq ovlayotgan erkaklar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi. Ular inspektorlarni suvga itarib, rezina qayiqlarini yoqib yuborgan va qochib ketgan.

YTTB O‘zbekistonda suv ta’minoti, energetika va yo‘l infratuzilmasi loyihalarida ishtirok etadi
1 may 2024, 19:10

YTTB O‘zbekistonda suv ta’minoti, energetika va yo‘l infratuzilmasi loyihalarida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Davlat rahbari mazkur bank bilan hamkorlikda suv ta’minoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi va “yashil” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

3−5-may kunlari Samarqand−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi
1 may 2024, 17:55

3−5-may kunlari Samarqand−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi

3, 4, 5-may kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda
1 may 2024, 17:13

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda FAO va Yevropa Ittifoqi ko‘magida xavfli kimyoviy moddalarni boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda. 4 mln yevrolik loyiha xavfli pestitsidlarni suv va tuproq tarkibidan ajratish, kimyoviy chiqindilarni tozalash, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalarni nazarda tutadi.

UzAuto Motors`ning foydasi birinchi chorakda qariyb 5 barobar oshdi
1 may 2024, 16:02

UzAuto Motors`ning foydasi birinchi chorakda qariyb 5 barobar oshdi

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5 baravar — 1,29 trillion so‘mgacha ko‘paydi.

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
1 may 2024, 15:47

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi
1 may 2024, 15:35

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Bandlik vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egalladi.

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi
1 may 2024, 15:09

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi

AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting