O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi. Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratildi.
2017−2020-yillarda Savitskiy nomidagi muzeyni boshqargan Gulbahor Izentayeva yana muassasa rahbari etib tayinlandi. Sobiq direktor Tigran Mkrtichevning shartnomasi o‘tgan yilning dekabr oyida yakunlangandi.
Yaponiya hukumati O‘zbekistondagi shifoxonalar uchun tibbiy uskunalar to‘plamini xarid qilish bo‘yicha 215 ming dollarlik grantlar ajratdi. Jihozlar bolalar onkologiya markazi, perinatal markaz va shoshilinch tibbiy yordam markazining Buxoro filiali uchun olinadi.
2025-yil uchun “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” g‘oliblari Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida e’lon qilinadi.
Qamchiq dovonida 31 yoshli sayyoh selfiga tushish uchun taqiqlangan hududga kirib, pastga sirpanib ketdi. Biroq unga yordam bermoqchi bo‘lgan sherigi bilan qor uyumi ostida qolib, halok bo‘ldi.
2024-yilning dekabr oyi O‘zbekistonda bulutli kunlari ko‘p bo‘lgan quruq va sovuq oy bo‘ldi. Sovuq havoning eng yuqori cho‘qqisida harorat kechalari -8−13 darajagacha tushdi, yog‘ingarchilik esa oylik me’yorning 70 foizidan kamroq bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2027-yildan polietilen paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Plastik qadoqdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan ularni yig‘ish va utilizatsiya qilish uchun maxsus joylarni talab qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar ov qilishga moratoriy joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan poligonlarda xizmat ko‘rsatiladi. Bular 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Zaporojega Rossiya qo‘shinlari tomonidan qilingan havo hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 113 kishi jarohat oldi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, shaharga ikkita aviabomba tashlangan.
Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Endi hujjat parlamentga yuboriladi. Bosh vazir Nikol Pashinyan bunday qaror faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi mumkinligini aytdi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlarining maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanishi mumkin. Buning uchun xodimlarning mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2025-yilda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Farg‘ona shahridagi xonadonda Kaliforniya forsi iloni boqilayotgani aniqlangan. Fuqaroga bu qonunga zid ekani tushuntirilgandan so‘ng ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.
Prezident farmoni loyihasi bilan 2025-yil yakunigacha O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi yoqilg‘ini sotish va ishlatishni cheklash taklif etilmoqda. Avvalroq Ai-80 benzindan voz kechish maqsadi 2028-yilga qoldirilgandi. Shuningdek, IESlarda mazutdan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa halok bo‘ldi. Uning o‘limiga oshqozon buralishi sabab bo‘ldi. Hozirda zooparkda ikkita jirafa qolgan. 2022-yilda olib kelingan birinchi jirafa ham kasallik tufayli nobud bo‘lgandi.
AQShning Los-Anjeles shahrida o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 100 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Kaliforniya hukumati favqulodda holat e’lon qilgan. Dastlabki zarar miqdori 50 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda.
Meta faktchekerlardan voz kechadi, “senzura miqdorini keskin kamaytiradi”, Facebook, Instagram va Threads kabi platformalarida ko‘proq siyosiy kontentni tavsiya qiladi, deya ma’lum qildi Mark Sukerberg. Ayrim tanqidchilar hamda OAV bu o‘zgarishlarni “shunchaki Trampga xushomad va ortga qadam” deb baholamoqda.
O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish va oliy darajadagi tashrifni tashkil etishni rejalashtirmoqda, deyiladi 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida. Mamlakat AQSh bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni ham ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekistonda, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasidan ma’lum bo‘lishicha, Kanadada bosh konsulxona ochish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Braziliya, Argentina va Amerika qit’asining boshqa davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting