O‘zbekiston “odam savdosiga barham berish bo‘yicha minimal standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo buning uchun jiddiy sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi AQSh Davlat departamentining dunyodagi odam savdosi bo‘yicha yangi hisobotida.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini qonunga xilof ravishda saqlayotgani, ulardan biri nobud bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, u ikki ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygan. Tabiatga yetkazilgan zarar salkam 51,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Ipakchilik qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovni sudga berdi. Saytda uning ipakchilik sohasidagi kompaniyalar bilan aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida maqola chop etilgan. Davlat xizmatchisi raddiya e’lon qilish, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.
Toshkent shahridagi Olmazor, Yashnobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 14-iyul kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Suhrob Xodjayev Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Bandixon prokuroriga mahalla raislarini haqoratlagani uchun intizomiy chora qo‘llanildi. Lekin prokuror Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddaci bilan ham javobgarlikka tortilishi kerak edi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning saylangan prezident Shavkat Mirziyoyevning lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 14-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Prezident qarori bilan 2024-yil Xivada “Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bir yigit itni oqimi kuchli bo‘lgan kanalga tashladi, boshqasi jarayonni videoga oldi. Ularning ikkisi ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. It omon qolgan.
UzAuto Motors`ning Asakadagi zavodi 17-iyuldan to‘liq qayta ishga tushadi. Kompaniya matbuot xizmati hozirda liniyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotganini ma’lum qildi. Oy boshida zavod faoliyati modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha to‘xtatilgandi.
Namanganda “aqidaparastlik materiallari, shu jumladan nashidalar”ni tarqatgani uchun 23 yoshli yigitga 5 yilga qamoq, uning 19 yoshli singlisiga 2 yilga “uy qamog‘i” jazosi tayinlandi. Singil videolarni akasi tarqatgani, bu ishga uni aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq keyin aybiga iqror bo‘lgan.
Iyun oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida 123 ming dona avtomobil sotildi, bu may oyiga nisbatan 21 foizga kam. Sotuvlar birlamchi bozorda ham, ikkilamchi bozorda ham pasaydi. Shu bilan birga, xorij avtomobillari va elektromobillarga talab ortdi.
2023-yil oktabridan O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlar berilgan kompaniyalar reyestrini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu reyestrni yuritish va kamsitmaslik shartlariga rioya etilishini nazorat qilishga Raqobat qo‘mitasi javobgar bo‘ladi. Qo‘mita “Biz sizni tinglaymiz” loyihasini ham amalga oshiradi.
Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi arxitektura va shaharsozlik kengashi DAhO ko‘p funksiyali zamonaviy majmuaning qurilish va me’moriy loyihasini tasdiqladi.
Prezident qarori bilan 2024/2025 o‘quv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi.
Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida poytaxtning Olmazor tumanida qotillik sodir etganlikda gumon qilingan bir guruh shaxslar ushlandi.
O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya ketma-ket beshinchi oy pasaymoqda. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovida biznes va uy xo‘jaliklari kelgusi 12 oy ichida narxlarning oshishiga asosan valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir qilishini qayd etgan.
Tijorat banklari 13-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 535−11 590 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650 so‘m.
NATO sammitida “Katta yettilik” davlatlari Ukraina xavfsizligini uzoq muddatda ta’minlashga va’da berdi. Bunda Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Bishkek sudi Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi da’vosi bo‘yicha “Azattiq” radiosini yopish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi — tomonlar kelishuvga erishdi. Nashr mamlakatda 2022-yilda qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro haqida xabar bergani uchun bloklangan, unda, rasmiylarga ko‘ra, “noto‘g‘ri ma’lumotlar” mavjud edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting