Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni boshlangan qisqa muddatli ta’tilini yakunladi.
O‘zbekistonda avtomobillar importi tarkibi o‘zgardi. Ilgari benzinli avtomobillar yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2024-yilda birinchi marta elektromobil va gibrid avtomobillar importi hajmi ulardan oshib ketdi. Import qilingan elektromobillarning o‘rtacha narxi deyarli uch barobarga arzonlashdi.
Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan.
Donald Trampning jamoasi Daniyani bo‘lajak prezidentning Grenlandiya bilan bog‘liq niyatlari jiddiyligidan ogohlantirdi. Tramp orolni sotib olish haqida 2019-yilda o‘ylagan edi, biroq hozirda, Daniya rasmiylarining fikriga ko‘ra, vaziyat “mutlaqo boshqacha”.
2024-yil ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — global o‘rtacha harorat birinchi marta sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 darajadan ko‘proqqa ko‘tarildi.
“Gazeta.uz” jurnalisti Sabina Bakayevaning filmi 75-Berlin kinofestivalida namoyish etiladi. Ayol shaxsi shakllanishiga bag‘ishlangan qisqa metrajli “Oydin” filmi O‘zbekistonda suratga olinib, Berlinale dasturiga kiritilgan 3-filmdir. Muallifning Berlindagi premerada qatnashishi viza olinishiga bog‘liq.
Pensiya jamg‘armasi bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar berdi. Jamg‘arma pensiyaga chiqish vaqti kelganda muammolarga uchramaslik, pensiya miqdori esa yuqoriroq bo‘lishi uchun fuqarolar qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntirdi.
O‘zbekiston pasporti Henley & Partners reytingida dunyoning eng kuchli pasportlari orasida 80-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston fuqarolari 62 ta davlatga vizasiz yoki yetib borganida viza olish imkoniyatiga ega.
Sayxunobod tumanida fuqaroga 10 ming dollar evaziga AQShga borishi uchun talabalik vizasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. U puldan 5 ming dollar va 26 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sirdaryo viloyatida 13 yil avval jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan sobiq IIB xodimi kassatsiya instansiya sudida oqlandi. Sudlanuvchi o‘sha vaqtda 3 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan, jazo o‘tab bo‘lingandan so‘ng, sudlanganligi vaji bilan ishga olinmagan.
Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-3 daraja, kunduzi +6…+11 daraja bo‘ladi.
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. U 2 gektar yerni xaridor nomiga o‘tkazib, u yerda kottej qurish uchun ruxsatnoma olib berishini aytgan.
27−28-fevralda Bokuda bo‘lib o‘tadigan “Harakat” xalqaro ko‘chmas mulk sammitining birinchi spikerlari ma’lum bo‘ldi. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan 500 ga yaqin top menejerlar, developerlik kompaniyalari egalari va ko‘chmas mulk ekspertlari ishtirok etadi.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Asosiy soliq stavkalari saqlanib qoldi, biroq bir qator mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘zgardi. Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi.
Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda. U buning uchun ikki fuqarodan biriga jinoyat ishini tugatib berishni, ikkinchisiga esa uy qamog‘i bilan ozodlikda qoldirishni va’da qilgan.
Tramp Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi deya o‘zgartirish kerakligini aytgach, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum unga javob qaytardi. “Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”, — degan prezident hozirgi AQSh hududining bir qismi Meksika bilan birlashtirilgan 1607-yilgi eski xaritaga ishora qildi.
Armiya bosh qo‘mondoni Jozef Aun ikkinchi turda mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Uni AQSh va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozdi CNN. Reuters bo‘lsa Aunning saylanishi Saudiya Arabistoni ta’sirining mamlakatda qayta tiklanishi va Eron ta’sirining zaiflashishini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Agar tergov va sudyalar bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni jinsiy zo‘ravonlik ko‘rinishidagi ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblasa, jinoyatni sodir etgan shaxslar jinoiy jazodan qutulib qolishi mumkin, deb yozdi Nemolchi.uz. Faollar Bosh prokuraturadan holatga aralashishni so‘ramoqda.
Human House galereyasi egasi Lola Sayfining aytishicha, uning O‘zbekistonni xorijliklarga namoyon etuvchi biznesi QQS to‘lashga o‘tish majburiyati tufayli yopilishi mumkin. U Saida Mirziyoyevadan kreativ iqtisodiyot loyihalari uchun soliq rejimini qayta ko‘rib chiqishga ko‘maklashishni so‘radi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 20 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov qishki transferlar oynasida Fransiyaning “Lans” klubini tark etishi mumkin. Unga Yevropaning yetakchi klublari, jumladan, “Manchester Siti” va “Real” qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi bilan muzokaralar hal qiluvchi bosqichda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting