Ombudsman idorasi tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Xasanboy Abdunabiyevning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi. “O‘zbekiston inson qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash yo‘lini tanlagan”, — deyiladi bayonotda.
Buxoroda 4 kishi tomonidan zo‘rlangani aytilgan 13 yoshli qiz, O‘zbekistonda referendum yuqori darajada o‘tganini qayd etgan MDH missiyasi, 42 nafar nepallikni $124,5 mingga aldab ketgan buxoroliklar, Toshkentga kelgan yangi avtobuslar atrofidagi muammolar va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, ikkita “garmoshka” avtobus daraxt shoxlariga urilgan ko‘chada yo‘l tasmalari chaproqqa surib qaytadan chiziladi. Shuningdek, u poytaxt ko‘chalarining parametrlari ushbu avtobuslarning o‘lchamlariga to‘liq mos kelishiga ishontirdi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofot beriladi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan qonun loyihasida dastlabki taqdim etilgan loyihadagi bir qancha imtiyozlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim deputatlar loyiha haqida e’tirozlarini bildirdi.
“Toshshahartransxizmat” rahbari Anvar Jo‘rayev “Gazeta.uz”ga ayrim elektrobuslar jadvaldan kech qolgani sababini tushuntirdi qildi. Uning aytishicha, bunga avtobus parki mas’ul xodimining elektrobuslar jadvalini eng qizg‘in vaqtida ishni noto‘g‘ri taqsimlagani sabab bo‘lgan.
Namangan shahrida fundamentidan o‘pirilgan reklama banneri mashina va bir erkak ustiga quladi. Bosh prokuratura fuqaro shifoxonaga olib ketilgani va holat bo‘yicha tekshirish olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ohangaron tumanida 3 fuqaro elektr qarmoq yordamida 48 kg baliqni noqonuniy ovladi. Bu orqali tabiatga 531 mln so‘m zarar yetkazildi. Vazirlar Mahkamasi shu kunlarda baliq ovlashni tartibga soluvchi, jumladan, brakonerlikka qarshi kurashishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
Mehnat kodeksiga ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ham qo‘shish taklif etilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi fraksiyada muhokama qilindi.
Qorako‘l tumanida akasi vasiyligida qolgan qiz yangasining majburlovi bilan zo‘rlangani aytilmoqda. Hozirda Buxoro viloyati IIB tomonidan JKning 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish moddasi bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangihayot tumanida 3 nafar fuqaro IIO xodimlarini haqorat qilib, jamoat tartibini buzganlikda ayblandi. Sud ularning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
O‘zbekiston va Germaniya taraqqiyot banki KfW o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan 45 million yevrolik kredit shartnomasi va 5,5 million yevrolik grant shartnomasi imzolandi.
O‘zbekistonda radioaktiv va boshqa zararli chiqindilar saqlanadigan joylar (hozirda 41 ta) xavfsizligi va suvning favqulodda ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi. Bu BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Shveysariya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan Sanjar Zuparov (suratda) favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Muxtar Muxitdinov va Xurshid Alibayev esa o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
MDH bosh kotibi, Hamdo‘stlik kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev O‘zbekistonda referendum “yuqori tashkiliy darajada, erkin va ochiq muhitda” o‘tganini aytdi. U xorijiy OAVdagi mamlakatdagi zaif axborot kampaniyasi haqidagi xabarlarni “butunlay yolg‘on” deb atadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarmasida ishlab kelgan Islomiddin Norimov Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
O‘zbekistonda may oyi quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oy davomida harorat kechalari +10 darajagacha pasayadi, kunduzi +35 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ba’zi kunlarda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ib o‘tishi mumkin.
Zaryadlash shoxobchalari yetishmayotgani sababli Toshkentdagi ayrim elektrobuslar reyslarga chiqmayapti. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasining ma’lum qilishicha, ayni paytda 58 ta quvvatlash stansiyasi ishlamoqda, yana 80 tasi tez orada foydalanishga topshiriladi.
Akramjon Abduxamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yashnobod tumanida tunda 19 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Cobalt ag‘darilib, yonib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. YTH oqibatida u shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting