O‘zbekiston Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida 10 mlrd dollarga Sea Breeze Uzbekistan turizm markazini qurishga rozi bo‘ldi. Avvalroq ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov ushbu loyihani davlat rahbariga taqdim etgandi. Loyiha xorijiy investorlar tomonidan moliyalashtiriladi.
2025-yilda O‘zbekiston banklari tadbirkorlar ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Davlat rahbari kichik biznes uchun kreditlar ulushi 28 foizdan 40 foizga oshishini ta’kidladi.
Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatda joylashgan barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzildi. Ular stansiyalarning sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi va qonunchilikdagi boshqa me’yorlarni o‘rganadi. Zapravkalar xodimlari FVB o‘quv markazida o‘qitiladi.
Andijon viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchilari Damas mashinalarida Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi. Avtomobillar Buxoro hududida to‘xtatib qolingan.
2025-yilda O‘zbekiston 43 mlrd dollarlik investitsiya o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar vaziri asosiy e’tibor importni qisqartirish va mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilishini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti yil yakunlarini jonli efirdagi matbuot anjumanida sarhisob qildi. Putin mamlakat iqtisodiyoti, “Oreshnik” quroli, Tramp bilan muloqotga tayyorligi, Suriyadagi vaziyat, Kiyev bilan muzokaralar va boshqalarga to‘xtaldi. Asosiy ma’lumotlar.
O‘zbekistondagi eng yirik gaz qazib oluvchi “O‘zbekneftgaz” 2025-yilda qazib olish hajmi 26,5 mlrd kub metrgacha qisqarib borishini prognoz qilmoqda. Bu 2024-yil uchun prognozdan 2,8 mlrd, 2022-yilgi qazib olingandan 5,7 mlrd kub metrga kam. Avvalgi prognozlardan esa 7,6 mlrd kub metrga kamroq.
O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari −5…−10, kunduz kunlari −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Jamshidjon Abduzuxurov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Ichki ishlar vazirligi buxorolik 17 yoshli yigit kriptovalyutada 2,64 mln dollar ishlab topgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Vazirlik u birja operatsiyalarida noqonuniy vositachilik bilan shug‘ullangani va buning uchun haq olganini aytdi.
Chortoq tumanidagi 8-maktab direktori xizmat xonasida sheriklari bilan qimor o‘ynagani aniqlandi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.
O‘zbekistonda “juda kam” kengashlar ayrim soliqlar bo‘yicha oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash vakolatlaridan amalda foydalanmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. U kengashlarni Toshkentdan ko‘rsatma kutmasdan, faol bo‘lishga chaqirdi.
Prezident yig‘ilishida gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash va seysmik qidiruv maydonini kengaytirish reja qilingani aytildi. “O‘zbekneftgaz” loyihalari uchun 2 mlrd dollar xorijiy kredit jalb qilmoqchi. Korxonaga tannarxni 8 foizga kamaytirish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda bir necha kun avval Rossiya QK generali Igor Kirillov o‘ldirib ketilgani yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi va mamlakat “ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralashini” ta’kidladi. General o‘limida O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda.
2025-yilda biznesdagi ayollarga budjet hisobidan to‘lanadigan “dekret” miqdorini yana 2,5 baravar — 40 mlrd so‘mgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda (2024-yilda 3 baravar edi). Senator buni mablag‘lar past darajada o‘zlashtirilgani bilan izohladi va bu sur’atda dastur 3−4 yilda yakunlanishi mumkinligini aytdi.
Janubiy Koreyaning prezident Yun Sok Yol tashqi siyosatini olqishlagan va mamlakat ichidagi siyosiy kelishmovchiliklarga unchalik ahamiyat bermagan ittifoqchilari uning harbiy holat joriy etish haqidagi qaroridan hayratda qoldi, deb yozdi Reuters.
Human Rights Watch tashkilotining ta’kidlashicha, Isroilning G‘azo aholisini suvdan mahrum etishi genotsid va qirg‘in aktlariga teng keladi. Hisobotda G‘azodagi falastinliklarning suv bilan ta’minlangani yashab qolish uchun zarur bo‘lgan 15 litrlik chegaradan ancha past ekani aytiladi. Isroil ayblovlarni rad etdi.
Sadir Japarov Duyshonkul Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Chotonov ilgari Koreya va Vetnamda ham elchi bo‘lgan.
Suriya isyonchilari yetakchisi va mamlakatning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa Suriya o‘z qo‘shnilari yoki G‘arb uchun xavf tug‘dirmasligini aytdi. U urushdan tinkasi qurigan mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi va Suriya navbatdagi Afg‘onistonga aylanishi mumkinligi ehtimolini rad etdi.
O‘zbekiston prezidenti farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda bojxona imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytirilishi, 100 mln dollarlik kapitalga ega Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting