Janubiy Koreya Jizzaxda tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qiluvchi va poligon gazlarini ushlab qoluvchi obyektlar quradi. 6,6 mln dollarlik loyihani amalga oshirish bitimi mamlakat Atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti hamda O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi o‘rtasida imzolandi.
Yakkabog‘da bir oylik armiyaga odam topish bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgan bloger Elmurod Odilovning IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. U yig‘ilish o‘tkazilishi kerak bo‘lgan pilla qabul qilish omborxonasida fermerlar ishiga aralashganlikda ayblanib 15 sutkaga qamaldi.
Diniy qo‘mita O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanishini ma’lum qildi. 19-iyunga qadar respublikaning 10 ta hududiy aepoportidan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar amalga oshiriladi.
Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan Isuzu yuk avtomobili 4 ta mashinaga urildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1 kishi vafot etdi, 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.
“Yoshlar” telekanali boshlovchisi Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi. Bunga jurnalistda o‘tkazilgan yurak operatsiyasi sabab bo‘lgani aytildi.
Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 mln litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.
Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘milishga borib, cho‘kib ketgan va ulardan birining jasadi topilgandi. Bosh prokuratura qolgan 2 bolaning ham murdasi topilganini ma’lum qildi.
18 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov dunyoning yettinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanani mag‘lubiyatga uchratib, Chempionlar turining uchinchi bosqichi — ChessKid kubogi g‘olibiga aylandi. Buning uchun unga 30 ming dollar pul mukofoti beriladi.
Romitan tumanidagi 5 ta arxeologiya yodgorligiga jami 291,4 mlrd so‘mlik jiddiy shikast yetkazilgan. Ularda noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilgan. Yodgorliklar orasida eng katta zarar o‘rta asrlarga oid Tepa-9 obyektiga yetgan.
Pechda pishirilgan gulkaramli salat, “Yashil ma’buda”, “Atsesili”, koreyscha bodring va boshqalar — Zira.uz oson tayyorlanadigan salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor sanoat zonasiga tashrif buyurar ekan, hududni “industriya xabi”ga aylantirish vazifasini qo‘ydi. Yangi avtobuslardan biriga chiqdi, shuningdek, “3-Katta Chilonzor” mahallasida bo‘lib, rekonstruksiya qilingan G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida sayr qildi.
Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHning 3-o‘yinida birinchi bo‘limda 2 ta gol urgan O‘zbekiston jamoasi guruhda 4 ochko to‘plab, pley-offga yo‘l oldi. Mezbon Argentina Yangi Zelandiyani ham yutib, peshqadam bo‘ldi. 1/8 finalda O‘zbekiston 30-may kuni Yaponiya yoki Isroil bilan bellashishi kutilmoqda.
O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Singapur prezidenti Halima Yaqub Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi muntazam reysi bilan ortga qaytdi. U tashrifni samarali deb atadi.
Fuqaroni hokim qilib qo‘yish uchun $80 ming so‘ragan soxta Prezident administratsiyasi xodimi, Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani, Nukus ishi bo‘yicha sud tafsilotlari, massshtabi kengaygan Xalq nazorati platformasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Ekologik toza texnologiyalarga kiritiladigan investitsiyalar 2023-yilda 1,7 trln dollargacha oshadi va birinchi marta an’anaviy energiyaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ortda qoldiradi. Jumladan, quyosh generatsiyasiga 380 mlrd dollar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Frankfurt-Mayn (Germaniya) sudi Alisher Usmonovga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi.
Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Onasining aytishicha, u qo‘liga hech qachon qurol olmagan. “„Men xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi“, — dedi”, — deya o‘g‘li bilan so‘nggi suhbatni yodga oldi u.
Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.
Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Toshkentda yanvar oyida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs maxsus tartibdagi koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi majburiy davolanish tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting