“Rossiya aybiga iqror bo‘lishi kerak” — Ozarbayjon prezidenti
29 dekabr 2024, 18:56

“Rossiya aybiga iqror bo‘lishi kerak” — Ozarbayjon prezidenti

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, AZAL samolyoti “Rossiya tomonidan urib tushirilgan” deb “aniq aytish mumkin”. U Rossiya tomonini “masalani bostirishga” urinishda aybladi. Rossiya aybini tan olishi va Ozarbayjon hamda jabrlanganlarga tovon to‘lashi kerak, dedi u.

O‘zbekistonda 30−31-dekabr va 1−5-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
29 dekabr 2024, 18:53

O‘zbekistonda 30−31-dekabr va 1−5-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

Hafta boshi bulutli va yog‘inli, o‘rtalari quruq va sovuqroq bo‘lishi, oxirida esa ba’zi viloyatlar va tog‘larda qor yog‘ishi kutilyapti. Yangi yil arafasi havo iliqroq bo‘lsa-da, 2025-yilning ilk uch kunida haroratning biroz pasayishi kuzatiladi. Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda.

“Majburiy kuchga ega emas”. OTV — oliy ta’lim kengashining oliygohlardan yig‘im undirish to‘g‘risidagi bayoni haqida
29 dekabr 2024, 15:54

“Majburiy kuchga ega emas”. OTV — oliy ta’lim kengashining oliygohlardan yig‘im undirish to‘g‘risidagi bayoni haqida

Oliy ta’lim vazirligi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan 4 foizlik yig‘im undirish to‘g‘risidagi oliy ta’lim kengashi bayoni majburiy kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Vazirlik “Har qanday mablag‘ bilan bog‘liq harakatlar va munosabatlar tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin”, deb ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Koreyada samolyot qulagani munosabati bilan ta’ziya bildirdi
29 dekabr 2024, 13:21

Shavkat Mirziyoyev Koreyada samolyot qulagani munosabati bilan ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Muandagi aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchiga hamdardlik bildirdi. Bortdagi 181 kishidan faqat ikki nafari omon qoldi.

Andijonda 5 kishi “O‘zbekiston” konyagidan zaharlanib vafot etdi
29 dekabr 2024, 12:24

Andijonda 5 kishi “O‘zbekiston” konyagidan zaharlanib vafot etdi

Andijon viloyatida “O‘zbekiston” konyagini iste’mol qilish oqibatida 22 kishi o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari vafot etgan. Viloyat prokuraturasi spirtli ichimlikda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lganini ma’lum qildi.

Koreyada samolyot halokatida bortdagilarning deyarli barchasi halok bo‘ldi
29 dekabr 2024, 10:46

Koreyada samolyot halokatida bortdagilarning deyarli barchasi halok bo‘ldi

Jeju Air samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va Koreya Respublikasining janubi-g‘arbiy qismidagi Muan aeroportida to‘siqqa urildi. Samolyot bortida 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Faqat 2 kishi omon qoldi.

Buka Gym bokschi ayiq bilan “sparring” qilgani uchun uzr so‘radi
29 dekabr 2024, 08:40

Buka Gym bokschi ayiq bilan “sparring” qilgani uchun uzr so‘radi

Buka Gym o‘z sport zalida bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilgani aks etgan video uchun uzr so‘radi. Kompaniya video suratga olinganidan bexabar ekanini ma’lum qildi. Barcha mas’ul shaxslar bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan. Ekologiya vazirligi holatni o‘rganmoqda.

Tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qo‘yish tartibi belgilandi
29 dekabr 2024, 07:46

Tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qo‘yish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunda tergov harakatlari sohaga oid ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Aksarining ko‘zi ko‘rmaydi, qulog‘i eshitmaydi, yurolmaydi. Sog‘ayishiga umid bor, faqat mablag‘ zarur — “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar
29 dekabr 2024, 07:37

Aksarining ko‘zi ko‘rmaydi, qulog‘i eshitmaydi, yurolmaydi. Sog‘ayishiga umid bor, faqat mablag‘ zarur — “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar

“Dok-1 Maks” ishi sabab 68 bola halok bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum-u, omon qolgan 20 dan ziyod bola taqdiri ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Ularning davolanishi uchun sud hukmida belgilangan kompensatsiya imkon qadar tezroq to‘lab berilishi kerak. “Gazeta.uz” jabrlanuvchi 23 bolaning hikoyasini havola qiladi.

O‘zbekistonda 2024-yilda dollar kursi qanday o‘zgardi?
29 dekabr 2024, 07:35

O‘zbekistonda 2024-yilda dollar kursi qanday o‘zgardi?

MB ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida dollarning so‘mga nisbatan kursi qariyb 582 so‘mga (+4,71 foiz) mustahkamlandi. Milliy valyutaning devalvatsiya sur’ati 2023-yilga nisbatan pastroq bo‘ldi. Dollarning o‘rtacha yillik kursi prognozdan biroz yuqori shakllangan.

Eriell xodimlari ish haqi kechikishi bo‘yicha yana murojaat bilan chiqdi
28 dekabr 2024, 19:53

Eriell xodimlari ish haqi kechikishi bo‘yicha yana murojaat bilan chiqdi

Eriell kompaniyasi xodimlari ish haqlari kechikayotgani bo‘yicha O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘lladi. Ular avgust, sentabr, oktabr va noyabr oylari uchun maosh olmaganini aytmoqda.

Vladimir Putin Ilhom Aliyevdan AZAL samolyoti bilan bog‘liq halokat uchun uzr so‘radi
28 dekabr 2024, 18:25

Vladimir Putin Ilhom Aliyevdan AZAL samolyoti bilan bog‘liq halokat uchun uzr so‘radi

Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan “Fojiali hodisa (samolyotning qulashi) Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani munosabati bilan” uzr so‘radi. Kreml bu vaqtda Rossiyaning havo hujumidan mudofaa vositalari ish olib borganini tan oldi.

Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi
28 dekabr 2024, 16:50

Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi

Internetda bokschi Shahram G‘iyosov Buka Gym sport zalida ayiq bilan jang qilib, uni chalqanchasiga yiqitgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda sportchining harakatlari qoralandi. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati IIV va Ekologiya vazirligiga murojaat qildi.

“Chet elda noqonuniy xatti-harakat qilgan san’atkorlarimiz uchun Madaniyat vazirligi javob berishiga to‘g‘ri kelyapti” — Ozodbek Nazarbekov
28 dekabr 2024, 16:47

“Chet elda noqonuniy xatti-harakat qilgan san’atkorlarimiz uchun Madaniyat vazirligi javob berishiga to‘g‘ri kelyapti” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vazirligi xorijda konsert qo‘yayotgan o‘zbekistonliklarni hamkorlikka chaqiryapti. Vazir Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, “biz O‘zbekistonning imidjini tiklashga harakat qilayotganimizda, kimdir borib uni sindirishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz”. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu senzura yo taqiq emas.

Putin “Tolibon”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha qonun imzoladi
28 dekabr 2024, 16:34

Putin “Tolibon”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha qonun imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2003-yildan beri taqiqda bo‘lgan “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

O‘zbekistonda 31-dekabr oqshomida qor yog‘adimi?
28 dekabr 2024, 16:10

O‘zbekistonda 31-dekabr oqshomida qor yog‘adimi?

O‘zbekiston 2025-yilni qor bilan kutib oladimi? O‘zi bizda qaysi yillar qor bilan kuzatilgan? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun bayramoldi ob-havo sharhini tayyorladi hamda Yangi yil bayrami qachon qor bilan o‘tganini Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Urganch shaharlari misolida ko‘rsatib berdi.

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar
28 dekabr 2024, 16:04

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar

Kurka go‘shti, sabzavotli baliq, ananasli tovuq, forel balig‘idan steyk va Yangi yil bayrami dasturxoni uchun boshqa issiq taomlar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Yangi Toshkentda vazirliklar ishlashi uchun yengil konstruksiyali vaqtinchalik binolar qurilmoqda
28 dekabr 2024, 15:50

Yangi Toshkentda vazirliklar ishlashi uchun yengil konstruksiyali vaqtinchalik binolar qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi bilan tanishdi. U 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan ko‘chatxonani ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari vazirliklar vaqtinchalik ishlashi uchun mo‘ljallangan yengil konstruksiyali binolar bilan ham tanishdi.

O‘zbekistonlik shifokorlar 3 kun davomida Afg‘onistonning 1300 dan ortiq fuqarosini ko‘rikdan o‘tkazdi
28 dekabr 2024, 14:56

O‘zbekistonlik shifokorlar 3 kun davomida Afg‘onistonning 1300 dan ortiq fuqarosini ko‘rikdan o‘tkazdi

Afg‘onistonning Balx viloyatiga “Salomatlik” poyezdida borgan o‘zbekistonlik shifokorlar uch kun davomida 1300 dan ortiq aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Foto.

Deputat Checheniston rahbarining O‘zbekistondagi 2 amaldor (biri sobiq)ga qilgan tahdidini qoraladi
28 dekabr 2024, 13:06

Deputat Checheniston rahbarining O‘zbekistondagi 2 amaldor (biri sobiq)ga qilgan tahdidini qoraladi

Deputat Odiljon Tojiyev Checheniston rahbarining Komil Allamjonov va Dmitriy Liga tahdidlarini mamlakat ichki ishlariga aralashish deb qoraladi. U Ramzan Qodirovni kechirim so‘rashga va (agar u do‘st bo‘lsa) qidiruvdagi ikki fuqaroni topishda yordam berib, ularni O‘zbekistonga topshirishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting