O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatgan aholi rag‘batlantiriladi
17 fevral 2023, 10:10

O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatgan aholi rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda uylarga kichik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha «Quyoshli xonadon» dasturi boshlanadi. 2023 yilda 37 ming aholi xonadoniga panellar o‘rnatish rejalashtirilgan. Yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazilgan har bir kVt/soat uchun 1000 so‘m subsidiya ajratiladi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 410 so‘mgacha tushdi
17 fevral 2023, 09:56

Banklarda dollarning sotish kursi 11 410 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 17 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 350 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 410 so‘m.

Surxondaryoda 4 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 fevral 2023, 09:50

Surxondaryoda 4 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qiziriq tumanidagi xo‘jalikda o‘suvchanligini yo‘qotmagan 4 tup katta yoshli chinor kesib ketildi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborildi.

Qamchiq dovoni qariyb bir kundan keyin ochildi
16 fevral 2023, 23:44

Qamchiq dovoni qariyb bir kundan keyin ochildi

Bir kun avval yopilgan Qamchiq dovoni bo‘ylab avtotransportlar harakati tiklandi. O‘tgan kun davomida ayrim hududlarda qor massalari erishi kuzatildi. Bundan tashqari, qor ko‘chkilarini majburiy tushirish ishlari amalga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar
16 fevral 2023, 23:32

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni rivojlantirish va «har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash» masalalarini muhokama qildilar.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 fevral 2023, 23:23

Jahon yangiliklari dayjesti

Zilzila hududida Turkiya SSV rahbarining oyoqlari ostida yonayotgan ko‘mir portlagani, JB rahbarining muddatidan avval iste’foga chiqqani, Tojikistondagi qor ko‘chkisi oqibatida 15 kishining halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

16 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 fevral 2023, 22:00

16 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Viloyatlarda majburan o‘rnatilayotgan quyosh panellari, Qozog‘iston bilan mahbuslarni alishishga kelishgan O‘zbekiston, Afg‘onistonda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligining tiklanishi, avtomobilga navbatlar yo‘q bo‘lishi uchun biroz sabr qilishni so‘ragan «O‘zavtosanoat» raisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Turkiyadagi zilzilalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? PMTI tahlili
16 fevral 2023, 21:27

Turkiyadagi zilzilalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? PMTI tahlili

Turkiyadagi vayronkor zilzila va uning oqibatlari hamkor davlatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 2023 yilda YAIM o‘sishi pasayishi, tashqi savdo tuzilmasi ba’zi o‘zgarishlarga uchrashi mumkin, deb hisoblaydi PMTI mutaxassislari.

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
16 fevral 2023, 20:40

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida 5 ta avtomobil to‘qnashdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Andijonda oqib o‘tuvchi Qoradaryo qirg‘og‘i yemirildi
16 fevral 2023, 18:13

Andijonda oqib o‘tuvchi Qoradaryo qirg‘og‘i yemirildi

Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo chap qirg‘og‘ining 30 metr qismi yemirilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi va FVB mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tuzildi. Hozirda qator texnikalar yordamida tosh bosish va tuproq, shag‘al to‘kish ishlari olib borilmoqda.

Qozog‘iston boks bo‘yicha Hindiston va O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilmaydi
16 fevral 2023, 18:11

Qozog‘iston boks bo‘yicha Hindiston va O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilmaydi

Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi Hindiston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilmaydi. Qozog‘iston boks federatsiyasi rahbari Kenes Rakishevning fikricha, ushbu turnir garchi olimpiya litsenziyalarini bermasada, tajriba va amaliyot jihatidan muhim.

Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikda ishini davom ettirmoqda
16 fevral 2023, 17:21

Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikda ishini davom ettirmoqda

Yanvar oyida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikning qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida ishini davom ettirmoqda.

Toshkentdagi Milavitsa do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi
16 fevral 2023, 16:04

Toshkentdagi Milavitsa do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi

Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytarib, ularning bir qismini almashtirdi. Suratlar internetdagi tanqid va tuman hokimligi bilan o‘tkazilgan «tushuntirish suhbati»dan so‘ng olib tashlangandi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.

O‘zbekistonda may oyidan IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi o‘tkaziladi
16 fevral 2023, 15:12

O‘zbekistonda may oyidan IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi may oyidan boshlab o‘tkaziladi. Unda 30 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar beshta asosiy, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar esa maxsus yo‘nalish bo‘yicha jamoaviy ishtirok etishi mumkin.

Qo‘yliq yo‘nalishidagi avtobuslar va yo‘nalishli taksilarning oxirgi bekati Food City`ga ko‘chirildi
16 fevral 2023, 15:00

Qo‘yliq yo‘nalishidagi avtobuslar va yo‘nalishli taksilarning oxirgi bekati Food City`ga ko‘chirildi

Qo‘yliq yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobus va yo‘nalishli taksilarning oxirgi bekati Food City`ga ko‘chirildi. U yerda savdo majmuasining ma’muriyati yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar taklif qilmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 28 yoshli yigit vafot etdi
16 fevral 2023, 14:57

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 28 yoshli yigit vafot etdi

Amudaryo tumanida Damas va Lacetti o‘rtasida bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida Lacetti boshqaruvidagi 28 yoshli yigit vafot yetdi. Damas haydovchisi va yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

O‘zbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi
16 fevral 2023, 14:45

O‘zbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida mahkumlarni topshirish bo‘yicha hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Afg‘oniston Mozori Sharifda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligini tiklash choralarini ko‘radi — O‘zbekiston TIV
16 fevral 2023, 14:29

Afg‘oniston Mozori Sharifda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligini tiklash choralarini ko‘radi — O‘zbekiston TIV

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorliklari vayron qilinganiga munosabat bildirdi. Afg‘oniston tomoni bilan bog‘langan vazirlik bu vandalizm «noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati» ekanini bildirib, yodgorliklarni tiklash choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

2022 yilda O‘zbekistonda 5,1 mln kishi xorijga sayohat qildi
16 fevral 2023, 14:08

2022 yilda O‘zbekistonda 5,1 mln kishi xorijga sayohat qildi

O‘zbekistonlik sayyohlar soni yil davomida ikki baravarga ko‘payib, 5,16 mln kishiga yetdi. Sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bo‘ldi.

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi
16 fevral 2023, 12:55

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi

Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hozirda Qozog‘istonda 486 nafar o‘zbekistonlik qamoqda saqlanayotgani aytildi. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik mahkum bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting