Hokimlar, o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
27 dekabr 2024, 20:25

Hokimlar, o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi

Yil yakuniga kelib O‘zbekistonning IT va telekommunikatsiya xizmatlari eksporti hajmi 900 mln dollardan oshishi kutilmoqda. Davlat organlarining 3000 nafar xodimi, shuningdek, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari sun’iy intellekt sohasida malaka oshirishi rejalashtirilmoqda.

Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
27 dekabr 2024, 20:18

Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Azerbaijan Airlines samolyot halokatining dastlabki sabablarini ochiqladi va qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi
27 dekabr 2024, 19:52

Azerbaijan Airlines samolyot halokatining dastlabki sabablarini ochiqladi va qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi

Halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti “fizik va texnik aralashuv"ga uchragan, ta’kidladi aviakompaniya. U qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi. OAVga ko‘ra, halokatga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan. Rosaviatsiya shu kuni Ukraina dronlari hujum uyushtirganini ma’lum qildi.

UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bu Andersson ishini yakunlamoqda
27 dekabr 2024, 19:13

UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bu Andersson ishini yakunlamoqda

Uch yil avval UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori etib tayinlangan Bu Andersson faoliyatini yakunlamoqda. UzAuto Motors’ning ma’lum qilishicha, uning rahbarligida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshgan — 2023-yilda 395 400 mashina konveyerdan chiqqan, bu avvalgi yildan 20% ko‘p.

Prezident 2024-yil uchun davlat budjeti xarajatlari va tashqi qarzlar chegarasini oshirishni tasdiqladi
27 dekabr 2024, 18:54

Prezident 2024-yil uchun davlat budjeti xarajatlari va tashqi qarzlar chegarasini oshirishni tasdiqladi

Prezident 2024-yilgi davlat budjetiga vazirliklar xarajatlarini 9,98 trln so‘mga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Tashqi qarz bo‘yicha chegara 5 dan 7,3 mlrd dollargacha oshdi. Qo‘shimcha qarzlar ipoteka bozorini rivojlantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun ishlatiladi.

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi
27 dekabr 2024, 17:53

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi

Namanganda yashagan ayol oilaviy muammolar sababli o‘zi va ikki farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi. Bolalar qutqarib qolingan, ayol esa vafot etgan.

Germaniya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi
27 dekabr 2024, 17:14

Germaniya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Germaniya prezidenti Shtaynmayer mamlakat parlamentini tarqatib yubordi va muddatidan oldingi parlament saylovlari 2025-yil 23-fevralda bo‘lishini ma’lum qildi. Avvalroq bundestag deputatlari kansler Olaf Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilgandi.

“Yangi transport arteriyasi”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li haqida
27 dekabr 2024, 16:52

“Yangi transport arteriyasi”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li haqida

Shavkat Mirziyoyev bugun qurilishiga start berilgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini xalqaro ahamiyatga ega yangi transport arteriyasi deb atadi. Loyihaga ko‘ra, 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik va 25 ta tunnel quriladi. Bu yo‘lda yiliga 15 mln tonna yuk tashiladi.

O‘zbekiston va Misr to‘siqlarni bartaraf etish hisobiga tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazmoqchi
27 dekabr 2024, 15:58

O‘zbekiston va Misr to‘siqlarni bartaraf etish hisobiga tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Misr 15 yil ichida hukumatlararo komissiyaning ilk yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazdi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish orqali tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga (hozir qariyb $42 mln) yetkazishga, shuningdek, O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib oldi.

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlandi (foto)
27 dekabr 2024, 15:41

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlandi (foto)

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishiga start berdi. “Bu yo‘nalish Xitoydan Qirg‘izistonga, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqqa hamda Yevropa Ittifoqiga yuklarni yetkazib berishni ta’minlaydi”, — dedi Japarov.

Yakshanba va dushanba kunlari joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin
27 dekabr 2024, 15:06

Yakshanba va dushanba kunlari joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. 29−30-dekabr kunlari esa aksariyat hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari −2…+5 daraja, kunduz kunlari +2…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistondan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini olib chiqishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
27 dekabr 2024, 14:51

O‘zbekistondan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini olib chiqishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

O‘zbekistonda 2022-yil may oyida joriy etilgan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini eksport qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. Mazkur chora urug‘chilik korxonalarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e’lon qilindi
27 dekabr 2024, 13:31

Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e’lon qilindi

Janubiy Koreya parlamenti bosh vazir, shu bilan birga, prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi. Bu Su hukumati prezident Yol va uning rafiqasi tergoviga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqish hamda konstitutsiyaviy sud tarkibiga sudyalarni tayinlashdan bosh tortganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi
27 dekabr 2024, 13:00

O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat va xususiy qarzni o‘z ichiga oluvchi tashqi qarzi 9 oy yakunlariga ko‘ra 60,2 mlrd dollarga yetdi. Yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich 7,2 mlrd dollarga ko‘paydi.

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlik rivoji yo‘lida yangi shartnoma imzoladi
27 dekabr 2024, 13:00

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlik rivoji yo‘lida yangi shartnoma imzoladi

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangi shartnoma imzoladi. Bu hamkorlik muhim kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, kitob narxlarini barqaror saqlash va bolalar adabiyotini rivojlantirishga yordam beradi.

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
27 dekabr 2024, 12:20

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi belgilandi. Akademiya faoliyati 2025-yilning 1-oktabridan yo‘lga qo‘yilib, unda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona bo‘ladi.

Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh vafot etdi
27 dekabr 2024, 11:47

Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh vafot etdi

Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh 92 yoshida vafot etdi. U mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar me’mori va “iqtisodiy liberallashtirish qahramoni” hisoblanadi. Singh 2004-yildan 2014-yilgacha bosh vazir sifatida ishlagan.

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?
27 dekabr 2024, 11:20

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq kutilmayapti, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Harorat kechalari −8…+8, kunduz kunlari −2…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Keyinchalik qisqa davrda havo kechasi −20 darajagacha pasayishi ehtimoli ham bor. Ayrim kunlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda.

100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi
27 dekabr 2024, 11:03

100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Yuz nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar o‘z hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga vaqtincha evakuatsiya qilindi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi
27 dekabr 2024, 09:47 1

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi

Juma kuni ertalabdan Toshkent yana IQAir xalqaro havo sifati monitoringi antireytingida yetakchilar qatoridan joy oldi. Toshkent va O‘zgidromet portallari ham PM2,5 ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketganini ko‘rsatmoqda. Bu borada hozircha hech qanday rasmiy bayonot yoki izoh berilmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting