Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida Yandex Go taksi agregatori ishga tushdi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan to‘qqizinchi shahri hisoblanadi.
Milliy gvardiya qoshidagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Shuningdek, maktabga 650 mln so‘mlik beda pichani xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazilgan, keyinroq esa bitim bekor qilingan.
Sergeli tumanida 25 yoshli haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli piyodani urib ketdi. Piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Prezident imzolagan qonun bilan ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi.
Mart oyidan buyon kompaniya rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Uning o‘rinbosarlari Odil Temirov va Rustam Sherov mas’uliyat sohasi o‘zgartirilgan holda lavozimlariga qayta tayinlandi.
Tijorat banklari 5-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 480−11 540 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 550−11 600 so‘m.
“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi ayollar go‘zallik salonlarini yopishga buyruq berdi. Avvalroq mamlakatda ayollarga o‘qish taqiqlangan, hijob o‘rash esa shart etib belgilangandi.
Rossiyalik dasturchilar faol ravishda Telegram, WhatsApp va Signal foydalanuvchilari faoliyatini kuzatishga yordam beruvchi dasturiy ta’minotni yaratishmoqda. Ular ushbu texnologiyalarni Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mintaqalarga ham sotishga harakat qilmoqda, deyiladi The New York Times surishtiruvida.
Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyati o‘qqa tutishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi. Qurbonlar orasida 10 nafar bola, jumladan, ikki go‘dak ham bor.
Tarmoqlarda Buxorodagi “Poyi Kalon” yodgorligi fonida qiz va yigitning raqsi aks etgan video tarqaldi. Video bir yil muqaddam tasvirga olingan, viloyat IIB ularning harakatlarini “madaniyatsizlik” deb atadi. Yoshlarga mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
2023/2024 o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotasi, Grigoriy Lepsning konserti haqida gapirgan Madaniyat vaziri o‘rinbosari, bankrotlik xavfi ostidagi TMZ, Samarqandda biolaboratoriya hududidan topilgan erkak jasadi, buzish boshlangan Toshkentdagi sobiq MXX binosi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Shveysariya BMTTDning O‘zbekistondagi yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbusini moliyalashtirmoqda. Loyiha 13 ming benefitsiar, jumladan, qizlar va qishloq aholisiga mo‘ljallangan. Ularga raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘nikma va vositalar bilan yordam beriladi.
O‘zbekiston prezidenti SHHTning onlayn sammitidagi nutqida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga kuchli ehtiyoj borligini ma’lum qildi. U SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
O‘zbekistonlik faollar Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlovchi Grigoriy Lepsning konsertini bekor qilishni talab qilmoqda. Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov mamlakatda san’atga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytdi. “Kelyapti, san’atini namoyish qilyapti, ketyapti”, — dedi u san’atkorlar haqida.
Namangan tumanida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesib yuborgan fuqaroga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Undan o‘simlik dunyosiga yetkazgan zarari uchun 326 mln so‘m zarar ham undiriladi.
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3000 ta o‘rin ajratiladi.
Ekobloger “O‘rikguli” 3-iyul — Xalqaro plastik paketlarsiz kunda egniga 250 ta paketdan iborat kiyim kiyib, poytaxt ko‘chalarini aylandi, metropolitendan foydalandi. “Gazeta.uz” uning bundan ko‘zlagan maqsadi bilan qiziqdi. Uning aytishicha, g‘oya yarim yil oldin paydo bo‘lgan, ammo aynan 3-iyulni kutgan.
“Kompromatuzb ishi” bo‘yicha jinoyat ishi sudga yuborildi. Oliy sud gumonlanuvchilarga nisbatan qanday ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi.
Toshkent markazida sobiq Milliy xavfsizlik xizmati (avvalgi DXQ) binosini buzish boshlandi. Bino 2021-yilda Metropol Group tomonidan sotib olingan. 2023-yilda uning o‘rnida 22 qavatli premium toifadagi Radisson mehmonxonasi qurilishi ma’lum bo‘lgan. Fotoreportaj.
Toshkent viloyatidan o‘tuvchi Nurafshon-Ohangaron yo‘lida Damas va Istana avtobusi to‘qnashdi. Oqibatda 23 va 34 yoshli fuqarolar vafot etdi, yana 20 kishi jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting