“Davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, yollanma menejer” — Qozog‘iston prezidenti
3 yanvar 2025, 18:45

“Davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, yollanma menejer” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvardagi tartibsizliklarga izoh berdi. “Voqealar mamlakatga hokimiyatni birlashtirish kerakligini va davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, balki yollanma menejer ekanini o‘rgatdi”, — dedi u.

“Siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi”. Toqayev — Nazarboyevning iste’fodan keyingi harakatlari haqida
3 yanvar 2025, 18:01

“Siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi”. Toqayev — Nazarboyevning iste’fodan keyingi harakatlari haqida

Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqach, “siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi” va amaldorlar bilan yig‘ilishlarni davom ettirdi. Qozog‘iston rahbari Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat ikki hokimiyatchilikka va undan keyingi inqirozga, jumladan, 3 yil oldingi yanvar voqealariga sabab bo‘ldi.

Bekoboddagi IIB binosida fuqaroni urib o‘ldirgan IIB xodimi 9 yilga qamaldi
3 yanvar 2025, 17:39

Bekoboddagi IIB binosida fuqaroni urib o‘ldirgan IIB xodimi 9 yilga qamaldi

Bekobod shahri IIB binosida 43 yoshli fuqaroni kaltaklab o‘ldirgan IIB xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

“Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”. Alisher Qodirov — zapravka oldida shikoyat qilgan fuqaro haqida
3 yanvar 2025, 17:02 1

“Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”. Alisher Qodirov — zapravka oldida shikoyat qilgan fuqaro haqida

Deputat Alisher Qodirov gaz zapravkadan mas’ullarga murojaat qilgan va keyinchalik “mayda bezorilik” sabab 15 sutkaga qamalgan fuqaroni tanqid qildi. “Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”, — deb yozgan deputat.

Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi
3 yanvar 2025, 17:02

Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar orasiga kirib borgani bilan bog‘liq “terrorchilik harakati” munosabati bilan Jo Baydenga ta’ziya maktubi yubordi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Erkin Muhitdinov O‘rmon xo‘jaligi agentligiga direktor v.b. bo‘ldi
3 yanvar 2025, 15:52

Erkin Muhitdinov O‘rmon xo‘jaligi agentligiga direktor v.b. bo‘ldi

Bir oy oldin Ekologiya vazirligida ish boshlagan Erkin Muhitdinov O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori etib tayinlandi. O‘rmon xo‘jaligi idorasini yetti yildan ortiqroq davomida Nizomiddin Bakirov boshqarib kelayotgandi.

Shanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin
3 yanvar 2025, 15:20

Shanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda. Yakshanbada esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi +1…+8 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistondagi tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etiladi
3 yanvar 2025, 15:00

O‘zbekistondagi tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etiladi

1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

Limitdan o‘tgan tadbirkorlarga elektr va gaz uchun oshirilgan tariflar miqdori o‘zgardi
3 yanvar 2025, 14:39

Limitdan o‘tgan tadbirkorlarga elektr va gaz uchun oshirilgan tariflar miqdori o‘zgardi

O‘zbekiston hukumati kechikib bo‘lsa-da, belgilangan limitdan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini pasaytirdi. Limitning o‘zi esa oshirildi.

O‘zbekistonda palov 2024-yilda 15,6 foizga qimmatladi
3 yanvar 2025, 14:38

O‘zbekistonda palov 2024-yilda 15,6 foizga qimmatladi

2024-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda palovning o‘rtacha narxi 15,6 foizga oshdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi. Oshning eng yuqori narxi Toshkentda, eng pasti esa Namanganda qayd etildi. Palov indeksi mamlakatda xarid qobiliyati paritetini aniqlashning norasmiy usuli hisoblanadi.

Janubiy Koreyada prezidentni hibsga olish orderining ijrosi muvaffaqiyatsiz kechdi
3 yanvar 2025, 12:43

Janubiy Koreyada prezidentni hibsga olish orderining ijrosi muvaffaqiyatsiz kechdi

Janubiy Koreyada harbiylar va qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani uchun prezidentlikdan chetlatilgan Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muvaffaqiyatsiz kechdi. 31-dekabrda Koreya tarixida ilk bor sud amaldagi prezidentni hibsga olishga order bergandi. Yol bungacha chaqiruv qog‘ozlarini 3 marta e’tiborsiz qoldirgan.

O‘zbekistonda tadbirkorlarni elektrdan qarzi uchun tarmoqdan uzishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda
3 yanvar 2025, 12:32

O‘zbekistonda tadbirkorlarni elektrdan qarzi uchun tarmoqdan uzishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar uchun jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish o‘rniga bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda 2024-yildagi inflyatsiya: narxlar qanday o‘zgardi?
3 yanvar 2025, 11:55

O‘zbekistonda 2024-yildagi inflyatsiya: narxlar qanday o‘zgardi?

2024-yil O‘zbekistonda rasmiy inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etdi, bu Markaziy bank kutilmalaridan yuqori. 1 yilda kartoshka deyarli 40 foiz, sabzi 18,3 foizga qimmatladi. Gaz tariflari o‘rtacha 2,3 baravar, elektr energiyasiniki esa qariyb 1,7 baravar, propan narxi 30,9 foizga, benzinniki 5,9 foizga oshdi.

AES qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzaxda jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — AES direksiyasi rahbari
3 yanvar 2025, 11:24

AES qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzaxda jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — AES direksiyasi rahbari

AES qurish direksiyasi direktori Otabek Amanov kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzax viloyatlarida jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Toshkent metropoliteni Rossiyadan uchta yangi poyezd oldi
3 yanvar 2025, 09:38

Toshkent metropoliteni Rossiyadan uchta yangi poyezd oldi

Toshkent metropoliteni 2024-yil oxirida Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta yangi tarkibni oldi. O‘tgan yili jami 11 ta to‘rt vagonli poyezd olib kelindi.

Gaz zapravkadan yo‘llangan videomurojaat ortidan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Nimalar ma’lum?
2 yanvar 2025, 23:25

Gaz zapravkadan yo‘llangan videomurojaat ortidan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Nimalar ma’lum?

Gaz zapravkadan mas’ullarga yo‘llangan keskin murojaat muallifining 15 sutkaga qamalishi jamoatchilik tanqidiga va haydovchiga yordam berishga chorlovlarga sabab bo‘ldi. 3-yanvarda ish bo‘yicha apellyatsiya sudi o‘tishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” ishga doir ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.

O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalari kirishi uchun yig‘imlarni oshirdi, Eron uchun stavkalarni nolga tushirdi
2 yanvar 2025, 21:53

O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalari kirishi uchun yig‘imlarni oshirdi, Eron uchun stavkalarni nolga tushirdi

O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalarini olib kirish uchun yig‘imlarni 80−100 dollarga oshirdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ozarbayjon uchun yuk transportining bo‘lish vaqti bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etildi. Eron uchun stavka nolga tenglashtirildi.

O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi
2 yanvar 2025, 19:48

O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi

O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilmoqda. Unga prezident maslahatchisi Sardor Umurzakov mas’ul bo‘ladi. Kengash davlat rahbariga mamlakat ichki va tashqi siyosati bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda taqdim etib boradi.

Hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazgan bloger jarimaga tortildi
2 yanvar 2025, 18:14 2

Hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazgan bloger jarimaga tortildi

Instagram blogeri hojatxona qog‘ozlari uyumi ustiga chiqqan paytida mashina uning ostidan harakatlanib o‘tgani aks etgan videoni tarmoqqa joyladi. Fuqaro va sheriklari yerga sochilgan hojatxona qog‘ozlarini voqea joyida qoldirib ketgani ma’lum bo‘ldi. Blogerga IIB va Ekologiya inspeksiyasi qonuniy chora ko‘rdi.

O‘zbekistonda 2025-yilning ilk kunida 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi
2 yanvar 2025, 13:14

O‘zbekistonda 2025-yilning ilk kunida 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 22 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona (244), Samarqand (186) va Qashqadaryo (181) viloyatlarida tug‘ildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting