O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yarim marafon chempionatida 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
13 noyabr 2023, 10:49

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yarim marafon chempionatida 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Dubayda (BAA) yengil atletikaning yarim marafon yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar yakkalik va jamoaviy bahslarda ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ish haftasi juda iliq bo‘ladi
13 noyabr 2023, 10:46

Ish haftasi juda iliq bo‘ladi

Bu hafta havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining yarmida kunduzi +27 darajagacha yetadi. Bunday harorat foni noyabr o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5…+8 daraja yuqori.

O‘zbekiston Falastinning bosib olingan hududlaridagi Isroil aholi punktlarini noqonuniy deb topishni yoqladi
13 noyabr 2023, 10:30

O‘zbekiston Falastinning bosib olingan hududlaridagi Isroil aholi punktlarini noqonuniy deb topishni yoqladi

BMT Isroilning Falastin va Suriyadagi bosib olingan hududlarida qurilgan aholi punktlarini noqonuniy deb topdi. Bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini 145 ta mamlakat orasida O‘zbekiston ham ma’qulladi.

Namangan va Farg‘onada aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan salkam 2 ming tonna ko‘mirni o‘zlashtirganlar aniqlandi
13 noyabr 2023, 09:57

Namangan va Farg‘onada aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan salkam 2 ming tonna ko‘mirni o‘zlashtirganlar aniqlandi

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 1988 tonna ko‘mirni sotib yuborgan ko‘mir ombor mudirlari aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temiryo‘lni “qulay narxda” ta’mirlab beradi
13 noyabr 2023, 09:56

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temiryo‘lni “qulay narxda” ta’mirlab beradi

O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘lining bir qismini ta’mirlashga kelishib oldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev ta’mirlash ishlarini “sifatli, qulay narxda va 50 foizlik chegirma bilan amalga oshirishga” va’da berdi.

“Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosari pora olishda gumonlanib ushlandi
12 noyabr 2023, 15:29

“Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosari pora olishda gumonlanib ushlandi

DXX 20 ming dollar pora olishda gumonlangan “Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosarini, Xorazmda ishga kiritib qo‘yish uchun 1400 dollar va 1,2 mln so‘m pul olgan Milliy gvardiya xodimini hamda Toshkentda sud qarorini o‘zgartirib berish uchun fuqarodan 5 ming dollar olgan advokatni qo‘lga oldi.

Andijonda mansabdorlar 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi
12 noyabr 2023, 14:21

Andijonda mansabdorlar 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi

Andijon, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlari “Ko‘mir ta’minot” korxonasi mudirlari 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan ko‘mirni sotib yuborgan.

HONOR OVOZI loyihasi g‘olibi e’lon qilindi — uni O‘zbekiston xalqi tanladi
12 noyabr 2023, 11:00

HONOR OVOZI loyihasi g‘olibi e’lon qilindi — uni O‘zbekiston xalqi tanladi

HONOR brendining yangi “ovoz elchisi” ommaviy ovoz berish jarayonida yirik farq bilan g‘olib chiqdi va sovg‘a sifatida gadjetlar to‘plamini qo‘lga kiritdi.

Toshkent viloyatida kadastr palatasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda
12 noyabr 2023, 09:52

Toshkent viloyatida kadastr palatasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda

DXX huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 4 ta hududda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘ydi. Xususan, Davlat kadastrlari palatasining O‘rta Chirchiq tumani filiali xodimi 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda.

Neft-gaz sohasidagi eng yaxshi professor-o‘qituvchilarga 70 mln so‘mgacha mukofot pullari topshirildi
11 noyabr 2023, 23:49

Neft-gaz sohasidagi eng yaxshi professor-o‘qituvchilarga 70 mln so‘mgacha mukofot pullari topshirildi

Ikkinchi bor o‘tkazilgan neft-gaz sohasidagi “Eng fidoyi ustoz” tanlovining 13 nafar g‘olibiga 70 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari topshirildi. 383 nafar nomzodga 5,5 ming nafar talaba, soha ishchilari va ustoz-murabbiylar ovoz berdi.

Ehtiyojmand oilalarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar berish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi — bosh vazir o‘rinbosari
11 noyabr 2023, 23:30 1

Ehtiyojmand oilalarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar berish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi — bosh vazir o‘rinbosari

Bosh vazir o‘rinbosari Jashmid Qo‘chqorov O‘zbekistonda uy-joy sotib olish uchun subsidiyalarning bir qismi doimiy daromadi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga ajratilayotganini ma’lum qildi. Natijada ular subsidiyadan foydalana olmayapti. Shu bois ularga yordam berish tartibini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Albayrak Holding O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi qurilmalarni o‘rnatmoqda
11 noyabr 2023, 21:34

Albayrak Holding O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi qurilmalarni o‘rnatmoqda

Turkiyaning Albayrak Holding kompaniyasi O‘zbekiston shaharlarida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarni o‘rnatish loyihasini amalga oshirmoqda.

1-yanvardan mikroqarzlar limiti 100 mln so‘mgacha oshiriladi
11 noyabr 2023, 13:22

1-yanvardan mikroqarzlar limiti 100 mln so‘mgacha oshiriladi

2024-yil 1-yanvardan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshiriladi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.

Kattaqo‘rg‘onlik 19 yoshli yigit prezidentni haqoratlagani uchun 2,5 yilga qamaldi
11 noyabr 2023, 12:38

Kattaqo‘rg‘onlik 19 yoshli yigit prezidentni haqoratlagani uchun 2,5 yilga qamaldi

Sud Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 19 yoshli yigitni Instagram`da Shavkat Mirziyoyevga nisbatan haqoratli fikr yozgani uchun 2 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Sudya, shuningdek, sudlanuvchining ushbu ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini bloklashga qaror qildi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
11 noyabr 2023, 12:09

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Shanba tongida Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu salkam bir soat davomida avtotransportlar harakati to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani xabar qilindi.

Urganch shahriga hokim tasdiqlandi
11 noyabr 2023, 10:45

Urganch shahriga hokim tasdiqlandi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bunyod Rajabov Xorazmning Urganch shahriga hokim etib tasdiqlandi. Sobiq hokim bir necha kun oldin Shovot tumani hokimi bo‘lgandi.

Toshkent shahrida 13-tumanni tashkil etish rejalashtirilmoqda
11 noyabr 2023, 10:28

Toshkent shahrida 13-tumanni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida “Yangi Toshkent” deb nomlanadigan 13-tumanni tashkil etish loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Oshqovoqdan taom va pishiriqlar
11 noyabr 2023, 10:00

Oshqovoqdan taom va pishiriqlar

Oshqovoqli sho‘rva, tatarcha burma, latte, amerikancha pirog, gulsimon somsalar yoki shokoladli pechene — qovoqdan mazali taomlardan tashqari shirin yeguliklar ham tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz noodatiy retseptlar bilan bo‘lishadi.

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor
10 noyabr 2023, 22:13

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor

Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Avvalroq Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan edi, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini bekor qildi
10 noyabr 2023, 21:37

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini bekor qildi

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi voyaga yetgan fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini beruvchi qarorini bekor qildi. Aholining katta qismi ona ismini olish institutini qirg‘iz xalqining axloqiy asoslari va an’analariga tahdid soluvchi salbiy hodisa sifatida qabul qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting