Yanvar oyida yengil avtomobillarga talab yana ortgan — ITIM
22 fevral 2023, 15:58

Yanvar oyida yengil avtomobillarga talab yana ortgan — ITIM

Yilning birinchi oyida o‘zbekistonliklar 118 ming dona avtomobil sotib olgan. Bu 2022 yil dekabr oyiga nisbatan 18 foizga ko‘p. Yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 23,4 mingtani tashkil etib, dekabrga nisbatan 71 foizga oshdi.

«O‘zbekgidroenergo» Zhejiang Jinlun Electromechanic kompaniyasi bilan memorandum imzoladi
22 fevral 2023, 15:00

«O‘zbekgidroenergo» Zhejiang Jinlun Electromechanic kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Endilikda quvvati 2−15 MVt gacha bo‘lgan gidroagregatlar Made in Uzbekistan milliy brendi asosida mahalliylashtirish doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.

Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi
22 fevral 2023, 14:49

Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi

O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor, Doston Haqberdiyev esa bosh rejissyor bo‘ldi.

Olmaliqda MCHJ rahbari 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda
22 fevral 2023, 14:42

Olmaliqda MCHJ rahbari 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida MCHJ rahbari kredit evaziga xarid qilingan 2,3 mlrd so‘mlik qurilish materiallarini boshqa shaxslarga sotib yuborganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jizzaxda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
22 fevral 2023, 14:39

Jizzaxda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Sharof Rashidov tumanida er-xotin vafot etdi, ular is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Jizzax viloyati prokuraturasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

TerDU talabasi fuqaroning bank kartasidan 75 mln so‘m o‘zlashtirgani aytilmoqda
22 fevral 2023, 14:10

TerDU talabasi fuqaroning bank kartasidan 75 mln so‘m o‘zlashtirgani aytilmoqda

Termiz davlat universiteti 4-kurs talabasi o‘zi amaliyot o‘tagan bankda fuqaroning karta ma’lumotlarini o‘zlashtirib, 75,7 mln so‘mni yechib olganlikda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Agar uning aybi tasdiqlansa, 3−5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Gaz kompaniyalariga soliq imtiyozlari berilganiga qaramay, gaz ishlab chiqarish kamaydi
22 fevral 2023, 12:40

Gaz kompaniyalariga soliq imtiyozlari berilganiga qaramay, gaz ishlab chiqarish kamaydi

Tabiiy gaz bo‘yicha soliq stavkalari 3, neft va gaz kondensati uchun 2 baravar pasaytirilgani tufayli davlat budjetiga 2022 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun 538,1 mlrd so‘m soliq tushmadi. Shu bilan birga, gaz qazib olish 4%, gaz kondensati 2,8% ga kamaydi. Neft ishlab chiqarish 1,8% ga oshdi.

Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi
22 fevral 2023, 12:22

Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi

Qarshi tumanida Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketdi. Piyoda vafot etdi. Hududda piyodalar o‘tishi uchun yer osti yo‘li qurilgan, lekin u yer qarovsiz holatda. Aholi vakillari ushbu tunnelni yaroqli holatga keltirib berilishini so‘ramoqda.

Bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov vaqtida vafot etgani rad etildi
22 fevral 2023, 12:00

Bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov vaqtida vafot etgani rad etildi

Bosh prokuror matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov paytida vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, «u tirik va sog‘lom». Blogerning sobiq advokati ham tergovchi bilan gaplashgani va Mo‘minovning sog‘-salomatligini tasdiqladi.

Qirg‘iziston O‘zbekistondan go‘sht va chorva mollari olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
22 fevral 2023, 11:23

Qirg‘iziston O‘zbekistondan go‘sht va chorva mollari olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Qirg‘iziston O‘zbekistondan import qilinadigan go‘sht va chorva mollariga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Cheklov 2022 yil sentabr oyida joriy qilingandi.

Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqlab qo‘ydi
22 fevral 2023, 11:17

Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqlab qo‘ydi

Chilonzor tumanidagi 162-maktabda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqladi. Voqeaga o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22 fevral 2023, 11:16

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi
22 fevral 2023, 10:50

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Ko‘kdala tumanida paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.

Mirzohid Qodirov Dori vositalari ekspertizasi davlat markazi direktori v.b. etib tayinlandi
22 fevral 2023, 10:23

Mirzohid Qodirov Dori vositalari ekspertizasi davlat markazi direktori v.b. etib tayinlandi

Mirzohid Qodirov Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropi voqealari ortidan ishdan olingan Sardor Kariyev o‘rnini egalladi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 360 so‘mgacha tushdi
22 fevral 2023, 10:17

Banklarda dollarning sotish kursi 11 360 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 22 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 360 so‘m.

O‘zbekistonda qonunchilik hujjatlarining 243 tasida 350 ta korrupsiyaviy holat aniqlandi
22 fevral 2023, 09:56

O‘zbekistonda qonunchilik hujjatlarining 243 tasida 350 ta korrupsiyaviy holat aniqlandi

Ijtimoiy himoya, moliya va bank, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda bojxona ishiga oid 1 860 ta qonunchilik hujjati korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspertizaga ko‘ra, 243 ta hujjatda 350 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.

Toshkentda o‘quvchining qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak qamaldi
22 fevral 2023, 09:42

Toshkentda o‘quvchining qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak qamaldi

Yashnobod tumanidagi 151-maktab yaqinida mast holda o‘quvchining qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi. «Shoshilib yugurib ketayotganida to‘xta, yiqilib tushasan, degan ma’noda to‘xtatgandim», — deydi u.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 fevral 2023, 22:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya va Suriyada yuqumlik kasalliklar tarqalish xavfi yuqori ekani, belarusliklik ilk kosmonavt parvozining kechiktirilgani, Meksika janubida migrantlar avtobusi halokatga uchrashi oqibatida 17 kishining halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

21 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 fevral 2023, 22:38

21 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Suriyaga yuborilgan insonparvarlik yordami, biznesdan ketgan Alisher Usmonov, O‘zbekiston-Misr o‘rtasida imzolangan $1,6 mlrdlik kelishuvlar, poytaxtda 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona uchun yer ajrtilishi, yer usti metrosi ostida quriladigan avtoturargohlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Qarshida 22 yoshli yigit o‘zini 10-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi
21 fevral 2023, 21:35

Qarshida 22 yoshli yigit o‘zini 10-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi

22 yoshli yigit Qarshi city`dagi ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, joniga qasd qildi. Tergovga qadar tekshiruvda u 2019 yilda ruhiy muammolar sababli davolangani, o‘sha davrda ham joniga qasd qilishga uringani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting